Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Ajratmalarni bug‘latish va quritish. Bug‘latgichlar


Download 323.45 Kb.
bet64/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Ajratmalarni bug‘latish va quritish. Bug‘latgichlar.
Ishlab chiqarishda issiqlik berish yoki sovutish jarayoni yuz beradi.
Issiqlik berish – bunda issiqlik bir jismdan ikkinchisiga o‘tishi bilan yuzaga keladi. Bu esa issiqlik o‘tkazish, konveksiya (aralashib ketish) va nur tarqatish usullarida kechadi.
Issiqlik o‘tkazish – issiqlik manbai devor qalinligi bilan bog‘liq bo‘lib, molekulalarning tebranma harakatini tarqalishi orqali yuzaga keladi.

bu erda
Q - issiqlik o‘tkazish;
λ - issiqlik o‘tkazish koeffitsienti;
σ - devor qalinligi, mm;
t1 - issiqlik manbai harorati, 0C;
t2 - issiqlikni qabul qiluvchi manba;
T - issiqlik tarqatadigan manba yuzasi, m2;
F - vaqt, s.
Issiqlik o‘tkazish jarayonida asosiy hal qiluvchi omil haroratlar farqi (t1-t2=I) bo‘lib hisoblanadi.
Konveksiya - aralashish deb mikroskopik hajmdagi gaz yoki suyuqlikning harakati natijasida issiqlikning o‘tishiga va aralashishiga aytiladi hamda Nyuton tenglamasi bilan ifodalanadi:
Q = β (tsuyuq - tdevor) F T


bu erda
β - issiklik berish koeffitsienti;
tsuyuq - suyuqlik harorati, °C;
tdevor - devor sathi harorati, °C;
F - issiqlik tarqatuvchi sath, m2;
T - vaqt, s.
Demak, konveksiya usulida issiqlik uzatish issiqlik-berish koeffitsienti, haroratlar farqi, issiq manba sathi va vaqtga to‘g‘ri mutanosib.
Nur sochish – Stefan-Bolsman qonuniga binoan, absolyut qora jismning nur sochish qobiliyati bilan ifo­dalanadi:

bu erda:
S0 - absolyut qora jismning nur sochishi, 5,68 Dj/m2;
T - absolyut harorat, °K nur tarqatuvchi jism absolyut harorati;
F - nur sochuvchi satx, m.
Demak, nur sochish usulida issiqlik uzatish absolyut qora jismning nur sochishi va nur sochuvchi jism sathi va absolyut haroratning to‘rtinchi darajasiga to‘g‘ri mutanosib ekan.
Amalda murakkab issiq almashtirgichlar ham ishlatiladi. Ishlab chiqarishda shu usullarga binoan ishlaydigan isitish va sovutish jarayonlari amalga oshiriladi.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling