Eritmalar yordamida sterillash.
Bunda vodorod peroksidi va kislota-asoslar ishlatiladi. Bu sterillashning samaradorligi faol ta’sir etuvchi moddaning eritma tarkibidagi konsentratsiyasi, sterillash vaqti va sterillovchi eritma haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Vodorod peroksidining 6% li eritmasi yordamida sterillashda eritmaning harorati 18oC dan kam bo‘lmasligi, sterillash vaqti esa 6 soatni tashkil etishi lozim. Harorat 50oC bo‘lganda esa, sterillash vaqti 3 soatni tashkil etadi.
Dezokson – 1 ning 1% li eritmasi yordamida sterillashda (sirka asos kislotasi bo‘yicha) eritmaning harorati 18oc dan kam bo‘lmasligi, sterillash vaqti esa 45 daqiqani tashkil etishi lozim.
Boshqa turdagi sterillovchi vositalar ob’ektning butunligini saqlab qolgan holda tanlanishi mumkin. Lekin bu ob’ekning MTH da o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.
Eritmalar yordamida kimyoviy sterillash, emal qismi emirilmagan, butun va mustahkam, shisha va plastmassa idishlarda, ob’ektni eritma butunligicha ko‘mib turgan holda, belgilangan sterilizatsiyalash vaqt oralig‘ida olib boriladi. Sterilizatsiya jarayoni tugagandan so‘ng, ob’ekt tozalangan suv bilan aseptik sharoitda yuviladi.
Bu usul bo‘yicha polimer materiallar, rezina, shisha va korroziyaga chidamli bo‘lgan metall idishlarni sterilizatsiya qilish tavsiya etiladi.
Usulning samaradorligi kimyoviy va fizik usullar bo‘yicha, sterilizatsiyalovchi eritmaning boshlang‘ich va sterilizatsiyadan keyingi holatidagi faol moddaning miqdoriga, sheningdek eritmaning ish vaqtidagi haroratiga qarab belgilanadi.
Turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) qo‘shib tayyorlanadigan in’eksion eritmalar.
Alkaloidlar va yana bir qator organik asoslarning tuzlaridan eritmalar tayyorlashda asosan ularning turg‘unligini aynan xlorid kislotasi yordamida ta’minlash talab qilinadi. Alkaloid tuzlarining suvli eritmalarida hosil bo‘lgan kuchsiz asos va kuchli kislota alkaloid tuzlarini gidrolizga uchrashini ta’minlaydigan kuchsiz nordon reaksiya jarayonini sodir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |