Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etadigan omillar
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqichda
Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etadigan omillar
Dori turi. Dorining biosuyuqlikda, qon yoki to’qimalarda parchalanishi. Dorilarning me’da -ichak, buyrak, o’pka, ter bezlari orqali ajralishi. Birinchi bosqichga qabul qilingan dori turidan biofaol moddaning ajralib chiqishi va uning kerakli a’zoga borib so’rilishigacha bo’lgan jarayonlar kiradi. Ikkinchi bosqichda biosuyuqlikka o’tgan dori diffuziya qonuniga binoan so’riladi. Diffuziya kinetikasiga farmatsevtik omillar ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, sirt faolligi, texnologik jarayon, dori turining suyuqlikda erishi va parchalanishi. Diffuziya kinetikasiga to’qima membranasining xususiyati va holati, to’qimaning ferment faolligi kiradi. Dorilarning so’rilishi bemorning yoshi, jinsi, tana holatiga bog’liq bo’ladi. Uchinchi bosqichda fiziologik omillar asosiy o’rin tutadi, ya’ni dorilar yoki uning metabolitlari tanada (qonda, to’qimalarda) taqsimlanadi. To’rtinchi bosqichda dorilarning tanadagi harakatida asosiy bioximik omillar kuzatiladi. Bunda dorilar yoki metabolitlarining biosuyuqlikdagi harakati va ajralib chiqishi sodir bo’ladi. Dorilarning tanaga so’rilish tezligiga farmatsevtik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarga dorilarning kimyoviy va fizik holati, yordamchi moddalar, dori turi va uni qabul qilish yo’llari va farmakotexnologik jarayonlarning ta’siri kiradi. Yuqorida keltirilgan omillarni mujassam holda o’rganish dorilarning tanaga kiritilishi, uning harakati va ta’sir qilishi biofarmatsiyaning asosi hisoblanadi. Bu keltirilgan tasvirimiz umumiy deb qabul qilinishi lozim. Chunki,biofarmatsiyaga boshqa omillar xam ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun dori va ularning faolligi o’rtasidagi munosabatni biofarmatsiya bilan farmakokinetikaga birgalikda qaralgandagina aniqlash mumkin. Farmakokinetikani aniqlash texnologlarga maqsadga muvofiq dori turini yaratishga yordam beradi. Keyingi yillarda biofarmatsiya juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, chunki barcha farmatsevtika institutlari va korxonalarining asosiy ishi shu sohani o’z ichiga qamrab oladi. Bu soxada prof. I.S.Ajgixin, prof. A.I.Tensova va boshqalar yetakchi olimlar hisoblanadilar. Dorilarning so’rilish tezligi va terapevtik unumdorligiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar quyidagilar. Har qanday dori moddaning asosi uning kimyoviy tuzilishi hisoblanadi. Bunga shu dori moddadan dori turi tayyorlash uchun qo’llaniladigan texnologik omillar, moddaning kristalik shakli, maydalik darajasi, eruvchanligi, yordamchi moddalar va xokazolar ta’sir qiladi. Kristallik shakli. Polimorfizm. Dori moddalarning texnologik xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri - modda zarrachalarining tuzilishi bo’lib, ular tabiatda kristall va amorf holda uchraydi. Mutaxassislarning tadqiqotlari kimyoviy tarkibi bir xil bo’lgan ko’pchilik organik va anorganik moddalarning fizik va texnologik xossalari har xil bo’lishini ko’rsatadi. Bu esa dori moddalar har xil kristalik holatda bo’la olishi mumkinligidan dalolat beradi. Natijada bitta dori modda har xil fizikaviy xossalarni namoyon qiladi. Moddaning har xil kristallik shaklda (modifikatsiyada) bo’la olish xossasi polimorfizm deyiladi. Moddalarning polimorfizm holati A, B, S xarflari bilan yoki va boshqa raqamlar orqali belgilanadi. Ko’pchilik birikmalar 5,6,7, hatto 11 va undan ko’p kristallik holatda bo’lishi mumkin. Polimorfizm holati ko’pincha salitsilatlar, barbituratlar, gormonlar va sulfanilamidlarda uchraydi. Masalan, atsetilsalitsil kislota 6 xil, kortizon atsetat 5 xil, levomitsetinning 2 xil kristalik holatda bo’la olishi aniqlangan. Bunday moddalarning eruvchanligi, suyulish harorati, oksidlanuvchanligi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun ularning so’rilishi va dori turlarining turg’unligi har xil bo’ladi. Polimorfizm hodisasi hozirgi zamon farmatsevtik texnologiyasi uchun katta ahamiyatga ega, chunki dori turi qaysi kristalik holatdan tashkil topganligiga qarab uning samaradorligi va turg’unligi har xil bo’ladi. Aksariyat turg’un bo’lmagan kristalik xolatga ega bo’lgan moddalar biosuyuqliklarda yaxshi erib, tanaga oson va tez so’riladi. Dorilarning kristalik holatda bo’lishi ularning olinish usuliga, quritish, maydalash, dori turini tayyorlash jarayoniga va saqlanishiga bog’liq bo’ladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling