Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Download 323.45 Kb.
bet77/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Yordamchi moddalarning ahamiyati. Dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan barcha yordamchi moddalar ularning kimyoviy, fizik va boshqa tomonlardan betaraf bo’lishiga qaramasdan biofarmatsevtik nuqtai nazardan befarq deb bo’lmaydi. Ular ma’lum darajada dori moddalarning ajralib chiqish va so’rilish tezligiga ta’sir ko’rsatib, dorilarning ta’sir kuchini oshiradi yoki susaytiradi. Shuning uchun dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar xar bir dori modda uchun uziga xos bo’lishi maqsadga muvofiq. Asossiz ravishda tanlab olingan yordamchi moddalar dori ta’sirini kamaytiribgina qolmay, umuman yo’qqa chiqarishi xam mumkin. Ta’sir qiluvchi modda bilan yordamchi moddalar o’zaro birikib, kompleks birikma hosil qilishi, adsorbsiyalanishi natijasida so’rilish tezligi keskin o’zgarishi mumkin. Adabiyotlarda yordamchi moddalarning biofarmatsiyaga ta’sirini ko’rsatadigan ilmiy ishlar ko’plab keltirilgan.
Fenobarbitaldan PEO-400 yordamchi moddasi bilan tayyorlangan shamcha va tabletkada suvda qiyin eriydigan kompleks birikma hosil bo’ladi, natijada fenobarbitalning so’rilishi yomonlashadi, shuning uchun u ta’sir qilmaydi. Agar shunday dori turlari natriy barbital yoki boshqa barbituratlar bilan tayyorlansa, ishlatilgan PEO dorilar xech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Yordamchi modda sifatida ko’p ishlatiladigan ikkilamchi kalsiy fosfat ishtirokida tayyorlangan tetratsiklin tabletkasi ichakda umuman so’rilmaydigan birikma hosil qiladi. Sut qandi, bentonit, faollashtirilgan ko’mir ishtirokida tayyorlangan atsetilsalitsil kislota, strixnin nitrat, apomorfin gidroxlorid dori turida xam so’rilishning keskin kamayishi va terapevtik unumdorligining susayishi kuzatilgan. PVP ishtirokida tayyorlangan levomitsetin kabi antibiotiklarda ularning mikrobga qarshi kuchi keskin kamayadi.
PVP esa salitsilamid, prednizolon kabi dori moddalarining so’rilishi va terapevtik unumdorligini kuchaytiradi.
Ko’p ishlatiladigan, befarq xususiyatga ega deb qarab kelingan sut qandi xam biofarmatsiya nuqtai nazaridan bunday emas ekan. Masalan, testosteron sut qandi bilan birgalikda ishlatilganda so’rilish tezligi ortadi, fenobarbitalniki esa kamayadi, izoniazid bilan ishlatilganda uning faolligini kamaytiradi. Sut qandi ta’sirida ko’p dorilarning turg’unligi yo’qoladi. Asoslanmagan holda ishlatilgan yordamchi moddalar saqlash jarayonida dori moddalarning faolligini susaytiradi. Masalan, steroidlar magniy oksidi va magniy 3-silikat ishtirokida tez parchalanadi.
Ampuladagi Vvitaminining natriy sulfit, natriy metabisulfit va boshqa sulfitlar ishtirokida turg’un­ligi kamayadi. D vitaminining talk, kalsiy sulfat, kalsiy fosfat, limon kislota ishtirokida turg’unligi kamayadi. Talk atsetilsalitsilat kislotaning tashki ko’rinishini o’zgartiradi.
Bir xil sharoitda qand, sut qandi, glyukoza ishtirokida tayyorlangan belladonna ekstrakti bilan papaverin gidroxlorid, dibazol va papazol tabletkalaridan ta’sir qiluvchi moddalarning ajralib chiqishi kalsiy karbonat bilan tayyorlangandagiga qaraganda 25-38% yuqori bo’ladi. Shu ma’noda yuqorida keltirilgan yordamchi moddalarni tabletkalarning terapevtik faolligini susaytirishi bo’yicha quyidagi qatorga joylashtirish mumkin:
qand < glyukoza < sut qandi < kalsiy karbonat
Xuddi shu xodisa piratsen, kobalt-30, kupir tabletkalarida xam kuzatiladi. Dorilarning terapevtik unumdorligiga yordamchi moddalarning miqdori xam ta’sir ko’rsatadi. Bu papaverin gidroxlorid tabletkasi misolida yakkol namoyon bo’ladi.
Texnologik omillarning ta’siri. Dori turining sifati, turg’unligi, terapevtik unumdorligi uni tayyorlash jarayoniga ko’prok bog’lik bo’ladi. Dori tayyorlashda ma’lum bo’lgan maydalash, quritish, donadorlash, taxtakachlash kabi omillar tayyor dorilarning terapevtik unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillar hisobga olinsa, maqsadga muvofiq dori turini tanlash va uning faolligini oshirish mumkin bo’ladi. Nam usulda donadorlashda dori moddalarning faolligi va miqdori kamayishi mumkinligi isbotlangan. Masalan, rauvolfiya alkaloidini donadorlashda bog’lovchi moddalarning tabiatiga qarab alkaloid 14% (suv) dan 8% (spirt) gacha yuqolishi mumkin. Tritripsin va neomitsinni donadorlashda KMS eritmasi ishlatilsa, ularning terapevtik unumdorligi ancha pasayadi.
Presslash bosimining biofarmatsevtik ko’rsatkichlarga ta’sirini stafilokokk anatoksini misolida xam ko’rish mumkin. 100 MPa bosimda olingan tabletkalarning faolligi 4-5 bo’lib, 250 MPa bosimda 2 ga kamaygan, ya’ni 22,2 - 27,7 % va 16% ni tashkil qilgan. Preparat faolligining kamayishi bosim ortishiga bog’likligi aniqlangan.
To’gridan-to’gri presslab olingan tabletkalardagi dori moddalarning so’rilish tezligi ko’pincha donadorlash orqali olinganiga nisbatan yuqori ekanligi amaliyotda tasdiqlangan. Sifatli, turg’un va yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo’lgan dori tayyorlash uchun maqsadga muvofiq texnologik omillarni tanlab olish yuqoridagi misolllardan ko’rinib turibdi.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling