Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Natriy ishqori va natriy gidrokarbonat bilan turg‘unlashtirish
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antioksidantlar bilan turg‘unlashtirish.
- Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi. Dorilarni ng bio samaradorligi va terapevtik ekvivalentligi.
Natriy ishqori va natriy gidrokarbonat bilan turg‘unlashtirish. Bu stabilizatorlar yordamida kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlarning in’eksion eritmalarini turg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Sol. Acidi nicotinici 1% pro inectionibus (1 ml). Eritmaning muhiti nordon bo‘lganligi uchun 1 l eritmaga 7 g natriy gidrokarbonat qo‘shish bilan pH muhiti 5,0-7,0 ga keltiriladi. Sol. Coffeini-natrii benzoates 10 aut 20% pro inectionibus (1 ml). 1 l eritmaga 4 ml 0,1 mol/l li natriy ishqori qo‘shish bilan pH muhiti 6,8-8,5 ga keltirilib turg‘unlashtiriladi. Sol. Natrii Tiosulfatis 30% pro inectionibus (5, 10 va 50 ml). 1 l eritmaga 20 g natriy gidrokarbonat qo‘shish bilan pH muhiti 7,8-8,4 ga keltirilib, turg‘unlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan eritmalarning barchasi o‘tuvchi bug‘da, 1000C haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi. Antioksidantlar bilan turg‘unlashtirish. Oksidlanshi jarayoni (o‘z-o‘zidan oksidlanish) in’eksion eritmalarda atmosferada kislorod ta’sirida yuzaga keladi. Buning natijasida eritmaning rangini o‘zgarishi, cho‘kma hosil bo‘lishi yoki boshqa xodisalar kuzatiladi. O‘z-o‘zidan oksidlanish jarayoniga uchraydigan moddalarga tarkibida harakatlanuvchan vodorod atomini saqlagan moddalar kiradi. Yorug‘lik harorat va boshqa ta’sirlar yordamida, vodorod atomining harakatlanuvchanligi yanada ortadi va modda molekulasidan radikalning erkin holatda ajralishi kuzatiladi. Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi. Dorilarning biosamaradorligi va terapevtik ekvivalentligi. Reja: Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi. Dorilarning biosamaradorligi va terapevtik ekvivalentligi. Absolyut va nisbiy biosamaradorlikning aniqlash mohiyati. Farmatsevtik omillar. Biologik faollikni aniqlash usullari. «Biofarmatsiya» - texnologiyaning nazariy asosi bo’lib, birinchi marta farmatsiyada XX asrning 60-yillaridan qo’llanila boshlandi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda, biofarmatsiya atamasini birinchi marta 1961 yilda AQSH olimlari Levi va Vagnerlar ishlatishgan. Bu atamaning aniq va to’lik ifodasi 1972 yilda Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining ilmiy farmatsevtika Akademiyasi tomonidan keltiriladi. Bunga binoan biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning odamda va hayvonlarning biologik faolligiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni o’rganish va shunga binoan ularning terapevtik unumdorligini oshirish va qo’shimcha ta’sirini kamaytirishdir. Qadim zamonlarda dorilarning terapevtik unumdorligiga ta’sir etuvchi ayrim omillar ma’lum bo’lgan. Jumladan, Gippokrat (eramizdan oldingi 460-370 yillar) dorilarning faolligi uning turiga va tayyorlash jarayoniga boglikligini , Galen (130-200 yillar) va Ibn Sino (980-1037-yillar) esa maydalik darajasiga xam boglikligini amaliyotda isbotlaganlar. Demak, bundan 3-5 ming yillar ilgariyoq biofarmatsiya omillari o’rganila boshlangan. Ibn Sino bu omillarga asoslanib, dori haqida uz bilimlarining nazariy asoslarini va atamalarini yaratdi. U odamning mijozi va dorilarning xususiyatlariga qarab, ularning terapevtik unumdorligini oldindan aytib bera olgan. Ibn Sino dorilar ikki qismdan tashkil topgan, deb hisoblagan. 1-ta’sir etuvchi, 2-yordamchi moddalar. Yordamchi moddalar sifatida to’ldiruvchi, boglovchi, yumshatuvchi, qovushqoqlikni oshiruvchi, turgunlashtiruvchi moddalar, noxush hidini va mazani yaxshilovchi, ta’sirni uzaytiruvchi, qoplovchi kabilardan foydalangan. Ko’pincha u bu maqsadda asalni ishlatgan. Chunki u asalni «xamma dorilarning toji», deb atagan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, «biofarmatsiya» tushunchasiga amerikalik olimlar Levi va Vagner emas, vatandoshimiz Ibn Sino asos solgan. «Biofarmatsiya» atamasini yuqorida nomlari qayd etilgan olimlar qo’llaganligi tufayligina ularni biofarmatsiya asoschisi deb qarash noo’rin hisoblanadi. Dori turi tanaga tushganda murakkab jarayonlarga duch keladi, so’ngra o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu jarayonning quyidagi soddalashtirilgan bosqichlarini keltirish mumkin: Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling