Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy usulda sterillash.
Radiatsion sterilizatsiya.
Bugungi kunda radiatsion sterilizatsiya AQSH, Angliya va boshqa xorijiy davlatlarda ishlatilmoqda. Bu usul yordamida sterilizatsiya qilinganda harorat 3% gacha ko‘tariladi. Shunday ekan bu usuldan termolyabil moddalarni sterillashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usulda sterillashda energiya manbai bo‘lib, yadroli reaktorlarning chiqindilari yoki sun’iy usulda olingan radioaktiv izotoplar ayniqsa So60 hizmat qiladi. Asosan 2,5.106 rad (1 g moddaga nisbatan 1 rad =100 erg ga teng) miqdoridagi sterilizatsiya mo‘tadil hisoblanadi. Uglevodlar, aromatik birikmalar, oqsillar, aminoqandlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitamin va boshqalar ustida radiatsion sterillash usuli sinab ko‘rilgan. Shuningdek, tibbiyotda xirurgik anjomlarni sterillashda ham ushbu usuldan foydalaniladi. Kimyoviy usulda sterillash. Bu usulda sterillash mikroorganizmlar mikroflorasini kimyoviy moddalar bilan yemirishi hisobiga amalga oshiriladi. Bunday moddalarning bir guruhi mikroblarga qarshi baktereotsid ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar antiseptik moddalar yoki antiseptiklar deyiladi. Ikkinchi gurux kimyoviy moddalari mikroblarni o‘ldirmaydi, lekin ularning rivojlanishi va ko‘payishini to‘xtatadi. Bunday moddalar konservantlar deyilib, bugungi kunda antiseptik va konservant moddalarning bir necha xillari tibbiyot va farmatsevtika amaliyotida keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Albatta bu moddalar avvalo inson organizmi uchun bezarar bo‘lishi lozim. Lekin ko‘pchilik antiseptik moddalar organizm uchun zaharli hisoblanadi. Masalan simob (II) xlorid eng yaxshi antiseptik vosita bo‘lsada, undan bu maqsadda foydalanishning imkoniyati yo‘q. Shunday ekan ko‘pgina antiseptik moddalar eritmalarni sterillash uchun konservant sifatida ishlatiladi. ko‘pgina bakteriyalarning sporalari antiseptik moddalarga kam sezuvchan bo‘lib, ularning faoliyatini faqat konservantlar bilan to‘xtatib turish, qolaversa ochilgan ampula yoki flakonlarning ma’lum muddat oralig‘ida turg‘anligini ta’minlab turish imkoniyati bo‘ladi. Farmatsevtik ishlab chiqarishda quyidagi konservantlar asosiy o‘rnni egallaydi: Nipagin – paraoksibenzoy kislotasining metil efiri bo‘lib, oq kristall kukun, suvda (0,25% 20oC) kam eriydi, spirtda eriydi. U qimmatbaxo konservant bo‘lib, zararsiz, uning 0,05% miqdori ham yetarli natijani beradi. Undan 0,25% gacha foydalanish mumkin. Uning baktereotsid ta’siri fenolga nisbatan 2,6 martaga ortiq. Nipazol – paraoksibenzoy kislotasining propil efiri bo‘lib, uning suvdagi eruvchanligi 0,03% ni tashkil qiladi. Uning baktereotsid ta’siri fenolga nisbatan 15 martaga ortiq. Nipazolni suvda qiyin erishini inobatga olib, uning nipagin bilan aralashmasidan (7 qism nipagin, 3 qism nipazol) foydalanish tavsiya etiladi. Bu aralashma konservant sifatida samarali va ishonchli hisoblanadi. Shuningdek, bu aralashmadan bir qator issiqlikka sezuvchan va oson parchalanuvchi moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlashda erituvchi sifatida foydalaniladi. Xlorbutanolgidrat (xloreton) – rangsiz, kamfora hidli kristall bo‘lib, uning 1 g miqdori 200 g suvda eriydi, spirtda esa oson eriydi. Konservant sifatida 0,5% gacha ishlatiladi. Trikrezol – metilfenol (har uchchala izomerlarining aralashmasi), fenolga nisbatan yuqori baktereotsid ta’sirga ega, shu bilan birga kam zaharli. Konservant sifatida 0,3% gacha foydalanish mumkin. Fenol – konservant sifatida 0,5% gacha ishlatiladi. Feniletil spirti – asosan chet ellarda foydalaniladi. Undan ko‘z tomchilari uchun konservant sifatida 0,5% gacha bo‘lgan miqdorda foydalanishni birinchi bo‘lib V.A.Martinova taklif qilgan. Sefirol tipidagi preparatlar – to‘rtlamchi ammoniy asoslari tuzlarining yuqori molekulali birikmalari bo‘lib, sefiran ularning tipik vakilidir. U laurindimetilbenzilammoniy (xloridbenzalkoniy) ko‘rinishida bo‘ladi. U patogen mikroorganizmlar uchun ham baktereostatik ham batereotsid ta’sir ko‘rsatadi. Ginekologiya (0,5-1%) va jarrohlikda (0,1-0,5%) asbob uskunalarni dezinfeksiya qilish uchun, shuningdek qo‘l yuvishda (1%) ishlatiladi. Konservant sifatida esa uning 1:10 000 nisbatdagi eritmasidan foydalaniladi. Shuningdek, konservant sifatida simobning yuqori sirt faollikka ega bo‘lgan organik brikmalaridan ham foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladigani o‘zida natriy etilmerkuriosalitsilat saqlovchi mertiolat bo‘lib, u 0,01% miqdorida ishlatiladi. Spirt va glitserin suvli ajratmalar, xloroform ekstraktlar ishlab chiqarishda konservant sifatida qo‘llanaladi. Salitsil kislotasining 0,1% eritmasi ham konservant sifatida ishlatilishi mumkin. Ba’zi bir in’eksion eritmalarning o‘zlari bakteriostatik ta’sirga ega (geksametilentetramin). Ularga faqat konservant qo‘shish lozim bo‘ladi xolos. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling