Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
2. Havo yordamida sterillash. Bu quruq, issiq havoda (160, 180 yoki 2000C haroratda) sterillash bo‘lib uning samaradorligi harorat, vaqt, sterilizatsiya qilinuvchi ob’ektning issiqlik o‘tkazish darajasi va sterilizatsion kamerada issiq havoning erkin aylanishini ta’minlanishiga bog‘liq. Bu usulning ishlash me’yorlari quyidagicha taqsimlanadi:
a) Shisha, metall va forforli jismlar 180oC haroratda 20 daqiqa davomida, 200oC haroratda esa 10 daqiqa davomida sterillanadi. b) Asosan issiqlikka chidamli bo‘lgan (natriy xlorid, rux oksidi, talk, oq gil va boshqalar) kukunsimon moddalarni sterillizatsiya qilishda qo‘llaniladi.
c) Mineral va o‘simlik moylari, yog‘lar, lanolin, vazelin va mumlar ham shu usul bo‘yicha sterillanadi.
Shuningdek, moylar va yog‘lar avtoklavlarda 119-121oC haroratda 2 soat davomida sterillanishi mumkin. Shisha, metall, silikonli rezina va farforli materillar, shuningdek filtrli sterilizator filtri bilan va filtratni qabul qilgich 1800C haroratda 60 daqiqa davomida yoki 1600C haroratda 2,5 soat davomida sterilizatsiya qilinadi. Ob’ektni butunligini saqlagan holda sterilizatsiya haroratini va sterilizatsiya vaqtini oshirish mumkin, faqat bu MTH larda o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Sterilizatsiya usulining samaradorligi va nazorat ko‘rsatkichlari nazorat o‘lchagich asboblarida, kimyoviy va biologik testlar orqali belgilanadi. Sterilizatsiya samaradorligini kimyoviy test orqali belgilashda ma’lum bir sterilizatsiya ko‘rsatkichlarida o‘zining rangini yoki fizik holatini o‘zgartiradigan moddalardan foydalaniladi. Biologik test bakteriologik nazorat deyilib, sterillangan ob’ektdan olingan namuna mikroorganizmlarning o’sishi va ko‘payishi uchun qulay bo‘lgan sharoitga ekiladi. Sterilizatsiya samaradorligi mikroorganizmlarning bor yoki yo‘qligiga, shuningdek ularning turi va miqdoriga qarab belgilanadi. Biotestlarni tayyorlash uchun quyidagi mikroorganizm testlardan foydalaniladi: B. Subtillis, B stearothermophilus va boshqa spora hosil qiluvchi mikroorganizmlarning toza namunalari. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling