Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Bug‘latish. Qizdirish natijasida ajratuvchining bir qismi bug‘latilib, eritma konsentratsiyasining oshirilishiga bug‘latish deyiladi. Bunda bug‘latilgan eritma oquvchanlik xossasini saqlab qolishi kerak. Bug‘latish mo‘tadil, past (vakuum) va yuqori atmosfera bosimlarida olib borilishi mumkin. Ishlab chiqarishda ko‘pincha vakuum ostida ishlaydigan bir va ko‘p tanali (korpusli) qurilmalar ishlatiladi.
Yot moddalardan tozalangan ajratmalar tegishli bug‘latgich qurilmalarida 50-60°C da quyultiriladi. Agar ajratma spirtli yoki spirt yordamida tozalangan bo‘lsa, mo‘tadil bosimda (vakuumsiz), spirt haydab olinadi, so‘ng suvli qismi vakuum ostida bug‘latib quyultiriladi. Ko‘pik hosil bo‘lishi bug‘latish jarayonini sekinlatadi, suyuklik ko‘pik bilan kondensatorga o‘tib ketishi mumkin. Ko‘pik hosil bo‘lishini yuqotish uchun bug‘latgich va sovutgich oralig‘iga ushlagich o‘rnatish, bir me’yorda qaynashni ta’minlash, ko‘piklanishni pasaytiruvchi (uchiruvchi) SFM moddalar qo‘shish, havosizlik darajasini tanlash va bug‘latgichda bug‘ muhitini kengaytirish lozim. Gidravlik depressiya issiqlikni atrof muhitga tarqalib yuqolishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu hodisani kamaytirish maqsadida bug‘latgich va kondensator orasidagi naycha qisqartirilishi va uni issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali paxta bilan o‘rash lozim. Gidrstatik depressiya - bug‘latilayotgan eritma pastki qatlamlarining orttiqcha isib ketishiga sabab bo‘ladi. Bug‘latilayotgan eritma qatlam qalinligi kamaytirilishi lozim. Harorat depressiyasi deb bug‘latilayotgan eritma harorati bilan toza erituvchi o‘rtasidagi harorat farqiga aytiladi. Suyuqlik bug‘lanishi natijasida uning yuza qatlamlarida harorat pasayib, jarayon sekinlashadi. Bu hodisani yuqotish uchun qozon devorlariga yuborilayotgan bug‘ harorati yoki qozondagi havoning so’rilish darajasi oshirilishi lozim. Yuqorida qayd etilgan asboblar bayon qilingan nomaqbul hodisasiz ishlamaydi. Keyingi vaqtda sanoat sharoitida uzluksiz ishlaydigan, ishlab chiqarish unumdorligi yuqory bo‘lgan asbob-uskunalar ishlatila boshlandi. Rotorli va ko‘pik hosil qilib bug‘latadigan bug‘latgichlar shu jumlaga kiradi. Rotorli bug‘latgich uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim suv bug‘i yordamida alohida-alohida isitiladi. Bug‘latgichning markaziy o‘qiga rotor o‘rnatilgan bo‘lib, unga kurakchalar mustahkamlangan. Rotorning katta tezlikdagi aylanma harakati natijasida kurakchalar suyuqlikni qizib turgan devorga sachratib, yupqa qatlam hosil qiladi. Yupqa qatlamda ajratuvchi oson va tez bug‘lanadi. Ajratma devor bo‘ylab pastga tomon harakatlanadi va yig‘ib olinadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 450 l/soat. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling