Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Absorbsiya - moddalarni butun xajmli bo‘lguncha qattiq yoki suyuq fazaga yutilishidir. Masalan, efir moyini olishda absorbsiyadan foydalaniladi. Oziq-ovqat va dori moddalarning tanada so‘rilishi ham absorbentlar orqali amalga oshadi.
Xemosorbsiya - moddalarning kimyoviy birikma hosil qilib yutilishidir. Xemosorbsiyaga ion almashinishlar misol bo‘la oladi. Novogalen preparatlarini ishlab chiqarishda absorbsiyaga nisbatan ko‘proq adsorbsiya ishlatiladi. Adsorobsiya jarayoni quyidagicha olib boriladi: tozalanadigan ajratma sorbent bilan to‘ldirilgan kolonka orqali ma’lum bir tezlikda o‘tkaziladi. Bunda adsorbentda biofaol yoki begona moddalar yutiladi, qolganlari esa erituvchi oqim orqali kolonkadan o‘tadi. So‘ng, agar ta’sir qiluvchi modda yutilgan bo‘lsa, tegishli erituvchi bilan yuvib, ajratib olinadi. Adsorbent cheklangan yutish qobiliyatiga ega ekanligi sababli, jarayon u to‘yinguncha davom etadi. Ko‘pincha adsorbsiya jarayonida issiqlik ajralib chiqadi buning uchun haroratni pasaytirish adsorbsiya jarayonini tezlashtiradi, haroratni ko‘tarish esa teskari ya’ni desorbsiyani tezlashtiradi. Adsorbsiya ko‘proq sorbentlardagi molekulalararo kuchlarning tortishishi hisobiga, qutbli sorbentlarda esa elektr kuchlarining o‘zaro ta’siri natijasida amalga oshadi. Masalan, faollashtirilgan ko‘mirdagi adsorbsiya molekulalararo qutublanishni amalga oshirsa, silikagelda elektr kuchlari ta’sirigacha sodir bo‘ladi. Sorbent yuzasida yupqa monomolekulalar hosil qilib yutiladi va uning miqdori adsorbent yuzasiga bog‘liq bo‘ladi. Adsorbent harakatlantiruvchi kuch adsorbsiyalangan modda bilan, modda konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik bo‘lib, bu farq qancha katta bo‘lsa, jarayon shuncha tez bo‘ladi. Adsorbsiyalanadigan modda miqdori tenglama bilan topiladi. Ko‘mir gidrofob bo‘lib, deyarli suvni yutmaydi. Shuning uchun ham undan faqat ajratmalarni pigmentlardan tozalashda foydalaniladi. Adsorbent sifatida silikagel ham ishlatiladi, u gidrofill xossaga ega bo‘lganligi sababli, ajratmalarni tozalashda ishlatilmaydi. Chunki molekulalarni yutadi va shuning uchun gidrofob xossali ajratmalarni (xloroform, efir va boshq.) tozalashda ishlatiladi. Alyuminiy oksidi va bentonitlar ham adsorbent sifatida ishlatiladi. Adsorbsiyada ishlatiladigan asboblar - bular adsorberlar deyilib, ular uzlukli va uzluksiz ishlaydiganlarga bo‘linadi. Uzlukli ishlaydigan adsorberlar balandligi 6-10 m, diametri 0,6-1,2 m bo‘lgan kolonkalardan iborat bo‘ladi. Ishlashdan oldin panjara ustiga qalin mato yopiladi, kolonka adsorbent bilan to‘ldiriladi va yuqoridan ma’lum bir tezlikda va bosimda tozalanadigan ajratma yuboriladi. Uzluksiz ishlaydigan adsorberlar bir nechta kolonkadan iborat batareya bo‘lib, tozalanadigan ajratma birinchi kolonkaga yuboriladi, unga ta’sir qiluvchi yoki boshqa modda yutiladi. Kolonka orqali rangli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan ajratma chiqishi bilan uni boshqa kolonka bilan almashtiriladi. Birinchi kolonkadagi sorbent olib tashlanadi yoki yuviladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling