Landsberg Optika pdf


Download 479.9 Kb.
bet1/19
Sana17.06.2023
Hajmi479.9 Kb.
#1525294
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mohidil


154§. Maksvellning elektromagnitik nazariyasi qiyinchiliklari
Vakuumdagi yorugʻlik toʻlqini chastotaga bogʻliq boʻlmagan oʻzgarmas tezlikda (s = 2,9979 • 1010 sm/s) tarqaluvchi yuqori chastotali oʻzgaruvchan elektromagnitik maydondan iborat. Yorugʻlik tezligining chastotaga bogʻliq emasligi astronomik hodisalar ustida oʻtkazilgan kuzatishlarda juda ishonchli ravishda aniqlangan deb hisoblanishi mumkin. Masalan, uzoqdagi qoʻshaloq yulduzlar tutilishini tadqiq etish tutilishning boshlanishi va oxirida bizga yetib kelgan yorugʻlikning spektral tarkibida hech qanday anomaliyalar yoʻq ekanligini koʻrsatadi. Vaholanki, yulduzning tutilishi yoki uning oʻz yoʻldoshi soyasidan chiqishi uncha monoxromatik boʻlmagan va koʻp monoxromatik nurlar superpoziyasi natijasi deb qaralishi mumkin boʻlgan yorugʻlik impulsi tarqalishining uzilishi va boshlanid1ini bildiradi. Agar bu nurlar planetalararo fazoda turli tezlikda tar qolgani da edi, u holda impuls bizga ancha deformatsiyalangan holda yetib kelishi kerak edi. Masalan, soddalik uchun bu impuls ikkita deyarli monoxromatik («koʻk» va «qizil») gruppadan tashqil topgan va «qizil» gruppaning tarqalish tezligi «koʻk» gruppanikidan katta deb faraz qilamiz; bu holda biz tutilish boshlanishida yulduz rangining normal rangdan koʻkka oʻzgarishini, tutilish oxirida esa qizildan normal rangga oʻzgarishini kuzatgan boʻlardik. Qoʻshaloq yulduzlardan bizgacha boʻlgan masofa juda katta boʻlganligidan tezliklarning bir-biridan xatto ozgina farq qilishi sezilarli effekt hosil qilar edi. Haqiqatda esa bunday effekt yoʻq. Masalan, Aragoning Algol nomli oʻzgaruvchan yulduz ustida oʻtkazgan kuzatishlari Aragoni qizil va binafsha nurlarning tarqalish tezliklari orasidagi farq bu tezlikning yuz mingdan bir ulushidan ham kichik degan xulosaga olib keldi. Bu va unga oʻxshash kuzatishlar planetalararo fazoda1 yorugʻlik dispersiyalanmaydi deb iqror boʻlishga majbur qiladi. Yorugʻlik odatdagi muhitlarga kirganida esa uning tezligi oʻzgaradi (refraksiya yoki sinish) va bunda turli chastotalar uchun muhitlardagi tezlik turlicha boʻladi, yaʼni n sinish koʻrsatkichi toʻlqinning chastotasiga yoki uzunligiga bogʻliq boʻladi: n = f( ) (yorugʻlik dispersiyasi).
Yorugʻlik dispersiyasining mavjud boʻlishi yorugʻlikning dastlab Maksvell yaratgan elektromagnitik nazariyasining asosiy qiyinchiliklaridan biri edi. Elektromagnitik va optik hodisalarni bir butun qilib bogʻlagan bu nazariya olgʻa qarab qoʻyilgan katta qadam boʻlib, katta masshtabdagi ilmiy umumlashtirishdan iborat edi. Maksvell nazariyasi oʻzidan deyari» chorak asr oldin kashf etilgan Faradey hodisasining (Qutblanish tekisligining magnit maydonida burilishining) maʼnosini ochish imkonini berdi; bu nazariya, shubhasiz, magnetooptika va elektrooptika sohasida Kerrning ikki muhim kashfiyotiga (elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinishi va magnitlangan ferromagnetikdan qaytishda qutblanish tekisligining burilishi) olib kelgan kelgusi tadqiqotlarga turtki boʻldi. Nihoyat, Maksvell nazariyasi «elastiklik» optika mujmalliklari va ziddiyatlarini bartaraf qildi.
Maksvell nazariyasining muhim xulosasi—elektromagnitik maydonning vakuumda tarqalish tezligi tok kuchining elektromagnitik va elektrostatik birliklari nisbatiga teng degan qoida boʻladi; ahamiyati bundan kam boʻlmagan ikkinchi xulosa quyidagidir; elektromagnitik toʻlqinlarning sinish koʻrsatkichi , ga teng, bunda ε —muhitning dielektrik singdiruvchanligi, μ — magnit singdiruvchanligi. Shunday qilib, elektromagnitik toʻlqinning, xususan yorugʻlikning tarqalish tezligi yorugʻlik tarqalayotgan moddaning




п

V 6


Download 479.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling