Landsberg Optika pdf


- rasm Ayqashgan prizmalar metodi asosida olinadigan spektrning ko‘rinishi


Download 479.9 Kb.
bet3/19
Sana17.06.2023
Hajmi479.9 Kb.
#1525294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mohidil

28.2- rasm Ayqashgan prizmalar metodi asosida olinadigan spektrning ko‘rinishi.



28.3-rasm. Sianinda sinish ko‘rsatkichining yutish polosasi sohasida o‘zgarib borishi.

nomal dispersiya bilan yutilish orasidagi bogʼlanishga asoslanib, Kundt kuchli yutuvchi gazlar yoki bugʼlarda ham anomal dispersiya hodisasi yuz berishi kerak, degan fikrni aytdi^ Bir necha yil oʼtgach, Kundt natriy bugʼining yorugʼʼlikni yutishini leksiyada namoyish qilayotganda kutilgan hodisani kuzatishga muyassar boʼldi. Manbaning yorugʼʼligi gorizontal polosa koʼrinishida spektr beruvchi vertikal qoʼyilgan prizma yordamida spektrga ajratilgan edi. Nurlar yoʼliga alangasida natriy bugʼi boʼlgan gorelka qoʼyilgan edi. Ekranda spektrning sariq qismida natriy bugʼining yorugʼʼlik yutishiga xos boʼlgan qorongʼi polosa paydo boʼlibgina qolmay, balki bu spektral polosaning chetlari yutilish sohasining yonlarida turli tomonlarga qayrilgani koʼringan. Kundt bu tasodifiy kuzatilgan hodisa anomal dispersiya hodisasi ekanini birdaniga bilib oldi. Gorelka ustidagi natriy bugʻining konus shaklidagi ustuni vertikal turgan birinchi shisha prizma bilan ayqash boʻlgan gorizont tal sindiruvchi qirrali (asosi pastda) prizma rolini oʻtagan. 28.4-rasmdan koʻrinib turganidek, uzun toʻlqinli a qism sindirish koʻrsatkichi hatto birdan ham kichik boʻlgan qisqa toʻlqinli b qismraga nisbatan koʻproq sinadi.
N

28.4- rasm. Natriy bug‘ida yuz beradigan anomal dispersiya (demonstratsion tajriba).



28.5- rasm. Natriy buri da yuz beradigan anomal dispersiya.
a—bug‘ning zichligi katta bo‘lganda natrnyning ikkala yutish chizig‘i (natriy dubleti) qo‘shilib polosa hosil qiladi; b- bug‘ning zichligi kichik bo‘lgyakda dubletning ikkala chizig‘i bir-biridan ajralgan bo‘ladi.

atriy bugʻlari spektrning sariq qismida bitta emas, balki bir-biridan 0,6 nm masofada joylashgan ikkita juda keskin ,va ingichka yutilish chizigʻiga ega. Yuqorida tavsiflangan namoyish tajribasida natriy bugʻlarining zichligi ancha katta boʻlganligidan natriyning D1 va D2 ikkala yutilish chizigʻi qoʻshilib D polosa hosil qilgan va hodisaning tafsiloti koʻrinmay qolgan edi. Yaxshi sharoitda oʻtkazilgan tajribalarda manzarani ancha aniq kuzatish mumkin: bugʻning zichligi katta boʻlganda keng yutilish polosasi va chetlarining qayrilishi koʻrinadi (28.5-a rasm), bugʻning zichligi kichik boʻlganda ikkita yutilish chizigʻiga mos keluvchi ikkita anomal dispersiya sohasi koʻrinadi (28.5-6 rasm).Hodisaning eng aniq manzarasi yutilish chiziqlari keskin boʻladigan gazlarda (bugʻlarda) kuzatilganligi sababli, nazariy tasavvurlarni gazlar ustidagi tajribalarda tekshirib koʻrish yaxshi, darvoqe, gazlar dispersiyasi nazariyasi ancha soddadir. Shuning uchun sinish koʻrsatkichining toʻlqin uzunlikka bogʻlanishini tekshirish metodlari katta ahamiyatga ega boʻlib qoldi, chunki bu metodlar gazlarda dispersiyani aniq oʻlchash imkonini beradi. Gazlarda sindirish koʻrsatkichi 1 dan nam farq qilganligi tufayli (ayniqsa yutilish chizigʻi yaqinida ishlaganda gazning zichligi kichik boʻlganda) interferension refraktometrlar qoʻllashga toʻgʻri keladi.
Eng yaxshi natijalar spektral apparatlarni «kesishtirish» metodi yordamida olinadi, bunda birinchi apparat Jamen interferometri boʻlib. ikkinchi apparat prizmali yoki difraksion (katta dispersiyali) panjarali oddiy spektrograf (Vud va D. S. Rojdestvenskiy) boʻladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki, bunda interferension polosalar gorizontal ketadigan, spektrograf tirqishi vertikal turadigan boʻlsin. Agar oq yorugʻlikdan interferometr hosil qilgan manzarani, yaʼni rangli polosalar toʻplamini spektrograf tirqishiga tushirsak, u holda spektrograf kamerasidagi obyektivning fokal tekisligida boʻylama yoʻnalishda qator qorongʻi chiziqlar bilan chizilgan tutash spektrni koʻramiz; bu qorongʻi chiziqlar spektrograf tirqishining interferension manzaradagi qorongʻi polosalar tasvirlari tushgan joylariga mos keladi.


28.6rasm. Damen interferometri bilan spektrograf kesishtirilganda interferensiya polosalarining joylashishi.

Interferension manzaraning davri to‘lqin uzunlikka proporsional. Shuning uchun toʻlqin uzunlik qancha katta boʻlsa, qorongʻi polosalar oraligi shuncha katta boʻladi va spektrografdagi qorongʻi polosalar sistemasi (28.6rasm) spektrning qizil chetidan binafsha chetiga tomon toraya boradi. No’linchi polosa toʻgʻri chiziq shaklida va tirqishning yoʻnalishiga tik boʻladigan qilib asboblarni sozlab olamiz va bu polosani abssissalar oʻqi deb qabul qilamiz. y ordinatalar oʻqini spektrograf tirqishi boʻylab yoʻnaltiramiz. Interferometrning ikki yelkasidagi nurlar orasidagi ∆(y) yoʻl farqi odatda y ga chiziqli bogʻlangan, yaʼni ∆(y)=by bu yerdagi b koeffitsient qoʻllanadigan asboblarning parametrlari orqali aniqlanadi. tpolosaning ordinatasi
А (ут)=Ьут = п
shartdan aniqlanadi. m ortgan sari interferendion polosalarning og‘maligi (dy/d =m/b) ortishi bu munosabatdan kelib chiqadi (q. 28.6- rasm).
Agar interferometr nurlaridan birining yo‘liga sindirish.koʻrsatkichi n = f( ) boʻlgan moddaning h qalinlikli qatlami qoʻyilsa, u holda qoʻshimcha h(n — 1) yoʻl farqi hosil boʻladi va m- polosaning ordinatasini aniqlaydigan shart
bym ±h(n — 1 ) = mX
koʻrinish oladi, bunda ishora interferometrning qaysi yelkasiga modda qatlami qoʻyilganiga bogʻliq. Natijada interferension polosalar spektrograf tirqishi boʻylab mos ravishda siljiydi va oldin y = 0 (abssissalar oʻqi) shartini qanoatlantirgan holinchi m = 0 polosa endi y = ∓(n1)h/b ga mos shakl oladi. Shunday qilib, no‘linchi polosa muayyan masshtabda (n— 1) ning ga bogʻlanishini chizadi, yaʼni bevosita dispersiya egri chizigʻini tasvirlaydi. No’linchidan boshqa polosalar m ortgan sari ortib boruvchi qoʻshimcha ogʻmalikka ega boʻladi.
Agar qoʻshimcha modda qatlami sifatida, masalan, natriy bugʻi toʻldirilgan naychani kiritsak, u holda sindirish koʻrsatkichining hatto yutilish chiziqlari yaqinida oʻzgarib borishini aniq tekshirish mumkin; natriy bugʻida yorugʻlik qancha kam yutilsa, yutilish chiziqlariga shuncha yaqin borish va u yerda sindirish koʻrsatkichining oʻzgarishini aniq tekshirish mumkin. Kuzatiladigan manzaraning fotosurati D. S. Rojdestvenskiy asaridan olingan (28.7rasm).
Y

Download 479.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling