Landsberg Optika pdf


§. Dispersiya nazariyasining asoslari


Download 479.9 Kb.
bet6/19
Sana17.06.2023
Hajmi479.9 Kb.
#1525294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mohidil

156§. Dispersiya nazariyasining asoslari
Yorugʻlikning «elastiklik» nazariyasidayoq eksperimental yoʻl bilan olingan boy natijalarni talqin qilishga unumli urinib koʻrilgan. edi. Bu nazariya muhitning sindirish koʻrsatkichi qiymatini muhitning maʼlum parametrlaridan hech biriga bogʻlay olmaganligiga qaramay, ancha burun moddadagi refraksiya va dispersiya hodisalarini tushuntirishga urinilgan edi.
Frenel tasavvurlariga muvofiq, yorugʻlik elastik qattiq jism xosalariga ega boʻlgan oʻta siyrak va barcha oddiy muhitlar ichiga kira oladigan maxsus muhitda (yaʼni yorugʻlik tashuvchi efirda) tarqaladi. Yorugʻlik toʻlqinining tezligini asosan efirning xossalari belgilaydi, lekin moddiy muhitlarda molekulalar ulardagi efirning xossalarini oʻzgartirib yuboradi va shu yoʻsinda yorugʻlikning tarqalish tezligiga taʼsir qiladi. Frenelning modda molekulalarining efir zarralariga koʻrsatadigan taʼsirini hisobga olish haqidagi gʻoyasini Koshi (1829—1835 y.) rivojlantirib, sinish koʻrsatkichining toʻlqin uzunlikka bogʻlanishini ifodalovchi formula topdi:
p = a]+]Щ + sЩ +..., (156.1)
bunda 0 — vakuumda toʻlqin uzunligi, a,b,c — qiymati xar bir modda uchun tajribadan topilishi kerak boʻlgan doimiylar. Koʻp hollarda (156.1) formuladagi dastlabki ikki had bilan cheklansa boʻladi. Koshi formulasi dispersiyaning normal oʻzgarib borishini yaxshi ifodalaydi. Masalan, 28.1 jadvalda koʻrinib turganidek, vodorodning juda sinchiklab oʻlchangan sindirish koʻrsatkichi tegishlicha tanlangan a,b,c koeffitsientlar yordamida Koshi formulasi orqali juda yaxshi ifodalanishi mumkin.


Download 479.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling