Langan yerlarni o’zlashtirish texnologiyasi


agrotexnikasi, sug’orish usullari va texnikasi, sug’orish


Download 41.58 Kb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi41.58 Kb.
#1355910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli yerlarni o’zla

agrotexnikasi, sug’orish usullari va texnikasi, sug’orish usullari va texnikalarining o’ziga xos xususiyatlari, almashlab ekish tizimi, yerlarni meliorativ jiqatdan nazorat qilish).
O’zlashtirilgan qumli va qumloq tuproqqa dastlabki ekinlardan g’alla ekish tavsiya etiladi, jumladan arpa ekish lozim. Tuproq meliorativ holatini yaxshilash uchun bedadan foydalanish yaxshi samara beradi, bunda bedani bir dalada 3 yil saqlash lozim. Bedadan yoki g’alla ekinlaridan bo’shagan yerlarga g’o’za ekish mumkin. Bunda g’o’za agrotexnikasiga aloxida ahamiyat berish, ayniqsa, sug’orish va oziqlantirish rejimlariga e’tibor berish kerak. Sug’orish me’yorlari 700-800 m3/ga atrofida bo’lishi, sug’orish soni 6-8 martani tashkil etishi kerak. Sug’orish egatlari kengligi 60 sm, uzunligi 50-60 m dan oshmasligi kerak. G’o’zani oziqlantirishda mineral va organik o’g’itlarni oshirilgan me’yorlarda, o’z muddatlarida berib turish kerak.
Qum va qumloqlarni o’zlashtirishning dastlabki yillarida qumlikni mustahkamlash, suv-fizik xossalarin yaxshilash va unumdorligini oshirish uchun yerni bo’sh qoldirmasdan jadal foydalanilganda 2-3 marta hosil olish mumkin. Masalan, bahorda g’alla donli ekinlar yozda takroriy ekinlar, kuzda orali ekinlar ekilib ularni quyidagicha joylashtirish maqul.
1.Bug’doy (don uchun) + soya (don uchun) + perko yoki javdar (ko’k massa).
2. Bug’doy (don uchun) + soya (ko’kat o’g’it) + raps, javdar (ko’k massa).
3.Makkajo’xori (don uchun) + soya (ko’kat o’g’it) + kuzgi bug’doy (don uchun).
4. Soya (don uchun) + raps (ko’k massa) + javdar (ko’k massa).
Yuqorida ko’rsatilgan ekinlar qum va qumloq tuproqlarda dastlabki 3-4 yil davomida jadal ekilib boriladi, keyinchalik asosiy almashlab ekish tizimiga, yani:
bug’doy va g’o’za, (1:2:1:2), soya va bug’doy.
Soya va g’o’za (1:4:1:4) almashlab ekish tizimiga o’tish ko’zda tutiladi.
Almashlab ekishni joriy qilish, bunda, beda-g’o’za yoki g’alla-g’o’za tizimlarini joriy etish lozim. O’zlashtirilgan Qumli va Qumloq tuproqlar meliorativ jihatdan nazorat olib turilishi kerak. Bunda sizot suvlari sathi, ularning minerallashganlik darajasi, tuproqning sho’rlanganlik darajasi, shuningdek ayrim agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari nazorat qilib borilishi kerak.


XULOSA:
Tuproq eroziyasining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun eroziyaga sabab bo’luvchi faktorlarni bartaraf qilish va unga qarshi tadbirlar qo’llash kerak. Buning uchun tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, o’rmon-texnika va gidrotexnika tadbirlar tizimini reja asosida amalga oshirish kerak. Tog’, tog’ oldi, va adir mintaqalarida kuchli jala quyishi yoki qorlarning jadal erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, shag’al,tosh aralash holda sel oqimi vujudga keladi. Sel hosil bo’lishi tog’ yonbag’irlaridagi tuproq eroziyasi bilan chambarchas bog’liq. Sel oqimining oldini olish va qarshi kurashish uchun agro-o’rmon agromeliorasiyasi va gidrotexnik tadbirlar majmuasi qo’llaniladi.
Download 41.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling