Langan yerlarni o’zlashtirish texnologiyasi


Download 41.58 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi41.58 Kb.
#1355910
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli yerlarni o’zla


SHO’RLANGAN YERLARNI O’ZLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI.
Reja:


1. Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli yerlar, ularning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyalari (zovurlashtirish, tekislash, sho’r yuvish, sholi ekib sho’rini yuvish, kimyoviy va agromeliorativ tadbirlar). O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari (dastlabki va asosiy ekinlar va ularning agrotexnikasi).
2.Taqir va taqirsimon, gipsli, karbonatli tuproqlar, ularning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyasi, o’zlashtirishning o’ziga xos usullari (chuqur yumshatish, tilmalash, qumlash, mineral va organik o’g’itlar solish).O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari (dastlabki ekinlar, ularning agrotexnikasi, almashlab ekish tizimi, yerlarni meliorasiya jihatdan nazorat qilish).
3. Qumli va qumloq yerlarni o’zlashtirish

1. Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli yerlar, ularning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyalari (zovurlashtirish, tekislash, sho’r yuvish, sholi ekib sho’rini yuvish, kimyoviy va agromeliorativ tadbirlar). O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari (dastlabki va asosiy ekinlar va ularning agrotexnikasi).
Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli, gipsli, karbonatli tuproqlar O’zbekiston Respublikasining tekislik mintaqasida, yani Mirzacho’l, Jizzax, Sherobod, Qarshi cho’llarida, Buxoro, Xorazm viloyatlarida , Qoraqalpog’iston Respublikasida keng tarqalgan.
Bunday tuproqlar och tusli bo’z, taqir va taqirli, o’tloqi –botqoq tuproqlar tarkibida bo’lib, sho’rlanish darajalari sho’rlanish tiplari va tuproq tarkibidagi tkzli qatlamlarning joylashish chuqurligi bilan bir-biridan farqlanadi.
Sho’rhoksimon tuproqlar ning tarkibida 0,3-2,0 % gacha tuzlar bo’lib, tuzli qatlam yer yuzasidan 30-50 sm dan 70-150 sm gacha chuqurlikdan boshlanadi.
Sho’rhok tuproqlarning tarkibida esa, 2-3 %dan ko’p miqdorda tuzlar bo’lib, ular yer yuzasidan sizot suvlargacha bo’lgan qatlamda tarqalgan bo’ladi.
Sho’rtoblar deb, tuproq singdiruvchi kompleksida ko’p miqdorda singdirilgan qolatdagi almashinuvchi(5-20,5mg/ekv) natriy, ba’zan esa ancha miqdorda singdirilgan magniy ham saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Sho’rhoklardan farqli o’laroq, sho’rtoblarda suvda oson eriydigan tuzlar eng ustki qatlamda emas, balki biroz chuqurroqda saqlangan bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan sho’r tuproqlar bir- biridan tuproqning tuzilishi, mexanik tarkiblari, suv-fizik xossalari, sho’rlanish darajalari, tuzlarning tarkiblari va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi.
Sho’rhok va sho’rtob tuproqlar meliorativ holatini agrotexnikaviy tadbirlar majmuasini to’g’ri amalga oshirish tufayli yaxshilash mumkin. Buning uchun dalalarni tekislash, sho’rlangan sizot suvlarni chiqarib yuborish, zovur-zaxkash tarmoqlarini barpo kilish, tuproq sho’rini yuvish kabi tadbirlardan foydalanish zarur.
Sho’rlangan bo’z va ko’riq yerlar ikki asosiy bosqichda o’zlashtiriladi: Irrigasiya-meliorasiya jihatidan o’zlashtirish - sug’orish va sho’r yuvish tarmoqlarini qurish, ularga suv bog’lash inshootlarini, nov ko’priklar qurish, yerlarni asosli tekislash va boshqalar;xo’jalik jihatidan o’zlashtirish - sho’rini yuvib, ekin ekib qishloq xo’jalik oborotiga kiritish.
O’zlashtirish tadbirlari gidromeliorasiya va agromeliorasiya tadbirlar majmuasidan iborat bo’ladi.
Yerni gidromeliorasiya jihatidan o’zlashtirishda ko’riq yerning cho’kishiga qarshi zarur tadbirlar qo’llash juda muhim. Ko’riq yerlar sug’orilgandan keyin namlanib, zichlashishi natijasida cho’kadi. Avvalo tuproq ichidagi ming-minglab hashorat va jonivorlar o’tgan yo’llar, o’simlik ildizlarining chirib, o’rni bo’shab qolishi bunga sabab bo’ladi. Keyinchalik tuproq-gruntning qavoli joylari kulab tushadi va natijada yer cho’kadi.Tuproq tarkibidagi tuzlarning suvda erib ketishi natijasida ham yer cho’kishi mumkin. Yer ko’p cho’kkanda katta-katta yorilib, voronka shaklidagi chuqurga aylanadi. Sug’orish tarmoqlari cho’kkanda, dambalar yorilib, yoriq eni 5-10 sm gacha boradi. Natijada suv dambani urib ketishi, inshootlarga shikast yetishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra, Mirzacho’lda dastlab sug’orilgan yilda tuproq 0,4-0,5 m dan 1,0 m gacha cho’kkan. Sizot suv sathi qancha chuqur bo’lsa, tuproq ham shuncha ko’p cho’kadi. Sizot suv sathi yuza (2,5-3,0 m) bo’lganda tuproq juda oz cho’kkan. O’zlashtirilayotgan yerlar tekislanayotganda ustki unumdor tuproq qatlamini saqlab qolishga harakat qilish lozim. Buning uchun asosli tekislashning «kulis» yoki «uyumlash» usullaridan foydalanish ma’kuldir. Bu usullarda tuproqning ustki unumdor qatlami (0-20 sm) o’z joyida saqlab qolinadi. Sho’rlangan yerlarni agromeliorativ jihatidan o’zlashtirishda dala ishlarini may oyidan kechiktirmay boshlash, yerga agrotexnikaviy ishlovlar berish kerak. Xo’jalik hududidagi ajriq bosgan partov yerlar sho’r yuvishdan oldin ag’dargichi olib ko’yilgan ko’p korpusli plug bilan qirkib olinadi, keyin ular chuqur qilib haydaladi va ishlov beriladi. Yovvoyi o’tlardan: oqbosh, olabo’ta, kermak kabi o’tlar yaxshi o’sgan bo’z va ko’riq yerlarni o’zlashtirish boshqa yerlarga qaraganda bir oz farq qiladi. Bunday tuproqlar serkovak bo’ladi, uni turli hashorat va jonivorlar ilma-teshik qilib yuborgan, o’simlik ildizlari chirib bo’shagan bo’ladi va xakozo. Bunday yerlar yovvoyi o’tlardan tozalanib tekislangach, chuqur qilib haydab, boronalab, mola bostirilgandan keyin yuvilishi kerak. Tuproqdagi kovaklarni yo’qotish, suvni sizib ketishini kamaytirish maqsadida tuproq maydalanadi va zichlanadi. Shunday qilinmasa, sho’r yuvish vaqtida suv tuzlarni eritib ulgurmasdan, ostki qatlamlarga o’tib ketadi va sizot suvlar sathishi yuqoriga ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Zichlangan tuproqlarni yuvishda suvning ishqorsizlantirish ta’siri ancha kuchayadi. Lekin ustini siyrak yovvoyi o’tlar qoplagan kuchli sho’rlangan ko’riq yerlarga yaxshilab ishlov berish va zichlashning hojati yo’q Tajriba ko’rsatishicha bunday yerlar qaydalgandan keyin mola bostirilsa, tuprog’i maydalanib, suv o’tkazuvchanligi kamayadi. Sho’r yuvganda tuproqkd suv juda ham kam singiydi, natijada sho’ri qoniharsiz yuviladi. Bunday yerlarda yerni sho’rini haydalmagan holda yuvish yaxshi samara beradi.
Sho’rhok va sho’rhokli yerlarni sho’ri - polchalarga bo’lib, suv bostirish usuli bilan yuviladi. O’zlashtirishning birinchi yilida tuproqning metrli qatlami qoniqarli darajada (xlorga ko’ra 0,015-0,02 %; ustki qatlamda 0,01 % va undan ham kam) sho’rsizlantirilishi lozim. Maydoni 0,15-0,25 ga bo’lgan polchalarda yuvish me’yori 2000-2500 m3/ga; qatlami kuchli zichlangan, gipslangan tuproqlarda me’yor 3000-5000 m3/ga gacha oshiriladi. Kuchli sho’rlangan yerlar va sho’rhoklar 5-6 marta yuviladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun birinchi va ikkinchi; ikkinchi va uchinchi sho’r yuvishlar oralig’idagi davr 1-2 kun bo’lishi kerak, keyingi sho’r yuvishlar oralig’idagi davrni 3-7 kungacha cho’zish mumkin. Sho’ri yuvilgan yerlar bahorda yaxshilab boranalanishi lozim. Mexanik tarkibi og’ir, kuchli sho’rlangan, katta sho’r yuvish me’yorini talab qiluvchi yerlarni sholi ekish yuli bilan o’zlashtirish foydali. Sholi ekilganda sho’r yozning eng issiq, tuproq va suvning eng qizigan vaqtida yuviladi. Shunda tuproqdagi tuzlar yaxshiroq va tezroq eriydi. Sholi ekib yerni sho’rdan tozalash uchun yetarlicha zovur tarmoqpari mavjud bo’lishi kerak. Tuproq - meliorativ sharoitlarga qarab, doimiy zovurlarning chuqurligi 2,5-3,5 m; o’zlashtirishning dastlabki davrida zovurlar oralig’idagi masofa 200-400 m bo’lishi kerak. Doimiy zovurlar bilan birga muvaqqat zovurlardan ham foydalanish kerak. Shunda tuproq dagi tuzlar birmuncha yaxshi yuviladi. Sholi sho’rga uncha chidamaganligidan ekishdan oldin u ekiladigan yerni yaxshilab yuvish zarur. Yer 5-10 kun davomida yuvilishi lozim. Olinadigan hosil ekishdan oldin yerning qanchalik yaxshi yuvilishiga bog’liq.O’zlashtiriladigan yerlardagi sholi polchalari uzluksiz 40-60 ming m3/ga umumiy yuvish me’yori berib sug’oryladi, shundan tashlanadigan suv 20-40 % ni tashkil qiladi. Iloji boricha, sholipoyalardan suvni zovurlarga tashlamasdan sholi yetishtirish lozim. Shundagina tuproq sho’rdan yaxshiroq tozalanadi.Agar suvni tashlash yo’li bilan yangilash zarur bo’lsa, tashlab yuboriladigan suv polga beriladigan suvning 10-15 % dan oshmasligi kerak. Tuprog’ining sho’rlanganlik darajasiga qarab, bir maydonning o’ziga bir-ikki yil sholi ekish mumkin. Hosil o’rib olingach, zovurlashtirilgan sharoitlarda sizot suv satx pasayganligi uchun tuproq fizik jiqatdan tezroq yetiladi. Bunday sharoitda tuproq di tozaligicha saqlash va unumdorligini oshirish maqsadida kuzgi arpa ekish mumkin. U ekinlar orasida eng yaxshi o’zlashtirgich hisoblanadi. Sho’rsizlantirilgan yerlarni kuzgi shudgor qilib qo’yish, g’o’za va boshqa ekinlar ekishga tayorlab ko’yish lozim. Sho’rtob tuproq larni yaxshilash va unumdor qilish uchun singdiruvchi kompleksidagi ortiqcha natriyni chiqarib, kalsiyga almashtirish, tuproq eritmasining ishqoriyligini kamaytirish, fizik xossalarini yaxshilash zarur. Tuproqning sho’rtoblanish darajasiga qarab, ularni o’zlashtirish va yaxshilashda turli usullardan, ya’ni agrotexnikaviy, biologik, kimyoviy usullardan foydalanish mumkin. Yerni kuyoshda qizdirish uchun shudgor kilib qo’yish, Qumlash, gung solish, shuningdek madaniy o’g’itlar solish kabi agrotexnikaviy tadbirlar qo’llaniladi. Beda va siderat o’simliklar ekish sho’rtobli tuproqlarni o’zlashtirishning biologik usulidir.O’tlarning ildiz tizimi tuproqqa mexanik jiqatdan ta’sir qilib, uning strukturasini yaxshilaydi. Siderat o’simliklar sifatida shabdar yoki arpa ekish mumkin. Tuproqni gipslash kuchli sho’rtobli tuproqlarni kimyoviy yo’l bilan o’zlashtirish usuliga kiradi. Tuproqqa gips solinganda tuproq singdiruvchi kompleksidagi Ma+ va Ca++ uzaro qaytma reaksiyaga kirishadi.

Download 41.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling