Latipova Gulchexra Ilmiy rahbar: Farg‘ona 202 mundarija I kirish II. Asosiy qism


Yig‘ish chizmalarda o‘lchamlar va chetli chetga chiqishlarni qo‘yish


Download 123.13 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi123.13 Kb.
#1524892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Латипова G

5.Yig‘ish chizmalarda o‘lchamlar va chetli chetga chiqishlarni qo‘yish

Yig‘ish chizmalari KXYaT standartlarida ko‘rsatilgan talablardagi soddalashtirishlarni e’tiborga olgan holda bajariladi. Yig‘ish chizmalarida quyidagilarni ko‘rsatmaslikka ruxsat etiladi:


a) faskalar, yumaloqlashlar, chuqurliklar, o‘ymalar va boshqa elementlar;
b) sterjen va teshik orasidagi tirqish;
v) qopqoqlar, to‘sqichlar, maxoviklar va boshqalar buyumni tarkibiy qismlarini to‘sib qolgan hollarda. Bunday hollarda ko‘rinish ustiga quyidagi yozuvni bajariladi, masalan, 3-pozisiyada «qopqoq ko‘rsatilmagan» deb yoziladi;
g) to‘r orqasida joylashgan buyumni tarkibiy qismlari va ularni elementlari xamda qisman oldidan to‘sib qolingan tarkibiy qismlarini;
d) jadvallardagi, firma blankalaridagi, shkalalardagi va shunga o‘xshash detallardagi yozuvlar.
Yaltiroq materiallardan tayyorlangan buyumlarni ko‘rinishlarda yaltiroq emas deb qabul qilinadi. Yig‘ish chizmalarida yaltiroq detallar orqasida joylashgan buyum va ularning elementlarini ko‘rinadigan qilib tasvirlanadi. Masalan, priborda joylashgan shkala va strelkalar, lampalarni ichki tuzilmalari va boshqalar yuqoridagilarga misol bo‘ladi.
Buyum ichida joylashgan o‘ramlari kesimlar bilan tasvirlangan vintli prujinalar (18.9-shakl) shartli ravishda ko‘rsatiladi. Yig‘ish chizmalarida buyumning tarkibiy qismlarini tasvirlashda soddalashtirishlar ishlatiladi. Buyumning alohida yig‘ish chizmalari chizilgan tarkibiy qismlari ko‘rinishlariga qirqim berilmaydi. 18.2-shaklda porshen mexanizmining yig‘uv birligi qirqim berilmasdan ko‘rsatilgan. Buyumni tashqi ko‘rinishidagi ba’zi bir mayda chiqib turuvchi va o‘yilgan qismlarni soddalashtirib tasvirda ko‘rsatilmaydi. Buyumdagi bir xil materialdan tayyorlangan detallarni payvandlash, qalaylash va yelimlash yo‘li bilan biriktirilgandagi yig‘uv birliklariga qirqim va kesim berilganda ularni bir xil yo‘nalishda shtrixlanib detallarni chegarasi yo‘g‘on asosiy chiziqda tasvirlanadi.
Namuna chizmalar. Grafik vazifa sharti: “Yo‘naltiruvchi blok" nomli yig ‘ma birlikning standart bo „lmagan detallarining eskizi tuzilsin. 9.6-rasm, a da “Yo‘naltiruvchi blok" nomli buyum (yig‘ma birlik)ning yaqqol tasviri berilgan. Bu yig‘ma birlik ko‘tarma kran metallkonstruksiyasining bir qismi hisoblanadi va u trossni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. 9.6-rasm, b da spetsifikatsiya bo‘limlari bo‘yicha “Yo‘naltiruvchi blok"ni tashkil qiluvchi qismlari tasvirlangan.

  1. Rolik" yig‘ma birlik bo‘lib, u rolik va unga tig‘iz kiritilgan vtulkadan iborat. “Rolik" spetsifikatsiyaning “Yig‘ma birliklar"" bo‘limiga tegishli bo‘lganligi uchun uni tarkibidagi “Rolik" va “Vtulka"" eskizi, yig‘ish chizmasi hamda spetsifikatsiyasi bajariladi.


  2. 3. Tarkibiy qismlar: boltlar, gaykalar, maslenka spetsifikatsiyaning “Standart buyumlar"" bo‘limiga tegishlidir.



    9.6-rasm

    Tarkibiy qismlar: “Vilka"", “Kronshteyn"", “O‘q"" va “Planka""lar spetsifikatsiyaning “Detallar"" bo‘limiga kiradi. Bu detallarning har birini eskizi bajariladi.

Ushbu yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasini tuzish uchun undagi har bir standart bo‘lmagan detalning eskizi bajariladi (vaziyatlari 1, 2, 3, 4, 5). Detallarning eskizlari standart chizma qog‘ozlariga chiziladi. Eskiz bajarish uchun mumkin qadar maxsus katakchalari mavjud bo‘lgan millimetrovkali qog‘ozlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Eskizdagi ko‘rinishlari soni, joylashuvi ushbu detalni tayyorlash imkoniyatini to‘liq beruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart.
Asosiy e’tibor detallarni o‘zaro birikuvchi sirtlarining o‘lchamlarini bir-biriga mos kelishiga qaratiladi.
Vilka (vaz. 2) va kronshteyn (vaz. 3)larning eskizlari ularni to‘liq tasavvur qilish uchun uchta ko‘rinishdan iborat bo‘ladi: bosh ko‘rinish, ustdan ko rinish va chapdan ko rinish (9.7 va 9.8-rasmlar). Teshiklar va o‘yiqlarni ko‘rsatish uchun mahalliy qirqimlar tatbiq etilgan. Shuningdek,
pozitsiyadagi detal formasini aniqlash uchun A mahalliy ko‘rinishdan foydalanilgan. Planka (vaz.4)da frontal qirqim va ustki ko‘rinish orqali uning eskizi bajarilgan (9.10-rasm). O‘q (vaz. 5)ning tasvirida bitta bosh ko‘rinish frontal qirqim qismi va A-A kesim qo‘llanilgan (9.9-rasm).
Yo‘naltiruvchi blokdagi rolik (vaz. 1) yig‘ma birlik bo‘lganligi uchun uni detallari: rolik va vtulkalar eskizi bajariladi (9.11 va 9.12-rasmlar). Standart detallar (vaz. 7 vint) eskizi bajarilmaydi. O‘rnatish vinti rolik yig‘ish chizmasida chizilgan, shuning uchun detallar eskizida vint o‘yig‘i ko‘rsatilmaydi.

9.7-shakl.


Download 123.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling