1-rasm. Chizmalarga o‘lchamlar qo‘yish: 2-rasm. O‘lcham sonlari uchun joy a – o‘lcham strelkasi, b – to‘g‘ri chiziqli kesimlar yetarli bo‘lmagan hollarda o‘lcham qo‘yish o‘lchamlari, c – chizmaning shtrixlangan yuzasi
o‘lchami
O‘lchamlar zanjirsimon joylashganda o‘lcham chiziqlarining strelkalarini qo‘yish uchun joy yetarli bo‘lmagan ayrim hollarda, strelkalarni chiziqchalar yoki nuqtalar bilan almashtirish mumkin (3-rasm).
Radius juda katta bo‘lsa, markazni yoyga yaqinlashtirishga ruxsat etiladi, radius o‘lcham chizig‘i esa 90° burchak ostida siniq chiziq (4-rasmda ko‘rsatilgandek) tarzida ko‘rsatiladi.
Chizmada sferani boshqa sirtlardan ajratish qiyin bo‘lgan hollarda sfera diametri belgisi «» oldiga «sfera» so‘zini qo‘shib yozish mumkin, masalan, «Sfera 18» (5- rasm).
3-rasm. Strelkalar o‘rniga nuqtalar qo‘yish
|
4-rasm. Katta radiusda markazni yoyga yaqinlashtirish
|
5-rasm. Sfera radiusi
yoki diametrini qo‘yish
|
Buyum konturlari chiziqlari yumaloqlangan bo‘lsa (6-rasm), chiqarish chiziqlari yumaloqlanadigan burchak tomonlarining kesishgan nuqtalaridan yoki yumaloqlash yoyi markazidan o‘tkaziladi.
Agar chiqarish chiziqlarini o‘lchanayotgan kesmaga perpendikulyar o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, u holda chiqarish va o‘lcham chiziqlarini o‘lchanadigan kesma bilan birga parallelogramm hosil qiladigan qilib o‘tkaziladi (7-rasm).
Qiya o‘lcham chiziqlarining o‘lcham sonlari 8-rasmda ko‘rsatilgandek yoziladi (35-o‘lcham).
Egri chiziqli konturning murakkabligiga qarab, uni uzunligi bo‘ylab bir necha qismga bo‘linadi va olingan ko‘ndalang bo‘laklarning o‘lchamlari ko‘rsatiladi (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |