Lavozimi: Kimyo fani o’qituvchisi


Download 34.36 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1528449
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sulfat kislota mavzusida dars ishlanmasi

Yangi mavzuni o’rganish.
Reja:
1. Sulfat kislota haqida ma’lumot. 3. Xossalari.
2. Olinishi. 4. Birikmalari. 5. Ishlatilishi.
Mavzuni o’rganishda muammoli vaziyatlar yaratib o’quvchilarga savollar berib boriladi.
Savol: Sulfat kislota haqida nimalar bilasiz? (O’quvchilar kislotalar haqida bilimga ega, o’zlarining fikrlarini bayon etishadi.) Molekular formulasi: H2SO4.
Uning elektron va tuzilish formulasi quyidagicha:


H O O H: O : :: O
S S
H O O H: O : :: O
Sulfat kislota haqidagi qo’shimcha ma’lumot slayd orqali namoyish etiladi.
Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun quyidagi sxema asosida boradigan kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak: FeS2 →SO2 →SO3→H2SO4
Sulfat kislota olinishi haqidagi qo’shimcha ma’lumot slayd orqali namoyish etiladi.
Fizik xossalari.Sulfat kislota rangsiz, hidsiz, og’ir moysimion suyuqlik.96%li sulfat kislotaning zichligi 1,84 g/ sm3 ga teng.
Kimyoviy xossalari.(O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajribalarni bajaradilar. Tajribalar bajarilayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ta’kidlanadi.)
1. Metallarning faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi: Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑ (gaz ajralib chiqishi kuzatiladi).
2. Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:
CuO+H2SO4=CuSO4+H2O (bu yerda reaksiya rang o’zgarishi bilan boradi)
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
3. Asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:
2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O (NaOH ga fenolftalein qo’shib qo’yamiz, eritma pushti rangda bo’ladi, H2SO4 qo’shilganda eritma rangsizlanadi, neytrallanish reaksiyasi sodir bo’lganligi o’quvchilar tomonidan aytiladi. )
Mg(OH)2 + H2SO4 = MgSO4 + 2H2O
4.Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi: Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 = 3CaSO4 + 2 H3PO4
Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun, deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush, oltin, platinaga, konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo’lganda Fe ga ta’sir etmaydi.Shuning uchun konsentrlangan sulfat kislota po’lat sisternalarda tashiladi. Konsentrlangan H2SO4 bilan metallar reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaning konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki gacha H2S gazlarini ajratib chiqaradi.
Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2↑ + H2O
Konsentrlangan H2SO4 qaynatilganda metallmaslar bilan ham ta’sirlashadi:
C + 2H2SO4 = CO2↑ + 2SO2↑ + 2H2O S + 2H2SO4 = 3SO2↑ + 2H2O
Konsentrlangan H2SO4 shakar, qog’oz, yog’och va gazlamalar tarkibidagi vodorod va kislorodni suv tarzida tortib olib ularni ko’mirga aylantiradi.
shakar
+H2SO4 = nC + H2SO4 ∙nH2O
yog’och
Shakardan qora ustun hosil qilish tajribasi amalga oshiriladi.
Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun bariyning eruvchan tuzi (bariy xlorid) ni ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham, nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho’kma hosil bo’ladi. H2SO4 + BaCl2 = BaSO4 + 2HCl
Na2SO4 + BaCl2 = BaSO4 + 2NaCl
Birikmalari. Sulfatlar. Natriy sulfat – Na2SO4. Suvsiz natriy sulfat shisha va soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori – darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Na2SO4∙10H2O – Glauber tuzi deyiladi.
Kalsiy sulfat – CaSO4. Tabiatda gips CaSO4∙2H2O ko’rinishida uchraydi. Tabiiy gips 150 – 1700C da qizdirilganda 3 ∕4 qism suvni chiqarib yuboradi va alebastr
CaSO4∙ 1∕ 2 H2O ga aylanadi. Alebastr muhim qurilish ashyosidir. Gips tibbiyotda gipsli bog’lamlar qo’yish uchun ishlatiladi.
Mis (II) sulfat – CuSO4. Suv bilan mis kuporosi kristallgidratini CuSO4∙5H2O hosil qiladi. Mis kuporosi metallar sirtini mis qoplami bilan qoplashda, qishloq xo’jaligida o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
Temir sulfat – FeSO4∙7H2O. To’q yashil rangli kristall, o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda,turli bo’yoqlar olishda ishlatiladi.
Ishlatilishi.
H2SO4: bo’yoq moddalar olishda, mineral o’g’itlarni olishda, akkumulyatorlarda elektrolit, turli xildagi sulfatlarni olishda, har xil kislotalarni olishda,neft mahsulotlarini tozalashda, portlovchi moddalarni olishda, tibbiyotda, o’simliklarni himoya qiluvchi vositalar olishda ishlatiladi.

Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling