Mustahkamlash:
Kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzing va koeffitsiyent tanlang.
--- + H2SO4 = CuSO4 + ---
NaOH + --- = Na2SO4 + ---
Al2O3 + --- = Al2( SO4)3 + ---
Koeffitsiyentlar yig’indisini hisoblang.
O’quvchilar topshiriqni qanday bajarganligini ekrandagi to’g’ri javob bilan tekshiradi.
Mustaqil ish:
“SWOT-tahlil” usulidan foydalanib sulfat kislotaga ta’rif bering.
Kuchli tomoni Imkoniyatlari
Xavfliligi Zaif tomoni
Ikkala topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchi 1balldan 2 ballga ega bo’ladi.
Xulosalash.
Mana bugungi darsimizda biz sizlar bilan sulfat kislota mavzusi bilan tanishdik.”Texnikada sulfat kislota kabi ko’p ishlatiladigan boshqa, sun’iy ravishda olinadigan moddani topish qiyin, – deb yozgan edi D.I. Mendeleyev “ Osnovi ximii ” kitobida. – Texnikaviy faoliyat qayerda rivojlangan bo’lsa, o’sha yerda ko’p sulfat kislota ishlatiladi. Agar siz o’quvchilar kimyo kursini qunt bilan o’rganib nazariy bilimlaringizni amalda qo’llay olsangiz, ishonamizki, sizni buyuk ishlar kutmoqda. Chunki, har qanday katta - katta ixtirolar ham maktab kimyo darslaridan, kichkinagina probirkalardan boshlanadi.
O’quvchilarni ragbatlantirish.
O’quvchilarning to’plagan ballariga qarab baholari aniqlanadi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. 149-betdagi 2-3- va 4- topshiriqni bajarish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Kimyo 8”. darslik. T. 2014.
2.“Maktabda kimyo ” jurnallari. Ta’limiy jurnal.
3.“O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim”. Tоshkent.2013
Internet saytlari:
1. http://www.intellektual.uz/
2.http://www.gov.uz/
3.http://www.ziyonet.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |