Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars shakli: aralash, zamonaviy, interfaol.
Dars metodi: “Sinkveyn”, “SWOT-tahlil”
Dars jihozi: Sulfat kislota mavzusida yaratilgan elektron o’quv qo’llanma, kompyuter, televizor, slaydlar, kimyoviy jihozlar va kimyoviy reaktivlar: sulfat kislota, rux metali, rux oksidi, mis (II) oksidi, natriy gidroksidi, natriy sulfat, bariy xloridi, shakar, suv, indikator, probirka, shtativ, quruq yoqilg’i, shisha tayoqcha.
Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar
|
Vaqti
|
Tashkiliy jarayon
|
3 minut
|
O’tgan mavzuni takrorlash
|
7 minut
|
Yangi mavzuni o’rganish
|
20 minut
|
Mustahkamlash
|
12 minut
|
Yakunlash
|
3 minut
|
Dars davomida yig’iladigan ballar:
1.Uyga vazifani to’gri bajarganligi – 1ball.
2. “Sinkveyn” uslubidan foydalanib, o’quvchilarning o’tgan mavzu bo’yicha olgan bilimlarini aniqlash – 1ball.
3. Darsdagi savol – javoblarga ishtiroki – 1 ball.
4. Mustahkamlash (kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzing va koeffitsiyent tanlang) – 1 ball
5. Mustaqil ish (“SWOT-tahlil” usulidan foydalanib H2SO4 ga ta’rif berish) – 1ball.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism
O`quvchilar bilan salomlashiladi, navbatchi axboroti tinglanadi, davomat aniqlanib, sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, yangi mavzu va uning rejasi, darsning maqsadi va usuli, baholash mezonlari bilan o’quvchilar tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |