Lavozimi: Musiqa madaniyati fani o’qituvchisi


Download 448 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi448 Kb.
#1199440
1   2   3
Bog'liq
Qoraqalpoq xalq cholg\'u-asboblari haqida tushuncha

III Yangi mavzu: Qoraqalpoq xalq cholg’u-asboblari haqida tushuncha.
Rejasi:

  1. Qobiz cholg’u asbobi

  2. Chinqobiz cholg’u asbobi

  3. Alamoynaq cholg’u asbobi

Qobiz cholg’u asbobi qoraqalpoq xalqinining eng qadimgi cholg’ularidan biri. U qozoq, qirg’iz, uyg’ur umuman turkey xalqlarining ko’pchiligida, shuningdek Ukrayn qobizlari (bandura) va shu kabi xalqlarda uchrashadi.
Qobiz o’zining tuzilishi va texnik imkoniyatlari bo’yicha juda oddiy cholg’u asbob. Unga bir juft qilchiq tor tortilgan bo’lib, skripka, g’ijjak kabi kamon yordami bilan chalinadi.
U ko’pincha o’rik, tut, jiyda yog’ochlaridan yasalib, uning grifi bir tarafga bugilgan holda keladi. Qobiz asosiy ikki bo’lakdan gavdasi va dastasidan tashkil topgan. U ko’pincha kvarta intervaliga sozlanadi, tovushining diapazoni bir yarim oktavada bo’ladi.
Qarang: Qobiz kamoni bilan birga ko’rinishi



Chinqobiz-bu cholg’u asbobi ko’pincha ayol-qizlarning eng suyukli cholg’u asbobi bo’lib, uni to’ylarda va ko’pchilik yig’ilgan joylarda chalingan. Chinqobiz juda kichkina, ixcham miniyaturali cholg’u asbobi bo’lib, temirdan ishlanadi. Uning formasi musiqa nishoni bo’lgan “Lira” asbobiga o’xshash. Liraga o’xshagan iymayib kelgan qo’chqor shoxli temirning markaziga yupqa qayishqoq polat til harakatining yordami bilan hamda korpusin chap qol bilan shinqobizning tilin qoqib turib, dam orqali chalinadi. Uning tovushi juda yoqimli bo’lib, o’ziga xos tembrge ega. Chinqobizning o’z oldiga shertiladigan musiqalariga ega. Bu musiqalar hayotda uchrashadigan ayrim ko’rinishlarni obraz shaklida tasvirlashdan iborat. Ulardan “Qarajorg’a”, “Eskak esish”, “Sinsiw”, “Qiz uzatish”, “Yetim qiz”, “G’oz g’anqildisi”, “Atshok” va shu kabilarni qiziqish bilan chalinib kelgan.
Qarang: Chinqobiz cholg’u asbobi

Qoraqalpoq xalqida baxshi-sozandalar juda ko’p taralgan. Ular xalqning quvonchiga quvonch, dartiga malham bo’lgan. Juda ko’rkam chiroyli nolalari orqali insonni o’ziga tortib, aqil-farosat va fikrlash sezimining shakllanishida ko’proq ta’sirin ko’rsatadi, chiroyli tovushli cholg’u asbobi bu – Alamoynaq.
Ayrim manbalarda qoraqalpoq xalqining Alamoynaq dutorining taralgan davri bir qancha bashoratlarga qaraganda, 1680-1690-yillardan boshlangan deyiladi. Ana shu dutorni suyak bilan bezash Genjali usta yashagan davrga to’g’ri keladi degan tahminlar bor.
Qoraqalpoqlarda XV asrninig oxiri XVI asrning boshlarida dutorning juda keng tarqalgan cholg’u asbobi turkumiga kiradi. XV asrning oxiri XVI asr boshlarida qoraqalpoq dutorlari ikki xilda yasalgan. Birinchi turi pardasiz bo’lgan, ikkinchi pardali bo’lgan. Xalqimiz Alamoynaq dutorning ikki xilidan foydalanib kelgan.
Qoraqalpoq xalqining baxshilari Alamoynaq dutorida soz chalganda dutorning qulog’iga bulbul qo’ngan. Xalqimiz dutorni madh etib, shoirimiz I.Yusupov shunday degan edi:
Haslin’ senin ag’ashtandur, Go’ne zamannin’ guwasi
So’yle duwtar so’yle duwtar, Sharqanan’da saz nalasi,
Hawazin’ toli armandur, Berdaq babamnin’ mun’lasi,
Dan’qin’ bayan a’yle duwtar. Dan’qin’ belli duwtar
Alamoynaq dutorining O’rta Osiyo xalqlarining dutorlariga qaraganda ustalar Alamoynaq dutorning ikki xilin ishlab chiqdilar. Birinchisi qazma-o’yma dutor, ikkinchisi qurama dutor dep yuritiladi.
Odatta Alamoynaq qazma dutori tut, o’rik, yog’ochidan yasaladi. Qurama dutor bo’lsa bir necha shakl bo’laklardan, qovun shaklida bo’ladi.
Dutor dastasida 12, 13, 14 parda qoyning ichagidan tayyorlanib o’ralgan va u xromatik tarzda tuziladi. Dutorga taqiladigan tor ipak va simnan tortiladi.
Qarang : Alamoynaq dutor cholg’u asbobi

  1. Qazma dutor 2) Qurama dutor


IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash :
Musiqa tinglash: “Gulpaq”, “Qarajorg’a”, “Muhalles”

“Gulpaq” Qoraqalpoq xalq kuyi





Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling