Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


II-BOB. ANTIK DAVR O„RTA OSIYO SHAHARLARI


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

II-BOB. ANTIK DAVR O„RTA OSIYO SHAHARLARI 
 
1. Ilk antik shaharlar. Shaharlar rejasida dual tuzilmalarining aks etishi 
 
“Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar” va “Yalpi qurilishli
manzilgohlar”, turar joylar-manzilgohlarning dastlabki shakllaridir. Ular urug„dosh 
qabila munosabatlarining yer egaligi aristokratiyasi shakllanishi yuz bergan urug„-
jamoa ichida sinfiy bo„linish belgilangan pog„onasi uchun xarakterli. Bu jarayon 
murakkab tarzda va sekin davom etgan. Hunarmandchilik va dehqonchilikni
birlashtiruvchi jipslashgan sharqiy jamoalar turli davlat birlashmalari tarkibiga 
kirgan holda ming yillar davomida mavjud bo„lgan. 
Arxaik ibtidoiy-jamoa an‟analari kuchli markazlashgan davlat hokimiyatiga 
ega ibtidoiy harbiy demokratiya bilan birlashib, g„ayrioddiy barqarorlikka erishdi. 
Bu davlat hokimiyatining muhim vazifalaridan biri O„rta Osiyo iqlim sharoitlarida 
zarur bo„lgan keng irrigatsion tizimni yaratish va doimiy qo„llab quvvatlashdan 
iborat bo„lgan. Bundan tashqari, urug„larning ajralish davri o„z hududini himoya 
qilish zaruratidan kelib chiqqan ularni birlashtirish jarayoni bilan bog„liq. Vaqt 
o„tishi bilan mudofaa inshootlari-devor va minoralar yuzaga keldi. Shahar tipidagi
manzilgohlar yaratish uchun zamin paydo bo„ldi. “O„z tosh devorlari, minoralari 
va kunguralari bilan tosh yoki g„isht uylarni o„rab turgan shahar, qabila yoki 
qabilalar birligining markazi qilingan; qurilish san‟atidagi ulkan taraqqiyot, ammo 
shu bilan birga ko„payib boruvchi xavf va himoyaga ehtiyojning belgisi”. Bu 
so„zlarni O„rta Osiyoga ham tegishli deyish mumkin. 
Aholining bir joyda joylashishi va aholisi zich yashash joylarining tashkil 
bo„lishiga, shuningdek, hunarmandchilik va savdoning mamlakat ilg„or viloyatlari 
bilan iqtisodiy aloqasi orqali mustahkamlangan rivoji yordam berdi. Eramizgacha 
VI-V asrlardayoq rivoyatlarga ko„ra, Kir O„rta Osiyoda katta aholiga ega yettita 
shaharga asos solgan. Ulardan asosiysi Ku-reshata-Kiropolis (O„ratepa) bo„lgan. 
Baqtriya Ahamoniylar monarxiyasining yirik shahriga aylangan. Marg„iyona va 
Maroqanda (bo„lajak Samarqand) muhim aholi punktlari hisoblangan. Bu haqiqiy 
ma‟noda qal‟a devorlariga, sitadel va bozorlariga ega bo„lgan shaharlardir. 


31 
Eramizgacha IV asrda mustaqil hukmdorlar bilan boshqariluvchi erkin 
davlat bo„lgan Xorazm hududidagi bir necha qadim shaharlar bizning kunlargacha 
xaroba holda saqlangan. Xorazmning madaniy hayoti yorqin o„ziga xoslik va 
mustaqillik qirralariga ega bo„lgan. Qadim Xorazmning kichikkina shahri-Jonboz 
qal‟a, Amudaryo o„rta oqimining o„ng sohilida joylashgan. U kushonlar davrida 
(eramizgacha IV-eramizning III asri) paydo bo„lgan, ammo o„z tuzilishida ma‟lum 
darajada o„tgan davrlar arxaik elementlarini saqlab qolgan. 
“Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”ning rejaviy g„oyasi bu yerda 
ikki qavat qal‟a devori tuzilishida namoyon bo„lgan; faqat arxaik davrda turar 
joylar bo„lgan tashqi va ichki devor o„rtasidagi oraliq yopib tashlangan va devor 
bir butun yaxlitlikni tashkil qiladi. Yuqoridagi qo„shqavatli qism katta o„lchamli 
g„ishtdan (40x40x9sm) terilgan. Shinaklar shaxmat tartibida ikki qatorda 
joylashtirilgan, ular orasidagi masofa 1,2 m atrofida bo„lgan. Ma‟lum oraliqlardan 
so„ng- 40 dan 60 sm gacha uch qatorli shinaklar joylashgan: ikki yon tomondagisi 
diagonal bo„yicha ikki tomonga yo„naltirilgan, markaziysi esa - to„g„ri joylashgan. 
Bu bo„lajak minoralarning boshlanishi. Qo„shaloq devorlar balandlik bo„yicha 
shinaklar orasida, chamasi yog„och to„sinlarga asoslangan tekis qoplama bilan ikki 
qavatga bo„lingan. Shimoli-g„arbiy devorda kirish-labirint tarzda bo„lgan. 
“Yalpi qurilishli manzilgohlar”ning rejaviy g„oyasi labirintning kirish 
darvozalaridan shaharning qarama-qarshi chekkasi “olov uyi”ga olib boruvchi 
taxminan teng o„tish yo„li bilan ajratilgan ikki jamoa turar joy guruhlari- 
kvartallarda o„zining aniq aksini topgan. 
Bir necha kichik hovlilargina hech qanday qurilmalarsiz qoldirilgan. Har bir 
massiv o„zaro bog„lanuvchi nisbatan kichik ko„p sonli xona (150-200)lardan 
tashkil topgan.
Shuni taxmin qilish mumkinki, har bir turar joy massivida qarama-qarshi 
joylashgan massiv urug„lari guruhidan farq qiluvchi, o„zaro qarindoshchilik bilan 
bog„langan guruhlar joylashgan. Bunda dual (dualizm- dunyoning negizi materiya 
bilan ruh deb biluvchi idealistik falsafiy ta‟limot) tuzilma, ya‟ni qabilaning ikki 
dastlabki urug„ga bo„linishi namoyon bo„ladi. X asrga tegishli va o„sha davrda 


32 
O„rta Osiyo hamda Eronning ba‟zi shaharlari ikki qismga bo„linganligini qayd 
qiluvchi ma‟lumotlar saqlangan. Ularning aholisi o„zaro diniy dushmanlikda 
bo„lgan. Ularda Gurgon, Marv, Nisa, Abiverda haqida eslatiladi. Samarqand va 
Balxda ham shunday holat qayd etiladi. Nishapur va Seraxsda diniy kurash ikki 
musulmon mazhabi orasidagi musobaqaning yangi ifodasini oldi. Xitoy manbalari 
Farg„onadagi xuddi shu holat haqida ma‟lumot beradi. Dual tuzilmasi qoldiqlari 
turkman qabilalari tuzilishida ham qayd etilgan. 
Dorgon - IX-XI asrlarda arab geograflari tomonidan yodga olingan 
Amudaryoning chap sohilidagi shahar. Uning umumiy maydoni 8 gektarga yetgan. 
Tashqi devorlar uzunligi bo„ylab 20 dan ortiq saqlanib qolgan to„g„ri burchakli va 
aylanali minoralar mavjud. Shahar ichki devor bilan deyarli teng ikki qismga 
bo„lingan. Shaharning sharqiy qismida, feodal va savdogar aslzodalarning 
taxminiy yashash joyida, ehtimol, Maqdusiy (X asr) yodga olgan jome masjidi 
bo„lgan. 
Shaharning devor yoki o„tish yo„li bilan ikki qismga bo„linishi- chuqur 
arxaizm va ibtidoiy jamoa an‟analarining mustahkamligini xarakterlovchi mahalliy 
holat. Bu bilan qator O„rta Osiyo shaharlarining o„ziga xos xususiyati belgilanadi. 
Feodalizm davrida bu turdagi shaharlarda shaharning u yoki bu yarmi (masalan, 
Yugontepada-g„arbiy, Dargonda-sharqiy) sitadel rolini o„ynagan. Chermanyob 
arig„i sistemasidagi Amudaryo chap qirg„og„ida joylashgan Qal‟aliqir manzilgohi 
Jonboz qal‟a bilan bir tipli va bir vaqtdagi manzilgoh hisoblanadi. Joy rel‟yefi 
qal‟a burchaklaridan birini kesishga majbur qilgan va uning shakli uchburchakka 
yaqin ko„rinishni olgan. Jonboz qal‟adan farqli, qal‟aga kirish oldida tarhi aylana 
shaklida bo„lgan ibodat binosi joylashgan. Turar joy guruhlarining bo„linishini 
kuzatishning iloji yo„q. Umumiy qirralarni biz O„rta Osiyoning bizga ma‟lum 
bo„lgan boshqa antik shaharlarida ham topamiz (asosan Xorazmda). Sulton-uiz-dag 
tog„ yon bag„irlaridagi Govur qal‟a, bir-biriga yaqin joylashgan minoralar va 
uzluksiz shinaklarga ega qo„sh devorlarning xuddi shu tuzilishiga ega. Devor 
ichida inshootlarning ozgina qoldiqlari saqlangan. Ularda chamasi dual tuzilmasini 
namoyon qiluvchi binolarning ikki guruhi qayd etiladi. 


33 
Guldursun-antik davrda asos solingan kichik shahar, o„rta asrlarda qayta 
qurilgan va o„zining tashqi ko„rinishi va mudofaa shakllari bo„yicha XII asrga 
tegishli. Ammo tarhiy asosi, qal‟a devorining eski saqlangan qoldiqlari xarakteri, 
kirish darvozalari qarshisidagi devor yonida joylashgan qandaydir, chamasi jamoat 
binosi qoldiqlari o„tmishda markaziy o„tish joyining mavjud bo„lganligini taxmin 
qilish imkonini beradi va antik davrdagi tipik ko„rinishni namoyon qiladi. 
Qoraqum uzoq cho„llaridagi Shox Sanam qal‟asi kushonlar davrida barpo 
etilgan. Uning tarhiy sxemasi Bozor qal‟a shahri sxemasini eslatadi, u haqida 
quyida gapiriladi. U yerdagi kabi qal‟ada ham sitadel kirish darvozalari yaqinida, 
shimoliy burchakda, kirish o„qi bo„ylab mahobatli bino turibdi, shu bilan birga 
Shox Sanamda bino qal‟a markazida bo„lgan, u vaqtlarda Bozor qal‟a kabi u kirish 
qarshisidagi devor oldiga surilgan. O„rta asrlarda qal‟a umuman qayta jihozlangan 
edi va uzoq vaqt Xorazm chegaralari himoyasi uchun xizmat qilgan. 
Xorazmning antik manzilgohlari ichida o„z o„lchamlari bilan Bozor qal‟a 
shahri ajralib turadi. Uning maydoni 30 ga yaqin. Burchak 1 ga maydondagi sitadel 
bilan egallangan. Shaharning kirish darvozalari janubiy devor o„rtasida, sitadelga 
kirish - g„arbiy devorda joylashgan. Tarhda oval shaklidagi qal‟a minoralari 50 m 
oraliqda joylashgan. Uchli shinaklar uzluksiz chiziq bilan devor va minoralarni 
chirmab olgan, ularning shakli va tuzilishi antik davr uchun xosdir. 
Devor ichidagi qurilmalar qoldiqlari shunchalik ahamiyatsizki, ular asosida 
shahar rejasini ham tiklab bo„lmaydi. Faqat janubi-g„arbiy devor sistemasidagi, 
chamasi jamoa-ibodat vazifasidagi yirik binolar vayronalari ajralib turadi. U qal‟a 
darvozalari qarshisida joylashgan va boshqa antik to„g„ri burchakli shaharlar 
o„xshamalari bo„yicha darvozadan bu binoga o„tgan shahar asosiy ko„chasining 
yo„nalishini taxmin qilish mumkin. Ehtimol, shaharda bir necha urug„dosh 
guruhlar birlashgan bo„lgan, ular asta-sekin katta oilali jamoalarga ajralgan. 
Shuning uchun turar joy guruhlari-jamoalarni ajratuvchi ko„ndalang ko„chalar-
o„tish joylari bo„lganligini taxmin qilish mumkin. 
Taxminan manzilgoh markazida kulolchilik ustaxonalari qoldiqlari topilgan
bu yerda, hunarmandlar yashagan.


34 
Shunisi xarakterliki, sitadelda muhim qurilmalar qoldiqlari yo„q va umuman u 
yerdan doimiy foydalanganliklari dargumon. Bu, ko„proq biror xavf vaqtida 
aholining berkinadigan va diniy marosim majlislari o„tadigan, manzilgohning 
mudofaa qismi bo„lgan. O„rni va vazifasi bo„yicha - bu Jonboz qal‟aning o„ziga 
xos keng tarqalgan “olov uyi” yoki arxaik manzilgoh - “tepa”larning yo„laksimon 
xonalari. Boshqa tomondan, Bozor qal‟aning sitadelini Ayoz-qal‟a bilan taqqoslash 
mumkin. U yerda ham, bu yerda ham qal‟aga hech kim joylashtirilmagan va uning
o„rtasi bo„sh qolgan.
Bozor qal‟a shahri rejasida Jonboz qal‟ada ham, Qal‟aliqirda ham qo„llanilgan 
jamoat binolari joylashuvining ikki usuli birlashuvini faraz qilish mumkin. Asosiy 
ko„cha oxirida, kirish darvozalari qarshisidagi devor yonida yirik bino joylashgan, 
chamasi - hukmdor qarorgohi; asosiy darvozadan chetda, ularga bevosita yaqin 
joyda sitadel va ibodat yig„ilishlari joyi joylashgan. Saqlangan bo„laklarni alohida-
alohida solishtirganda va taqqoslaganda antik davr O„rta Osiyo shahrining 
umumiy me‟moriy-rejaviy sxemasi oydinlashadi. Siyosiy jihatdan bu shaharlar 
alohida jamoalar kabi, rayon-rustaklarni boshqaruvchi markaziy mudofaa 
punktlari kabi namoyon bo„ladi. Bu yer - hukmdorlarning qarorgohi bo„lgan. 
Ibodat marosimlarida asosiy o„rin o„ynagan hukmdor-kohinlar hakida gapirish 
mumkin. Hamma, hattoki anchagina oddiy shaharlarda asosiy bino-ibodat joyi, 
ko„pincha hukmdor-kohinning qarorgohi ham bo„lgan. 
Shahar tomonidan boshqariladigan tuman-rustak ba‟zida juda keng va 
dehqonchilik vohasini ko„chmanchi sahrodan qo„riqlovchi uzun devorlar bilan 
himoyalangan, shu bilan birga bu devorlar darvozalarga ega bo„lgan, ulardan 
ko„chmanchilar o„z mollarini voha-rustakda yashovchilarning dehqonchilik va
hunarmandchilik mahsulotlariga almashtirish va sotish uchun ichkariga kirganlar. 
Bu vaqtdagi O„rta Osiyo shahri qadim O„rta Osiyo iqtisodining ikkala asosiy 
tarmog„i - sahrolarning chorvachilik xo„jaligi va vohalarning dehqonchilik 
xo„jaligi orasidagi bog„lovchi zveno sifatida muhim darajada rivojlandi. Bu bilan 
feodalizmgacha bo„lgan O„rta Osiyo shaharlarida savdoning o„ziga xos rivoji 
izohlanadi. Keyinroq rivojlangan va O„rta Osiyo shaharlari iqtisodida katta o„rin 


35 
egallagan tranzit savdo, ma‟lum darajada O„rta Osiyo shaharlari ravnaqi va 
farovonligini ta‟minlagan ayirboshlashning bu asosiy tarmog„iga faqatgina 
qo„shimcha hisoblanadi.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling