Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


 Markaziy turar joy inshooti - ko„shklar


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

4. Markaziy turar joy inshooti - ko„shklar 
 
Ko„shkning rejasi va me‟morchiligi jamoa-urug„ turar joyi - “yalpi qurilishli 
manzilgohlar” an‟anasidan kelib chiqqan. Qo„narli qal‟a, Jildik, Ayoz qal‟a kabi 
qadimgi Xorazm manzilgohlari – ko„shklarning bevosita o„tmishdoshlaridir. 
Ammo ularning o„xshashlik qirralari bilan bir qatorda tafovut qirralari ham 
mavjud. Ular, eng avvalo, inshoot o„lchamida, uning ichki rejasida, asosining 
qurilishida aks etadi. 
Dastlabki uylar butun bir urug„ni sig„dirgan, keyingilari faqat katta oila 
boshlig„i yoki uning yaqin qarindoshlarining turishiga mo„ljallangan. Turar joylar 
shuning uchun dastlabkilaridan o„lchamlari jihatidan sezilarli darajada kichik. 
Masalan, kushon davri turar joylari tarhda 2400 m
2
, 750 m
2
( Ayoz qal‟a), 500 m
2
gacha (Parfiya shahri Xatraning kichik saroylari). Berkut qal‟a ko„shklari tarhda 
450 m
2
dan (Teshik qal‟a) 200 m
2
gacha. 
Ilk turar joylar (V-VI asrlar)ning keyingi (VI-VIII asrlar) lardan muhim farqi 
ular asosining tuzilishidadir. Ilk davrlarda ko„p oilali turar joylar (Ayoz qal‟a, Qizil 
qal‟a va boshqalar) nisbatan kichik balandlikdagi monolit sokolda bunyod etilgan. 
Ular bilan Berkut qal‟a vohasining ko„shklari, Zarafshon yuqori qismidagi Mug„ 
tog„idagi qal‟a va qadim Termiz rabodidagi qal‟a genetik bog„langan, ularning 
asosi yer sathi bilan to„g„ri keladi. Ular birinchi qavatda ikkinchi qavat tarhini 
takrorlovchi umumiy qurilmalarga ega. Boshqa hollarda sokol ancha baquvvat va 
baland bo„lgan, qubbali yo„laklar sistemasini tashkil qiluvchi asosiy yashash 
xonalari esa shu sokolning yer ostidagi qismida bo„lgan (masalan, Qizil qal‟a va 
Jildik-qal‟a). Yuqorigi qavat - bu yo„lak bilan yoki jangchilar uchun xonalar bilan 
chegaralangan tekis tom maydonidan iborat bo„lgan. Ba‟zida tomda uning bir 


58 
qancha qismini egallovchi qurilma paydo bo„lgan (masalan, Toshkent yaqinidagi 
Oqtepa). 
Keyingi bosqichda (VI-VII asrlar) hamma xonalar ikkinchi qavatda 
joylashtirilgan, birinchi qavat esa yaxlit monolit sokolga aylangan. Masalan, 
Berkut qal‟a vohasida yashash xonalari istesno tariqasida, bir necha metr 
balandlikdagi yalpi baquvvat sokolda bunyod etilgan ikkinchi qavatga 
ko„chirilgan. 
Shunday qilib, turar joy-qal‟alar, ularni bunyod etish vaqti va joyiga qarab 
o„z fortifikatsion tuzilishini o„zgartirgan, ammo yagona reja qoidalarini saqlagan. 
Bu yagona qoida chegaralarida kompozitsion o„zgarishlar va mukammallashuvlar 
bo„lgan. Turar joy-ko„shkda chamasi katta oila uyushmasi ichidagi turmush 
talablari sababli kelib chiqqan ichki xonalar taqsimotidagi murakkablashuvlar 
mo„ljallanganligi keyinchalik yanada yaqqolroq namoyon bo„ladi. 
Ilk o„rta asrlar turar joyi tarhi yana ham oddiyroq - uning maydoni tor 
yo„laksimon xonalarga ajratilgan. Bu qadimgi usul ustki qoplamani 
joylashtirishning oddiy yo„li bilan belgilangan. U ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi 
va VIII asrda ham So„g„dda mavjud bo„lgan, ancha uzoq va borish qiyin bo„lgan 
tumanlarda (masalan, Shimoliy Eronning tog„li rayonlari) oxirgi vaqtgacha mavjud 
bo„lgan. 
Namunalar sifatida O„rta Osiyoning turli rayonlaridagi yo„laksimon rejali 
qator uylarni keltiramiz. Ularning har birida, tarhning oddiyligiga qaramay, o„z 
xususiyatlari bor. Masalan, Zarafshon yuqori qismining Mug„ tog„idagi so„g„d 
turar joyi hovli tomondan g„arbiy devor bo„ylab ketgan ko„ndalang yo„lakli to„rt 
xonaga ega. Tashqi devor, chamasi, ochiq ravotaklar qatorini tashkil qilgan. 
Inshoot bir xil tarhdagi ikki qavatga ega bo„lgan. Faqat birinchisi saqlangan,
ikkinchi qavat bo„lganligini faqat fahmlash mumkin. Ikkinchi qavatga pandus olib
chiqqan. 
Qadim Termiz rabodidagi “qat-qat burmali” bino ham ikki qavatga ega 
bo„lgan. Xonalar yo„laklarining o„rtasidan ko„ndalang o„tish joyi kesib o„tgan. 


59 
Tashqi devorlar yarim ustunlar bilan bezatilgan. Bino vayrona ahvolda yetib 
kelgan va uni aniq rekonstruksiya qilishning iloji yo„q. 
O„rta Osiyoning qarama-qarshi etagi Yettisuvda qadimgi shahar Sarig„ 
yaqinida so„g„d turar joyi qazib topilgan. Bu yerda ham perpendikular o„tgan 
yo„laklar bilan kesishgan parallel tor xonalar sistemasi mavjud, faqat bu yo„lak 
Termizdagi binoga nisbatan xonalardan ancha ajratilgan. 
Rekonstruksiya qilingan sosoniylar turar joyi oldingilaridan shu bilan 
farqlanadiki, bu yerda yo„laksimon xonalar hali ham ko„ndalang devor bilan 
bo„lingan. Bundan tashqari, uyning yon tomonlaridan biri ochiq galereyani tashkil 
qilgan. Bu sosoniylar uyi, tarhining shakli bo„yicha bir tipli yo„laksimon 
xonalardan “kirish xonasining, birlashtiruvchi yo„laklarning ajratilganligini va 
xonalarning kattaligi va vazifasi bo„yicha taqsimlanganligini ko„rish mumkin 
bo„lgan” murakkabroq tarhli binolarga o„tish hisoblanadi. Buxoro vohasidagi 
Kampir-devor mudofaa devori sistemasidagi Ganchxona-tepa qo„rg„oni ham 
shunday. Qo„rg„onning janubiy chekkasida, hozirda umuman shaklsiz ahvoldagi 
burj qoldiqlari ko„rinadi. Turar joy qismi bo„laklar holida saqlangan yo„laksimon 
galereyalar va murabba xonalar guruhidan tashkil topgan, ammo ularga ko„ra 
butun tarh sxemasi haqida mulohaza qilish mumkin. Bu yo„laksimon xonalarning 
umumiy guruhidan ajratilgan kichik kvadrat burchak xonalar mudofaa 
qo„rg„onlarida, karvonsaroylarda va shu davr xonaqohlarida mustahkamlangan 
ko„rinishda mavjud bo„lgan burchak burjlarining timsoli bo„lib xizmat qiladi. 
Berkut-qal‟a vohasining ko„pgina ko„shklari shunday.
Teshik-qal‟a qo„rg„oni ko„shki ancha keng. Uning tarhi aniq ishlab chiqilgan. 
Kirish yo„lagida uchta eshik bor: chapdagisi xizmatkor xonasiga va qurollangan 
qorovul xonasiga, o„ngdagisi-chamasi, tepasida naqshinkor frizli faxriy joyni 
tashkil qiluvchi, ikki pilon bilan hoshiyalangan kamgakli xo„jayinning qabul 
xonasiga olib boradi; uchinchi eshikdan tashrif buyuruvchi markaziy kvadrat 
xonaga kirgan, uning atrofida ichki xonalar guruhlashgan. Ulardan bir qismi 
yashash xonalari, qolganlari xo„jalik vazifasidagi xonalar bo„lgan. 


60 
Ancha vayrona ahvoldagi va kam o„rganilgan Yakka-parson ko„shkidagi 
xonalar taxminan xuddi shu tur bo„yicha loyihalashtirilgan. Bu yerda ehtimol, 
markaziy xonaning alohida ahamiyatini ta‟kidlash mumkin. Ko„shk tarhi ikki 
elementdan tashkil topadi - markaziy gumbazli xonadan va uning atrofida 
guruhlashgan turli kattalikdagi to„g„ri burchakli qubbali xonalardan.
Yakka-parson - bir necha yuz yillar davomida deyarli o„zgarishlarsiz mavjud 
bo„lgan hamma yerda keng tarqalgan O„rta Osiyo tipik ko„shki. Qadimgi Marv 
rayonida qator binolar - shu prinsip bo„yicha loyihalashtirilgan turar joy qal‟alari 
saqlangan. Burchak va o„rta xonalar tarhning ikki o„zaro perpendikular o„qlarini 
alohida namoyon qilgan.
Yashash va xo„jalik xonalari bilan bir qatorda ko„shk ba‟zida madaniy 
xarakterdagi xonalarni ham o„z ichiga olgan. Masalan, Berkut qal‟a vohasidagi 
qal‟a maxsus bir qavatli gumbazli qurilma bilan murakkablashtirilgan. 1938 yilda 
professor S.Tolstov inshootni o„rganib chiqib, zoroastrizmning dafn etish 
marosimi bilan bog„liq ibodatxonasi sifatida tadqiq qiladi. Gumbazli xonaning 
oddiy to„g„ri burchakli xonalar sistemasiga anchagina uzviy kirib borishini biz 
qadimgi Termiz vayronalarining Surxon oldi guruhi xom g„ishtli binosida 
kuzatamiz. Bu yarim vayrona bino tarh shakliga ko„ra xonaqohni, ya‟ni keluvchilar 
uchun uyni namoyon etadi. Unda odatda ibodat joyi oldida ziyoratchilar to„xtagan. 
Uning tarhi geometrik markazidan birmuncha surilgan gumbazli qismi yordamchi 
xonalar bilan o„ralgan va ular bilan birgalikda ixcham guruhni tashkil qiladi. 
Tashqi eshikdan asosiy xonaga olib boruvchi kirish yo„lagi alohida ajralib turadi. 
O„rta Osiyoning qarama-qarshi chekkasi - Tyan-Shan etaklarida, Yettisuvdan 
Qashg„arga boruvchi yo„lda joylashgan Toshrabod karvonsaroyi bu turdagi 
tarhning rivojlangan ko„rinishi hisoblanadi. Termizdagi binoga nisbatan bu yerda 
markaziy gumbazli xona atrofida to„g„ri burchakli xonalarning soni ko„paygan. 
Hatto xonalarning ikki guruhi haqida gapirish ham mumkin. Birinchisi, bu yashash 
xonalari - asosiy yo„lakka perpendikular yo„nalgan yon yo„lakchalarga tutashgan 
markaziy kirish yo„lagi ikki tomonidagi hujralar. Ikkinchisi, yordamchi xonalar 
bilan bir-biriga kesishuvchi o„qlar bo„ylab joylashgan ochiq ayvonlarga ega 


61 
gumbazli zal. Bu murakkab tuzilishda me‟morga bir binoda turli xil xonalarning 
birlashuvining tarhiy-kompozitsion bog„lanishi vazifasini hal etishga to„g„ri 
kelgan. Bunday usul Toshrabodda paydo bo„lgan va rivojlangan bog„lovchi 
yo„lakni talab qiladi. Bittasi, bo„ylamasi, kirish peshtoqidan gumbazli xonaga olib 
boradi, boshqasi, ko„ndalangi, xonalar guruhlarini markaziy xona atrofida ajratadi. 
Bino o„lchamlari kattalashishi bilan ajratuvchilardan tashqari, shuningdek aylanma 
yo„laklarga ham ehtiyoj paydo bo„lgan. 
Yashash xonalari va burchak qo„rg„on burjlarini birlashtiruvchi aylanma 
yo„lak rejaviy motivini Oqtepa manzilgohida qayd etish mumkin (Yangiyo„l). 
1940 yildagi arxeologik izlanishlar asosida inshoot tarhi haqida mulohaza qilish 
mumkin. 
Turar joy massivi tomonlari to„rttala tomonga yo„nalgan va burchaklarida 
burjlari bo„lgan to„g„ri to„rtburchakka joylashtirilgan. Qazilmalarda faqat binoning 
bir qismi ochilgan va shuning uchun uning maydoni faqatgina taxminan 0,45-0,50 
gektar bo„lishi mumkin. Uyning shimoli-g„arbiy tomoniga 100x40 metrli noto„g„ri 
cho„ziq to„g„ri to„rtburchak ko„rinishidagi hovli tutashgan. U yerda bevosita 
hovlini o„rab turuvchi keng qo„rg„on devori yonidagi yashash xonalarining 
devorlari topilgan. 
Asosiy inshoot katta bo„lmagan tabiiy tepalik ustida bunyod etilgan va ikki 
qavatga ega. Tarhda yuqorigi qavat birinchi qavat maydonining 1/4
qismini 
egallaydi va u janubi-g„arbiy burchakka surilgan. O„rab turuvchi yuqorigi devorlar
o„pirilgan va buzilib ketgan. Pastki qavatda uzunasiga qo„riqlovchi burchak 
burjlar, ichki tor yashash va xo„jalik xonalarini birlashtiruvchi aylanma galereya 
mavjud bo„lgan. O„zaro tuynuklar orqali birlashtiriluvchi baquvvat paxsa devorli 
uchta xona aniqlangan. Aylanma yo„lakni Jildik qal‟a (qadimgi Xorazm) 
manzilgohida ham kuzatish mumkin.
Honaqohda - Toshrabot karvonsaroyida kesishuvchi yo„laklar tarhiy sxemasi 
inshootning ikkinchi yarmi gumbazli markaziy xona bilan egallanganligi sababli 
birmuncha noraso qolgan. Ammo xochsimon yo„nalgan yo„laklarga ega tarh yirik 
binolar uchun qulay va hayotiy bo„lib chiqdi va O„rta Osiyoda ko„p asrlar 


62 
davomida saqlanib qoldi. VI asrlarga tegishli Qirqqiz (qadimgi Termiz 
vayronalarining Surxon oldi guruhi) turidagi binolarda u tugallangan va 
rivojlangan ko„rinishni olgan. 
Eski Termizdagi Qirqqiz - tarhda burchaklarida hamma yog„i berk burchak 
burjlariga ega murabbani tashkil qiluvchi qal‟adir. Har bir to„rttala devor o„rtasida 
ravoqlarga ega peshtoq timsolidagi taxmonlar ko„rinishidagi kirish joyi mavjud. 
Markaziy gumbazli xonaga olib boruvchi kirish yo„laklari uch qismga bo„lingan: 
tashqi taxmon, o„rta maydon va markaziy xonaga ochiluvchi ichki taxmonga
uning burchaklarida xonalarga olib boruvchi to„rtta ichki yo„lak boshlanadi. 
Yo„laklar ikki qavatga, qolgan xonalar bir qavat balandligida. Yo„laklarning 
qubbali qoplamalari 30x30x5,5 sm o„lchamli xom g„ishtdan gumbaz qolipisiz qiya
bo„laklar bilan bajarilgan. Xonalarning ko„pi to„g„ri burchakli, taxminan bir xil 
o„lchamli, qubbalar bilan yopilgan va tarz yoki ichki yo„laklarga qaratilgan kichik 
derazalar bilan yoritilgan. Xonalarning bir qismi umuman derazasiz. Janubi-
sharqiy burchakdagi xonalardan biri devorlarga va uchta baquvvat ichki 
ustunlarga tayangan tutash qubbalar bilan yopilgan katta zalni tashkil qiladi. 
Shubhasiz, bu ijtimoiy vazifadagi xona bo„lgan. 
Ichki bezak juda oddiy. Binoning butun me‟moriy mohiyati xonalarning 
kontrast almashinuvi, qoplamalarning konstruktiv taassurotini o„z ichiga oladi. 
Binoning tashqi ko„rinishi ham oddiy. Devorlarning qalin massivi o„qlar bo„ylab 
kirish joylarining chuqurchalari bilan turlangan va burchaklarda burjlar bo„rtig„i 
bilan mustahkamlangan. Deraza tuynuklari hech qanday ritmik aloqasiz, tasodifiy 
joylashtirilgan. Ularning soni va kattaligi ahamiyatsiz, tashqi devorlarni tashkil 
qilishda ular hech qanday ahamiyatga ega emas. Bino, ehtimol, kungurador 
parapetlar bilan tugatilgan. Uning hech qanday qoldig„i saqlanmagan, ammo uning 
mavjud bo„lganligi haqida taxmin qilish mumkin, chunki bunday parapetlar o„sha 
vaqtlar mudofaa devorlarining zaruriy elementi hisoblangan. Bu binoda 
kungurador parapet amaliy ahamiyatga ega bo„lmay, balki unga qo„rg„on 
xarakterini berib, ramziy tasavvurlardan kelib chiqqan holda ishlangan bo„lishi 
mumkin. 


63 
Markaziy yo„laklar bilan bir qatorda bu yerda shuningdek, aylanma yo„laklar 
ham bor, ulardan asosiy gumbazli xonadan yon xonalarga kirish mumkin. Asosiy 
xona o„qlaridagi to„rtta chuqur taxmon o„z kelib chiqishi bo„yicha kushon-parfiya 
saroylarining to„rt ayvoni bilan bog„lanadi. 
Qirqqiz turidagi binolar yakka emas. Mo„g„ullar istilosigacha bo„lgan 
Termizning shahar tashqarisidagi saroylar guruhida qadimgi bino mavjud. Uni
shartli ravishda bu turdagi inshootlarga tegishli deb bilish mumkin. U juda 
buzilgan ahvolda, uning tarhi faqat maxsus qazilmalar natijasida tiklanishi 
mumkin, ammo hozir ham uning Qirqqiz binosi bilan o„xshashligi aniqlanmoqda, 
shundan bu vayrona kichik Qirqqiz nomini olgan bo„lsa ajab emas. 
Islomgacha bo„lgan qator mudofaalangan arablar turar joy binolari-qal‟alar 
tarh tuzilishi bo„yicha Termizdagi Qirqqizga yaqin. Kichik Osiyodagi Al-xaran 
qal‟asi shunday, tarhda murabba shaklida, maydoni bo„yicha Termiz qal‟asidan 
birmuncha kichik, va shuning uchun uncha murakkab emas. Arab qal‟asining 
markaziy xonasi kichik ochiq murabba hovliga aylangan, unga ikki ochiq ayvon 
qaratilgan. 
Yashash xonalari bilan o„ralgan ochiq hovli ilk o„rta asrlar mahobatli turar 
joylari, saroylar va karvonsaroylar tarhlarining muhim qismi hisoblanadi. 
Masalan, Firuzoboddagi (Eron) mashhur sosoniylar saroyi uch qismdan tashkil 
topgan: yon xonalarga ega ochiq peshtoqdan iborat kirish qismi, gumbazlar bilan 
yopilgan tantanali qabul joyi va yashash xonalar bilan o„ralgan ochiq hovli. 
Saroy inshootlarining xarakterli jihati - Parfiya saroylarining ochiq ayvonlar 
an‟anasini davom ettiruvchi bosh tarzdagi mustahkam peshtoqdir. Toqi-qasr 
Ktesifon saroyining peshtoqi ancha ulkan. Bu mahobatli inshootning tarhi uzuq-
yuluq saqlangan va faqat oxirgi vaqtlardagi chuqur tadqiqotgina devorlar va 
poydevorlarning arzimagan qoldiqlari bo„yicha markaziy va yon xonalar
aylanma yo„laklar va baquvvat peshtoqqa ega islomgacha bo„lgan davrlar turar 
joyi-saroyining tipik xususiyatlariga ega binoning asl tarhini rekonstruksiya qilish 
imkonini bergan.


64 
Qadim shahar Tarozdan bir necha o„n kilometr masofada joylashgan 
Yettisuvdagi Aqirtosh nomi bilan mashhur markaziy tarhli bino kishida katta 
qiziqish uyg„otadi. U bizning vaqtgacha vayrona ko„rinishda yetib kelgan va 
chamasi, qurilishi bitmay qolgan bo„lgan. Bu, ehtimol, karvonsaroy, honaqoh va 
balki ibodat binosining birlashuvidir. Murabba shaklga joylashtirilgan 
qurilmalarning butun guruhi ravoqli va xochsimon joylashgan to„rt ayvonli ochiq 
hovli atrofida 3,5 gektardan ortiq katta maydonda yoyilib joylashgan. Binolarning 
asosiy guruhi - bu inshoot kirish qismi oldida juft bo„lib joylashgan to„rt bino, 
ularning har birida xonalar ichki ochiq hovli atrofiga joylashgan. Burchaklarda, 
ehtimol, ombor va xizmat vazifasidagi yo„laksimon xonalar guruhlari mavjud 
bo„lgan. Inshoot alohida guruhlari tarhlari oddiy va arxaik, buni uning madaniy 
markazlardan uzoqligi bilan tushuntirish mumkin. 
Shunday qilib, ilk o„rta asrlar davrida O„rta Osiyo turar joylaridagi kabi 
mahobatli saroylar, karvonsaroylar va honaqohlarda biz qurilishning mamlakatda 
qadimdan belgilangan hamma o„sha ikki asosiy usulini kuzatishimiz mumkin, 
aynan: aralash xonali yalpi qurilishlar usuli va ochiq hovli atrofidagi qurilishlar 
usuli. 
Bu reja sxemalari davr talablari bilan belgilangan yangi mohiyat asosida 
o„zining yangi me‟moriy-tarhiy ifodasiga ega bo„lgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling