Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


 Mustahkam qo„rg„on-ked va turar joy binolari


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

3. Mustahkam qo„rg„on-ked va turar joy binolari 
 
Ilk o„rta asrlar mustahkam qo„rg„on-kedlari me‟moriy-tarhiy jihatdan qanday 
bo„lgan? Bizning kunlargacha saqlangan Xorazm va O„rta Osiyoning boshqa 
viloyatlari qo„rg„onlari ularning qiyofasini tiklash imkonini beradi. Qo„rg„on ikki 
qismga ajralgan: markaziy mustahkamlangan turar joy inshooti - ko„shk-donjon va 
unga tutashgan yashash va xo„jalik xonalariga ega hovli. Turar joy qal‟asining 
dastlabki rejaviy shakli yuqorida ko„rsatilgan edi, ya‟ni uch qator devor bilan 
o„ralgan ko„shk-donjon.
Ko„shkning mustahkam qo„rg„on-ked tarhida markazda joylashuvi ko„p 
hollarda saqlangan. Uni taxminan mustahkamlangan qo„rg„on sifatida yuzaga 
kelgan Buxoro va Afrosiyob sitadeliga tegishli deb bilish mumkin. Tali-Borzu 
ko„shki, bu guruhning boshqa ba‟zi manzilgohlari kabi (masalan, Kofir qal‟a, Jil 
tepa va boshqalar) qo„rg„on hovlisini o„rab turgan devor markazida bo„lgan. 
Berkut qal‟adagi ko„shk va ba‟zi oddiy qo„rg„onlarda xuddi shunday holat, ya‟ni 
ular orasida ko„shk-donjonning markaziy joylashuvini aniq kuzatish mumkin 
bo„lgan 15 taga yaqin qo„rg„onni sanab o„tish mumkin. Ko„pincha, ular tarhda 
to„g„ri to„rtburchak shaklida bo„lgan. Hovli maydoni 0,15-0,30 ga atrofida, turar 
joy maydoni - 15x15 metrgacha. Hovli xizmatkorlarning yashash xonalari va 
xo„jalik qurilmalari bilan o„ralgan. Ancha yaxshi saqlangan qo„rg„onlarda ular 
poydevorlarining qoldiqlari va u yer-bu yerda devorlar qoldiqlari ko„rinadi. Bu 
qurilmalar asosan himoya devorlari bo„ylab ketgan, ular ba‟zida hovli o„rtasini 
ham egallagan. 
Yirik qo„rg„onlar – Qumbosgan qal‟a, Teshik qal‟a va boshqalar ilgari 
qo„rg„onning tashqi devori o„rtasiga tutashgan ko„shklari, keyinchalik qo„rg„on 
kengaytirilganidan keyin va eski devor olib tashlangandan keyin qo„rg„on
markazida bo„lib qolgan. 
Ba‟zida ko„shk sitadelning tashqi devori o„rtasiga tutashgan hollar ham 
uchraydi. Uning assimmetrik holati Arbinjon sitadelida yorqin ifodalangan. 
Xorazm manzilgohlarida u yana ham yaqqol ko„rinadi. Xivada Oqshix bobo 


56 
tepaligi ark-sitadel shimoliy devori sistemasiga kiritilgan; Berkut-qal‟a vohasi 
qator qal‟alari ko„shkning xuddi shunday assimmetrik joylashuvi namunalarini 
beradi. Berkut qal‟a rayonida ko„shk qo„rg„on markazidan devor o„rtasiga o„tgan, 
yaxshi saqlangan 15 tadan kam bo„lmagan oddiy qo„rg„onlarni keltirish mumkin. 
Ularning hovlilari yuqorida eslatilgan boshqa qo„rg„onlardagi kabi tuzilgan. 
Ba‟zi yirik qo„rg„onlarda, masalan, Uy-qal‟ada ham ko„shk tashqi devor 
o„rtasida joylashgan. Kichik shaharchaga aylana boshlagan Qumqal‟a mustahkam 
qo„rg„oni (qadimgi Xorazm) ko„shk-donjon joylashuvining xuddi shu sxemasini 
yaxlit aks ettiradi.
Pirovardida, ko„shkning qo„rg„on tashqi devorlari bilan tashkil etilgan 
burchakda yoki sitadel burchaklaridan birida joylashuvi afzal bo„lib chiqdi. Bu 
variant namunalarini O„rta Osiyoning turli joylarida ko„rish mumkin: Buxoro 
vohasida - Varaxsha, Kattaxo„ja eshon, Dingil tepa, Toshkent vohasida - 
Xarashket-xonqa, Xorazmda – Pil qal‟a, nihoyat, Zarafshon yuqorisidagi Mug„ 
qal‟a. Berkut qal‟a vohasi ko„shkning qo„rg„on tashqi devorlari bilan yuzaga 
kelgan burchakda joylashuvining qator yorqin namunalarini beradi.
Hamma ko„rib chiqilgan qo„rg„on-sitadellar variantlari asosan ularning 
o„lchamlari bilan farqlanadi. Dehqon zodagoni qo„rg„onlari rustak oddiy a‟zolari 
qo„rg„onlaridan bir necha barobar katta, ammo ularning rejaviy mohiyati bir xil 
bo„lgan. Bu, ayniqsa, Berkut qal‟a rayon-rustaki namunasida alohida yorqin 
ko„ringan. Qal‟alarning iyerarxiyaga asoslangan bo„linishida katta oilaviy uy 
jamoalariga bo„lingan qachonlardir yagona urug„ jamoasining tabaqalanish 
ifodasini kuzatish mumkin. Ammo bu yerda hali feodal iyerarxiyasi yo„q, chunki 
uning asosi - qishloq qal‟asi mavjud bo„lmagan.
Qo„rg„on-ked obrazi qachonki biz uning hozir butunlay yo„q bo„lib ketgan 
yashil atrof muhitini tasavvur qilganimizdagina tugal holga keladi. Bog„-“bo„ston”, 
gulzor-“bog„”, mevali bog„, kedning odatda zaruriy alomati bo„lgan. Bu haqda 
Narshaxiy arab bosqinchiligi vaqtida Buxorodan uning chekkalariga ko„chib 
ketgan dehqonlar ko„shkini ta‟riflab, guvohlik beradi. 


57 
Bog„ning asosiy yashash joyi – ko„shkni hamma tomondan o„rab turishi 
maqbul hisoblangan, u “chorbog„” deb atalgan. Bu termin keyinchalik dastlabki 
mohiyatidan chetga chiqqan holda keng tarqaldi. Masalan, XVII asrda Isfahondagi 
markaziy shahar chekkasidagi ko„cha shu nomni olgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling