Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Antik davrda O„rta Osiyo me‟morlarining
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
6.
Antik davrda O„rta Osiyo me‟morlarining me‟moriy-rejaviy usullari Antik davr O„rta Osiyo shaharlarini bizning kunlargacha yetib kelgan vayronalarga ko„ra qay darajada muhokama qilish mumkin bo„lsa, u rivojlanishning uzoq yo„lini bosib o„tdi, mustahkam va o„ziga xos an‟analarni shakllantirdi. Aholi joylarining dastlabki shakllarini, “turar joylarga ega devorli manzilgohlar” va “yalpi qurilishli manzilgohlar”ni ularning katta ko„lamliligiga qaramay, shaharlar deb atab bo„lmaydi. Bular faqat uy-qo„rg„onlardir. Shahar deb masalan, shunday manzilgohni shartli atash mumkinki, u yerda hech bo„lmaganda ikki turar joy massivi - qo„rg„on jamoat-ibodat inshooti oldida qal‟a devorlari himoyasi ostida birlashgan bo„lsin. Bu yerda uy-kvartallar, jamoat-ibodat binosi va qal‟a kirish darvozasi-labirint orasidagi o„tish yo„lining yuzaga kelishi shaharning eng muhim kompozitsion-rejaviy nuqtalarini belgilaydi. Arxaik manzilgohlarda uni chegaralovchi devorlar ham bo„lgan (ba‟zida Ko„zali qirdagi kabi ancha mukammal), jamoat binolari ham nazarda tutilgan, 46 ammo devorlar bilan chegaralangan ichki fazo faoliyatsiz, bo„m-bo„sh va uyushmagan bo„lgan. Manzilgoh-“tepa”larga ko„proq turar joy qo„rg„oni nomini tadbiq qilsa bo„ladi. Asosiy massiv - bu bir-biriga tutash, ularni qismlarga bo„luvchi yo„laklarga ega katta yoki kichik darajadagi birlashgan xonalarning yig„indisidan iborat. Asosiy bo„lmagan ko„p xonali uy manzilgohi yoki tuzilishi va joylashishi bo„yicha tasodifiy, yoki asosiy turar joy massivi oldidagi hovlili ko„rinishni namoyon qiladi. Antik davr O„rta Osiyo shaharlariga hamma vaqt o„ziga xos katta ko„lamdagi turar joy massivi sifatida qarab kelingan. Shundan uning uzoq vaqt mobaynida o„zgarmay qolgan tarhiy prinsiplari kelib chiqqan. Uning rejasiga katta oilali turar joy qo„rg„on-uylarda ko„zda tutilgan va ishlab chiqilgan usullar olib o„tilgan. Tabiiy savol tug„iladi, Jonboz qal‟a shahrining turar joy qismi nima, o„rtasidan markaziy o„tish yo„li bilan bo„lingan va qal‟a devorlari uzunligi bo„ylab ikki tomoni ochiq o„tish yo„li bilan chegaralangan yalpi turar joy massivimi? Tuproq qal‟a rejasining murakkablashuviga qaramay, uning tarhiy sxemasi umuman olganda o„zgarishsiz qolgan. Ehtimol, turar joy massivini ikki emas, to„rt qismga bo„luvchi bo„ylama va ko„ndalang yo„laklarning birikuvini ham ba‟zi arxaik shaharlarda uchratish mumkin bo„lgan va bu vaqtga tegishli saqlanib qolgan O„rta Osiyo shaharlarinnng faqat oz qismigina (u ham bo„lsa Xorazmga tegishli) buni to„liq asos bilan tasdiqlash imkonini bermaydi. Bu arxaik qirralar shu bilan izohlanadiki, O„rta Osiyoda jamoa tartiblari qullik tuzumining rivojlanishiga xalaqit bergan. Qullar sharqda “uy qulligi” bo„lib qolishda davom etgan, ya‟ni qullar mehnati yirik yer egalari, savdogarlar, katta amaldorlar va podsho hovlisining uy ehtiyojlariga xizmat ko„rsatish doirasida qo„llanilgan. Urug„doshlik tuzumi qoldiqlarining Gretsiya va Rim antik jamiyatlaridagi quldorchilik tuzumining anchagina tez va to„liq rivojidan farqli, katta oilaviy, keyinchalik qishloq jamoasi ko„rinishida uzoq saqlanishi qadim sharq xalqlari quldorchilik tuzumining muhim qirrasi hisoblanadi. 47 Qadimgi O„rta Osiyo oddiy inshootlari me‟morchiligi asosan amaliy xususiyat kasb etgan. Jonboz qal‟a shahar-qo„rg„on devorlari bir xil va tekis. Devor yuzasining monotonligi zich joylashgan shinaklarning uzluksiz qatori bilan ta‟kidlanadi. Bu metrik qator ba‟zida uch qavatli shinaklar bilan - bo„lajak jang minoralari timsoli bilan turlanadi. Chamasi, Bozor qal‟a shahri turar joy binolarining devorlari xuddi shunday bir xillik taassurotini qoldirgan, ulardan bizgacha poydevorlarning faqat arzimas qoldiqlari yetib kelgan xolos. Deyarli saqlanib qolmagan Tuproq qal‟a qo„rg„on devorlarining me‟morchiligi, devorlar va minoralar bo„ylab uzluksiz tasma bo„lib o„tgan minorali bo„rtmalarning xuddi shunday bir xil metrik qatorida qurilgan. Ehtimol, devorlar va minoralar kunguralar bilan tugallangan bo„lgandir. Balki, Tuproq qal‟a devorining ichidagi turar joy guruhlarining me‟moriy qiyofasi ham Jonboz qal‟adagi turar joy turidan uning ustida qad rostlagan minoraviy qismlarning borligi bilan farq qilgandir. Turar joy asosiy massivining gorizontal uzunligi va minora balandligining taqqoslanishida O„rta Osiyo katta oilali turar joylarida qo„llanilgan qandaydir dastlabki me‟moriy-kompozitsion usul belgilanadi. Xuddi shunday oddiylik Tuproq qal‟aning muhim inshootlari- uning sitadeli va tutash ravoqli xonalari uchun ham xarakterli. Tashqi shakllar aniqligi bilan bir qatorda saroy-sitadelning ichki hovlilari va tantanavor xonalari O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Xorazm ekspeditsiyasi qazilmalari bilan aniqlanganidek, antik Xorazmning yetuk va noyob badiiy hunarmandchiligi haqida guvohlik beruvchi mahobatli haykalchalar va boy devoriy suratlar bilan bezatilgan. Ravoqli motivning ishlanishi haqida Tuproq qal‟a yaqinida joylashgan kechki kushon qal‟asi Qizil qal‟a bir qadar katta taassurot beradi. Qal‟a tashqi devori bezaklarining qisman saqlangan bo„laklari taxminiy sxematik rekonstruksiya o„tkazish imkonini beradi. Oddiylik va strukturaviylik, kompozitsion aniqlik va arxitektonikaviylik kushonlar-xorazmliklarning bu inshootini xarakterlaydi. Xuddi shu qirralarni ham oddiy, ham saroy inshootlarida qayd etish mumkin. Masalan, Filostrat aytadiki, Taksildagi shoh saroyi boy fuqarolar saroylaridan kam farq qilgan. Saroy devorlari xarsangtoshdan qurilgan va tosh bilan qoplangan, 48 ustunlar ham toshdan ishlangan. Shu bilan birga grek shohlari va Baqtriyadagi saroylarning katta o„lchamdaligi va hashami haqidagi ko„rsatmalar saqlangan. Saroy binolarining boy bezagi haqida shuningdek Xatra va Assuriya (Kichik Osiyo) Parfiya saroylari vayronalari so„zlaydi, u yerda ravoqli motivlar keng ishlangan. Bo„rtma rel‟yeflar ularning devorlari, ravoqlari va karnizlarini qoplagan. Bu borada Termizda topilgan akant yaproqlari orasidagi musiqachilar tasviriga ega ajoyib Ayrtom frizini eslamaslik mumkin emas. Friz qandaydir jamoat yoki ibodat binosiga tegishli, undan bizgacha juda kam qoldiqlar yetib kelgan. Shuningdek Parfiya poytaxtlaridan biri - Nisadagi (hozirgi Turkmaniston respublikasi hududida) markazdagi bog„lam ko„rinishidagi to„rt ustun va devor uzunligi bo„ylab joylashgan yarim aylana pilonlarga ega mahobatli maqbara vayronalarini eslash joiz. Bu yerdan antik palmetkalar va rozetkalar (to„pbarggul shaklidagi bezak) ko„rinishidagi terrakota bo„laklari, valutali (spiral shaklidagi bezak) kapitel qismlari, devorlarning kungurador yuqori qismlari va boshqalar topilgan. O„rta Osiyo hududida ko„rganimizdek juda kam material topilgan. Ularga ko„ra qadim davr O„rta Osiyo me‟morlarining kompozitsion-badiiy uslublari haqida ozmi-ko„pmi to„liq tasavvur hosil qilish mumkin. Xususan Xorazm qal‟a inshootlarining ularning doim ham mamlakatning boshqa joylariga tarqalavermagan juz‟iy qirralari bilan ish ko„rishga to„g„ri keladi. Jamoat binolari turar joy binolariga nisbatan ancha katta bo„lgan, shu bilan birga ular odatda ongli ravishda o„z ahamiyatliligini ta‟kidlovchi sharoitlarga qo„yilgan. Hech nima ular bilan raqobatlashmagan, ularning yaxlitligi va ahamiyatini buzmagan (masalan, Tuproq qal‟aning uch minorali sitadeli, Xatraning saroy guruhi va boshqalar). Bu davrda devor yuzasini me‟moriy ishlashning ikki asosiy usuli topgan - ravoqli va qat-qat burmali. Ular O„rta Osiyoning ancha keyingi inshootlarida keng rivoj topgan. Ravoqli motiv ulkan ochiq ayvonli (ancha keyingi peshtoqlar timsoli) Xatra saroyi kabi inshootlarda to„liq namoyon bo„ladi. U tashqi devor amaliy bezagi sifatida Qizil qal‟ada qo„llanilgan. Devorning qat-qat burmali ishlovini qal‟a devorlarining metrik takrorlanuvchi joylarida kuzatish 49 mumkin. Yarim ustunlarning Assuriyadagi Parfiya saroyining ochiq hovlisida qilinganidek ayvon nishalarini o„rab turgan guruhlarga yaqinlashuvida bu motiv o„zgacha xarakterda jaranglaydi. Ammo, me‟moriy shakl konstruksiyani niqoblagani yo„q. Hatto bezak bilan to„ldirilgan inshootlarda konstruksiya uning ko„pligi ostida yo„qolmagan, dekorativ detallar qurilish shaklidan, bezatish ishlari esa asosiy qurilish jarayonidan ajralmagan. Shuning uchun bizgacha yetib kelgan O„rta Osiyo antik shaharlarining Jonboz qal‟a turidagi oddiy inshootlarida ham, Xatra, Ayrtom, Tuproq qal‟a va boshqa boy bezatilgan jamoat-ziyoratgoh va saroy binolarida ham kompozitsion usullarning birligi insonlarni o„ziga jalb qiladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling