Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Ilk o„rta asrlar O„rta Osiyo me‟morlarining


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

8. Ilk o„rta asrlar O„rta Osiyo me‟morlarining
me‟moriy-rejaviy usullari 
 
Ilk o„rta asrlarning arablargacha bo„lgan O„rta Osiyo shaharlari feodalizm 
yuzaga kelishi sharoitlarida shakllangan. Sitadel va shahristonning o„zaro rejaviy-
kompozitsion joylashuvi ko„shk va ked nisbatlari kabi ma‟lum qoidalarga 
bo„ysungan. Sitadel ko„shk kabi qattiq mudofaalangan va shaharning mustaqil 
qismiga shunday maqsadda ajratilganki, hatto shahar-shahriston yengilganida ham 
uni alohida himoyalash mumkin bo„lgan. Ba‟zida, masalan Buxorodagi kabi sitadel 
hatto shahristondan ajratilgan va u bilan umumiy devorga ega bo„lmagan. 
Sayramda agar uning joylashish o„rni sharqiy darvoza oldidagi Maryambibi 
tepaligida degan taxmin to„g„ri bo„lsa, u holda sitadel shahriston devoridan 


77 
tashqarida bo„lgan. Buxoro vohasining yirik shahri - Romiton sitadeli deyarli 
batamom shahriston devorlari tashqarisiga chiqqan.
Har holda shaharlarning aksarida sitadel shahriston chegaralariga kiritilgan, 
ammo uning biror tashqi devori yonida bo„lgan. O„rta Osiyoning arablargacha 
bo„lgan davr shaharlarining deyarli barcha sxemalarida shahar kattaligi va 
ahamiyatidan qat‟iy nazar bunday holatni kuzatish mumkin. 
Shu bilan bir qatorda, ayniqsa mudofaalangan saroydan iborat bo„lgan 
hukmdorlarning qarorgoh-shaharlarida sitadelning markaziy joylashgan holatlari 
bo„lgan. Shaharning bunday kompozitsiyasi namunasini uzoq o„tmishdan, qadimgi 
Sharq davlatlarida topish mumkin. Tarhda to„g„ri burchakli, markazida sitadel-
saroyli Vavilon va Borsippani, tarhda aylana - Xett Xattushashi va Samalni, 
nihoyat, ancha keyingi davrlardagi markazda joylashgan saroy qo„rg„oni va aylana 
bo„ylab tashqi devorlarga ega Parfiya Xatrasini eslaylik. Ilk o„rta asrlardagi Hirot 
(X asrgacha) shuningdek tashqi devor to„rt darvozasi kabi yo„naltirilgan shahar 
markazida joylashgan to„rt darvozali sitadelga ega bo„lgan. Hatto darvozalarning 
har bir juftining nomlanishi bir-biriga mos bo„lgan. Tashqi darvozalar oldida 
bozorlar bo„lgan. Pirovardida sitadel shimoliy tashqi devorga surilgan. 
Bu namunalar ko„rilayotgan davr shaharlari uchun planirovka usullarining 
umumiyligini ko„rsatadi. Ilk o„rta asr shaharlari umumiy tuzilishida ham, shahar-
shahriston qiyofasida ham uning tashqi kuchlarga qarshi qo„yilishi e‟tiborni jalb 
qiladi. Shahar devori tashqarisida joylashgan hamma narsa oddiy vositalar bilan 
himoyalanishi zarur bo„lgani joiz dushman qarorgohi sifatida qabul qilingan.
Shuning uchun shaharning tashqi olam bilan aloqasi cheklangan va qiyinlashgan. 
Tumandan olib chiquvchi shahar tashqarisidagi yo„l bilan shahar ko„chasi orasida 
bevosita aloqa yo„q bo„lgan. U qo„rg„on darvozalari bilan va murakkab himoya 
qurilmasiga ega darvozaoldi inshooti bilan uzilgan. Tuproq qal‟a turidagi 
Kushonlar qo„rg„oni puxta mudofaalangan va darvozaoldi labirinti bilan
niqoblangan faqat birgina chiqish joyiga ega bo„lgan. Bu yerda shahar ichki 
maydoni uni o„rab turgan tumandan iloji boricha ajratib qo„yilgan. 


78 
Ammo, ba‟zida o„lchamlari va ko„chalar yo„nalishi jihatidan tashqi 
o„xshashlikka ega bo„lib, ilk o„rta asrlar shaharlari antik davr shaharlaridan tubdan 
farq qilgan. Antik davrdagi oddiy shahar rejaviy g„oyasi arxaik katta oila uyining 
planirovka usullari bilan go„yo tenglashtirilgan. Alohida uy tarhi shaklidagi 
to„g„rilik va muntazamlilik g„oyasi butun shahar rejasi shakliga ko„chib o„tgan. 
Ilk o„rta asrlar shahar-shahristonlarida esa bunday emas. Antik shahar bilan 
ilk 
o„rta asrning shakllangan shahar-shahristoni o„rtasida urug„-qabila 
munosabatlarining uzil-kesil parchalanish va oilaning ijtimoiy hayotning asosiy 
yacheykasi sifatida ajralish davri yotadi. Bu oila ajratilgan, mudofaalangan qal‟ada 
yashaydi. Ilk o„rta asr shahristoni yaxlit bir rayon uchun o„ziga tortish markazi 
hisoblanib, shunday mudofaalangan qal‟alardan birining hunarmandchilik 
shaharchasi kabi o„sgan. U rayon bilan bog„langan va bu aloqa shahriston 
ko„chalari shaklida aks etgan. Ular shahar-shahristonni rayon-rustakning hamma 
to„rt qismi bilan bog„lagan holda to„rt qarama-qarshi tomonga yo„nalgan va faqat 
shahristonning tabiiy to„siqlari yoki kichik o„lchamlari ko„chalar sonini 
kamaytirgan. 
Ko„pincha ilk o„rta asrlar shahrining ko„chalar tizimi shakllanishi shahar 
qurilishlaridan ilgariroq bo„lgan, qurilishlar esa keyinroq ilgari yuzaga kelgan 
ko„chalar yo„nalishiga moslashtirilgan. Uylar asta-sekin bir-biriga tutashtirib 
qurilgan. Ba‟zi hollarda qurilishlar ko„chalar to„g„ri chiziqliligini buzgan holda 
ularning yo„nalishini kesib o„tgan. Ilk o„rta asr shahri qurilishlarida o„z davrida 
Milind-Panx grek-hind traktatida tavsiya qilingan munosabat istesno qilingan. Har 
bir kishi binolarning o„zaro joylashuvidagi hamjihatlik va tartiblilikni chetga surib, 
faqat o„z uyi qurilishi uchun maydonni tayyorlab, faqat o„z qo„rg„onini eng qulay 
joyga qo„yishga harakat qilgan. 
O„rta asr shahri ko„chalarining noto„g„riligi va chalkashliligi uni antik 
muntazam to„g„ri burchakli shaharga planirovka jihatidan qarama-qarshi qilib 
qo„yadi. Shahar-shahriston markaziy ko„chalarining kesishgan joylarida ibodat 
binosining qurilishi bilan belgilangan: islom davrida bu jome masjidi bo„lgan.
Jome masjidi binosi o„zining jozibador arxitekturasi bilan ajralib turgan. U 


79 
chorrahaning mahobatli-hajmiy belgisi bo„lgan. Ko„cha shaharning ikki qarama-
qarshi tomonlarini birlashtiruvchi harakatning yagona uzluksiz oqimi sifatida 
idrok qilingan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling