Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devorni ravoqli ishlash usuli
Qal‟a qo„rg„on - O„rta Osiyo ilk o„rta asrlar inshootlarining asosiy turi
hisoblanadi. Bu binolarda davr uchun xarakterli bo„lgan me‟moriy-kompozitsion usullar ishlab chiqilgan. Bizning davrimizgacha yetib kelgan V-VI asrlar turar joy- qo„rg„onlarida devor yuzasini me‟moriy bezatishning ikki usuli aniqlangan - ravoqli va qat-qat burmali. Devorni ravoqli ishlash usuli. Yo„laksimon xonalarga ega inshootlarning (Mug„ qal‟asi, qisman Tuproq qal‟a sitadeli va boshqalar), odatda, bir tomoni ochiq bo„lgan. Tashqaridan bir qancha ravoqli tuynuklar ko„ringan holda qoldirilgan, ba‟zan ular boy o„simliksimon va geometrik bezaklar bilan bezatilgan. Ko„tarib turuvchi ustunlar baza va kapitellarga ega bo„lgan. Me‟morchilikning bu turidagi to„laqonli qoldiqlar bizning kunlargacha yetib kelmagan va uning xarakteri hamda dekorativ detallari haqida faqat ostadonlar, ko„zalar, uy-ro„zg„or buyumlaridagi tasvirlar bo„yicha fahmlash mumkin. Masalan, Biya nayman ostadonlaridan birida pastga qalinlashuvchi tana, yumaloq bazalar va murakkab suratli kapitellarga ega ustunlarga tayanuvchi besh oraliqli ravotak stilizatsiyalangan ko„rinishda berilgan. Ravotak tepasida va ustunlar asosida o„simliksimon geometriklashgan bezakli qatorlar o„tgan. Butun qator kungurador parapet bilan yakunlangan. Yon devorlar doim ham ochiq qolmagan. Boshqa hollarda teshiklar yopilgan va tekis devorda ravoqlar motivi rel‟yef orqali tasvirlangan. Tashqi devorlarning ravoqli ishlanmalarining taxminiy namunalaridan biri - V-VI asrlarga taalluqli qadimgi Xorazm Qizil-qal‟a qo„rg„onidir. Bu yerda devorlar tepa qismining qo„shaloq tekis ravoqlari filyonkalar bilan almashinadi; tutash qatorli bu motiv devorlar bo„ylab ham, burjlar bo„ylab ham o„tgan. Har bir ravoqda usti yopiq hovli sathida shinaklar qo„yilgan. Bundan tashqari ichki qubbali xonalar sathida yirikroq shinaklarning pastki qatori o„tgan. 80 Boshqa, ancha keyingi (XII asrga tegishli) tekis rel‟yefda bajarilgan ravoqli motiv namunasini biz qadimgi Marvning xom g„ishtli binosida ko„ramiz. Bino ikki qavatli. Pastki qavat sokolda joylashgan va har qanday yorug„lik tuynuklaridan holi. Ikkinchi qavatga muvofiq keluvchi devorning tepa qismi chuqur bo„lmagan ravoqlar bilan ishlangan. Yuqorida ko„rib chiqilgan ravoqli bezakka ega inshootlar mudofaalangan turar joy-qal‟alarni tashkil qilgan. Jamoat-turar joy xarakteridagi inshootlarda, karvonsaroylarda va yotoqxona- honaqohlarda, masalan, Toshrabot (Yettisuv), Qirqqiz (Termiz) va boshqalarda kirish joyi-darvoza - tarz kompozitsiyasining muhim elementi hisoblangan. Kirish ravog„ining roli peshtoq ahamiyatiga ega bo„lgan saroy binolarida yanayam oshadi. Firuzoboddagi sosoniylar saroyi buning yorqin namunasidir. Uning kirish ravog„i Parfiya saroylari ayvonlari an‟analaridan kelib chiqqan. Firuzobod saroyi bilan Qirqqiz xonaqoh saroyi bir qancha o„xshash. Bu yerda ancha chuqur kiritilgan kirish ravog„i-ayvon to„rtta tarzdan har birining markazi hisoblanadi. Qirqqiz honaqohi kompozitsiyasida burchak dekorativ burjlari muhim qism sifatida ajralib turadi. Xuddi shunday burjlar Toshrabotda ham bo„lgan. Tarzning markaziy ravoq-ayvonli, ayniqsa ulkan ravoqli kompozitsiyasi Ktesifondagi Xozroy saroyidir. Bu yerda keng tarqalgan kirish-ayvonning markaziy ravog„i tarz devori bo„ylab bir necha qatorlarda joylashgan tekis ravoqli tokchalar qatori bilan birlashadi. Tokchalar orasidagi joylar qo„shqavatli va tepa qatorlarda qurilgan yarim ustunlar bilan ishlangan. Bu motiv O„rta Osiyoning mo„g„ullar istilosigacha bo„lgan me‟morchiligida keng taraqqiy qilgan, devorlar yuzasini qat-qat burmali ishlashning o„tmishdoshi sifatida o„zlashtirilgan bo„lishi mumkin. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling