Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Qal‟a qo„rg„on - O„rta Osiyo ilk o„rta asrlar inshootlarining asosiy turi 
hisoblanadi. Bu binolarda davr uchun xarakterli bo„lgan me‟moriy-kompozitsion 
usullar ishlab chiqilgan. Bizning davrimizgacha yetib kelgan V-VI asrlar turar joy-
qo„rg„onlarida devor yuzasini me‟moriy bezatishning ikki usuli aniqlangan - 
ravoqli va qat-qat burmali. 
Devorni ravoqli ishlash usuli. Yo„laksimon xonalarga ega inshootlarning 
(Mug„ qal‟asi, qisman Tuproq qal‟a sitadeli va boshqalar), odatda, bir tomoni 
ochiq bo„lgan. Tashqaridan bir qancha ravoqli tuynuklar ko„ringan holda 
qoldirilgan, ba‟zan ular boy o„simliksimon va geometrik bezaklar bilan bezatilgan. 
Ko„tarib turuvchi ustunlar baza va kapitellarga ega bo„lgan. 
Me‟morchilikning bu turidagi to„laqonli qoldiqlar bizning kunlargacha yetib 
kelmagan va uning xarakteri hamda dekorativ detallari haqida faqat ostadonlar, 
ko„zalar, uy-ro„zg„or buyumlaridagi tasvirlar bo„yicha fahmlash mumkin. Masalan,
Biya nayman ostadonlaridan birida pastga qalinlashuvchi tana, yumaloq bazalar va 
murakkab suratli kapitellarga ega ustunlarga tayanuvchi besh oraliqli ravotak 
stilizatsiyalangan ko„rinishda berilgan. Ravotak tepasida va ustunlar asosida 
o„simliksimon geometriklashgan bezakli qatorlar o„tgan. Butun qator kungurador 
parapet bilan yakunlangan.
Yon devorlar doim ham ochiq qolmagan. Boshqa hollarda teshiklar yopilgan 
va tekis devorda ravoqlar motivi rel‟yef orqali tasvirlangan. Tashqi devorlarning 
ravoqli ishlanmalarining taxminiy namunalaridan biri - V-VI asrlarga taalluqli 
qadimgi Xorazm Qizil-qal‟a qo„rg„onidir. Bu yerda devorlar tepa qismining 
qo„shaloq tekis ravoqlari filyonkalar bilan almashinadi; tutash qatorli bu motiv 
devorlar bo„ylab ham, burjlar bo„ylab ham o„tgan. Har bir ravoqda usti yopiq 
hovli sathida shinaklar qo„yilgan. Bundan tashqari ichki qubbali xonalar sathida 
yirikroq shinaklarning pastki qatori o„tgan. 


80 
Boshqa, ancha keyingi (XII asrga tegishli) tekis rel‟yefda bajarilgan ravoqli 
motiv namunasini biz qadimgi Marvning xom g„ishtli binosida ko„ramiz. Bino ikki 
qavatli. Pastki qavat sokolda joylashgan va har qanday yorug„lik tuynuklaridan 
holi. Ikkinchi qavatga muvofiq keluvchi devorning tepa qismi chuqur bo„lmagan 
ravoqlar bilan ishlangan. Yuqorida ko„rib chiqilgan ravoqli bezakka ega inshootlar 
mudofaalangan turar joy-qal‟alarni tashkil qilgan.
Jamoat-turar joy xarakteridagi inshootlarda, karvonsaroylarda va yotoqxona-
honaqohlarda, masalan, Toshrabot (Yettisuv), Qirqqiz (Termiz) va boshqalarda 
kirish joyi-darvoza - tarz kompozitsiyasining muhim elementi hisoblangan. Kirish 
ravog„ining roli peshtoq ahamiyatiga ega bo„lgan saroy binolarida yanayam 
oshadi. Firuzoboddagi sosoniylar saroyi buning yorqin namunasidir. Uning kirish 
ravog„i Parfiya saroylari ayvonlari an‟analaridan kelib chiqqan. Firuzobod saroyi 
bilan Qirqqiz xonaqoh saroyi bir qancha o„xshash. Bu yerda ancha chuqur 
kiritilgan kirish ravog„i-ayvon to„rtta tarzdan har birining markazi hisoblanadi. 
Qirqqiz honaqohi kompozitsiyasida burchak dekorativ burjlari muhim qism 
sifatida ajralib turadi. Xuddi shunday burjlar Toshrabotda ham bo„lgan. 
Tarzning markaziy ravoq-ayvonli, ayniqsa ulkan ravoqli kompozitsiyasi 
Ktesifondagi Xozroy saroyidir. Bu yerda keng tarqalgan kirish-ayvonning 
markaziy ravog„i tarz devori bo„ylab bir necha qatorlarda joylashgan tekis ravoqli 
tokchalar qatori bilan birlashadi. Tokchalar orasidagi joylar qo„shqavatli va tepa 
qatorlarda qurilgan yarim ustunlar bilan ishlangan. Bu motiv O„rta Osiyoning 
mo„g„ullar istilosigacha bo„lgan me‟morchiligida keng taraqqiy qilgan, devorlar 
yuzasini qat-qat burmali ishlashning o„tmishdoshi sifatida o„zlashtirilgan bo„lishi 
mumkin. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling