Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Shahar-shahristonning yuzaga kelishi


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

5. Shahar-shahristonning yuzaga kelishi 
 
Savdo ishlari jihatidan sharoiti yaxshi, ayniqsa karvon yo„llarida joylashgan 
qal‟a-qo„rg„onlar yonida savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan bog„langan aholi 
joylashgan. Bu yerda o„z mahsulotini faqat atrofdagi aholiga emas, balki boshqa 
shaharlik savdogarlarga ham sotishdan manfaatdor bo„lgan hunarmandlarni o„ziga 
jalb qiluvchi xususiy almashish punktlari yuzaga kelgan. 
Bu vaqtga kelib qo„rg„on-qal‟a ancha murakkab majmuaga aylanadi. Ijtimoiy-
siyosiy hayot sekin-asta uning devorlaridan tashqariga, o„z navbatida qo„rg„on 
devorlari bilan o„ralgan yangi tashkil bo„lgan aholi yashash hududiga chiqib 


65 
boradi. “Shahriston” nomini olgan O„rta Osiyo shahrining asosiy yadrosi ham 
hududiy, ham tashkiliy-rejaviy jihatdan asta-sekin yuzaga kela boshlaydi. 
Dastlab - bu ba‟zan ko„chib borgan yirik dehqonning mustahkamlangan 
qo„rg„oni devorlari yonidagi tasodifiy o„rab olingan maydon bo„lgan edi. Ularni 
Berkut qal‟a, Qum qal‟aning xorazmcha yirik qurilma va imoratlarida va 
Kampirdevor sistemasidagi Hazoraning buxorocha qo„rg„onida ko„rinadi. 
Berkut qal‟ada sitadel devorlari oldiga ko„chib kelib o„rnashish ikki usulda 
yuz bergan. Natijada o„z tuzilishida asta-sekin shakllanishning izlarini saqlagan 
holda shahar atrofining butun hududi birlashgan. Ikki qarama-qarshi tomondan 
Hazora shahar atrofi qurilgan. Qadimgi Xorazm manzilgohlaridan biri Qum qal‟a 
to„rt marta o„z devorlarini kengaytirgan, buning natijasida o„zining geometrik 
chegaralarini saqlagan murakkab, ammo yaxlit majmua yuzaga kelgan. 
Yettisuvning yirik dehqon qo„rg„onlari sitadelli, shahristonli, keyinchalik 
shahar atrofi-rabodli Mavoraunnahr turidagi shaharlar tashkil bo„lishi uchun asos 
bo„lib xizmat qilgan. Xamukat (Talas viloyatidagi hozirgi May tepa qishlog„i) 
shaharga aylangan bunday yirik qal‟a namunasi bo„lib hisoblanadi. Bu manzilgoh, 
chamasi, X asrgachagina mavjud bo„lib, muhim o„rta asr shahri darajasigacha 
rivojlanmagan. Shuning uchun uning rejaviy tuzilishi yirik qo„rg„on atrofida 
guruhlashgan alohida qo„rg„on-tepalardan iborat bo„lib, arxaik xarakter kasb etadi. 
Qo„rg„onlarning hamma guruhi umumiy devor bilan o„ralgan. Maqdusiy (X asr 
muallifi) bu haqda quyidagicha yozib qoldirgan: “...shahristonda yirik masjid va 
rabodda bozorlar mavjud”. 
Yuzaga kelgan shahriston himoyasi uchun joyning tabiiy sharoitlaridan 
foydalanilgan. Chirchiq manzilgohlarida doimiy botqoq bo„lib yotgan daryo 
yoqasidan foydalanilgan. Bu usul O„rta Osiyoning boshqa joylarida ham ko„p 
uchraydi. 
Buxoro vohasida joylashgan Tarob manzilgohi uni o„rab turgan joydan 10-12 
metr ko„tarilgan to„g„ri burchak ko„rinishidagi markaziy qismga ega. Uning 
o„lchamlari katta qal‟a-sitadellar o„lchamlariga teng keladi (maydoni 14 
gektargacha). Botqoqlangan pastlikda, sitadelga kirish qismi tomonidan ikki 


66 
orolcha ko„rinishida - uncha katta bo„lmagan hudud shahriston ajralib turadi. 
Sitadel va unga tutashgan manzilgohni o„rab turgan sun‟iy botqoqlangan pastlik 
chamasi suv bilan to„ldirilgan keng jarlikdan iborat bo„lib, tashqi mudofaa 
devorlari o„rnini bosadi. Manzilgohga torgina tepalik orqali o„tish mumkin bo„lgan 
va tepalik bo„ylab sitadel-qal‟a darvozalari oldiga borilgan. 
O„sha joydagi tepalik-sitadel va unga tutashgan manzilgohdan iborat bo„lgan 
Xo„ja-Parranda manzilgohi ham botqoqlangan pastlik bilan o„ralgan. Bu guruhga 
xuddi shunday sitadel-qal‟a va bo„lajak shahriston manzilgohidan iborat reja 
tuzilishiga ega uncha katta bo„lmagan Kattaxo„ja eshon manzilgohini ham kiritish 
mumkin. 
Botqoqlangan joydagi qurilish usuli O„rta Osiyoning boshqa joylarida ham bir 
necha bor qo„llanilgan, masalan, Yettisuvda (Karag„ot daryosi yoqasidagi Kulon 
shahri sitadel va shahristoni, Qorasuv daryosi yoqasidagi Taroz shahriga yaqin 
Chо„l tepa qal‟asi).
Xorazmda mamlakatning qadimiy shaharlaridan biri, Xazorasp shahristoni 
yarim orolida botqoqlangan va pasttekislikda joylashgan. Bu yerga kirish faqat 
bitta - Darvoza-Mirshab darvozasi orqali sun‟iy tepalik bo„ylab janub tomondan 
ishlangan.
Sitadelni o„rab turgan hududni sun‟iy botqoqlash usuli haqida yozma 
manbalar guvohlik beradi. Ibn-al-Faqih (IX asr) shahar qurilishini ta‟riflab 
shunday yozadi: “...keyin u shaharda o„zi va fuqarolari uchun turar joy va qal‟alar 
qurdi va shaharning atrofida handaq qazidi. Keyin u yerga suv tushirdi va bir 
yildan so„ng bu joy yangidan katta va ulkan botqoqlardan biriga aylandi. U o„z 
oilasini va o„z mol-mulkini u yerga joylashtirdi va shahar tog„lar tepasida yoki 
tekis yerda qurilgan shaharlardan ham mustahkamroq bo„ldi”. 
Ba‟zida ibodat binolari ham shahar manzilgohlari shakllanishining markazi 
bo„lgan. Bunga misol qilib, qadimgi Xorazmdagi ziyoratchilar uchun hujralar va 
katta qabristonli Norinjon masjid-maqbarasini ko„rsatish mumkin. Bu yerda 
ibodatxona va boshqa yordamchi inshootlar guruhi sitadelga qiyoslanib, tepalikda 
joylashgan. Tepalikning janubi-sharqiy tomoniga taxminan IX-X asrlarga tegishli 


67 
inshoot qoldiqlari bilan birga shahar devorlari tutashtirilgan. Devorlar bilan 
o„ralgan maydon 4 gektarga teng bo„lgan. Tez orada shahar chegaralari tor bo„lib 
qolgan va janubi-sharqda mustaqil devor bilan o„ralgan, shu tariqa XIII-XIV 
asrlarga tegishli qurilmalar qoldiqlariga ega ikkinchi qishloq manzilgohi paydo 
bo„lgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling