Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


III-BOB. ILK O„RTA ASRLAR O„RTA OSIYO SHAHARLARI


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

III-BOB. ILK O„RTA ASRLAR O„RTA OSIYO SHAHARLARI 
 
1. Qo„rg„on-qal‟alar 


50 
 
III-IV asrlarda qudratli Kushon podsholigi tanazzulga uchraydi va nihoyat
ko„chmanchi- bosqinchilar dastlab eftalitlar (V asr), keyinroq esa turklar (VI asr) 
zarbalari ostida barham topadi. Antik O„rta Osiyo o„zining rivojlangan madaniyati 
bilan quldorlik dunyosining umumiy tanazzulidan omon qolmadi va g„arbda Rim 
imperiyasiga o„xshash, varvar qabilalari zarbalari ostida qoldi. 
Ilgari Kushonlar yagona hokimligi ostida birlashgan O„rta Osiyo, alohida 
qismlar - Xorazm, Farg„ona, Shosh (Chirchiq vodiysi), Iloq (Angren vohasi), 
Osrushna (Jizzax va Xo„jand orasidagi tuman) , So„g„d (yuqori Zarafshon), 
Moymurg 
(Samarqand 
viloyatining 
janubi-g„arbiy 
qismi), 
Kushaniya 
(Kattaqo„rg„on rayoni), Buxoro, Vardana (Buxorodan g„arbda), Kesh (Shahrisabz), 
Nashxab (Qarshi), Chag„oniyon (Surxondaryo viloyati), Termiz va boshqalarga 
bo„linib ketadi. Bepoyon Marv vohasi o„z poytaxti Marv bilan Sosoniylar davlati 
tarkibiga kiradi. So„g„d va qisman Xorazm, turklar hukmronligi ostiga tushadi. 
Ammo, qiyin vaqtlarda bu o„lkalar hukmronligi birligi sistematik yig„ilish va 
kengashlarida aks etib, eski aloqalar davom etadi, bunday holatlar VII-VIII 
asrlarda arab bosqinchiligi davrida bir necha bor ro„y bergan.
Hukmdorlar qarorgohi har bir o„lkaning markazi hisoblangan. Ularning 
unvonlari turlicha bo„lgan. Xorazm va Termizda-shohlar, Buxoro, Vardana, 
Chag„oniyonda-xudotlar, So„g„dda-ixshidlar, Farg„ona va Osrushnada-afshinalar, 
Xo„jandda-dehqonlar. 
Bu sharoitlarda antik O„rta Osiyoning shahar sivilizatsiyasi tanazzulga 
uchraydi. Shahar maydonlari va ularning aholi soni qisqaradi. Qishloqning turg„un 
jamoa turmushi harakatga keladi. Hokimiyatga yer egalari - quldorlar hukmron 
sinflarining yangi qatlamlari ko„tariladi. Shahar va shahar madaniyatining
ustunligi tugaydi. Qishloq yangi ijtimoiy-iqtisodiy siljishlar natijasida rivojlanadi. 
Bunda ijtimoiy hayotning shahardan qishloqqa ko„chirilishida namoyon bo„luvchi 
antik qurilishdan feodalizmga o„tish uchun xarakterli bo„lgan qonuniyat aks etadi.
Bu vaqtning mustahkam qo„rg„on turi haqida qadimgi Xorazmdagi 
Yakkaparson aniq tasavvur beradi. Markazda baquvvat stilobatga ko„tarilgan 


51 
qo„rg„on egasining turar joy qal‟a-ko„shki joylashgan. Ko„shkning tomonlaridan 
birida qal‟aning kirish qismi, bo„rtma joy - burj bo„lgan. Bu yerga ko„shkni o„rab 
turgan devorlarning kirish burjidan ko„prikcha tashlangan. Ko„shk-burj konsentrik 
(bir markazga ega bo„lgan) devorlarning uch qatori bilan o„ralgan bo„lgan. Birinchi 
devor yon tomonlarida hamda har bir devorning o„rtasida yarim yassi shakldagi 
minoralarga ega bo„lgan. Ikkinchi mudofaa chizig„i birinchisidan 10 m masofada 
joylashgan. Va, nihoyat, 40-45 m oraliqda uchinchi devorning ozgina qoldiqlari 
saqlanib qolgan. 
Ko„shkda va birinchi devor tashqarisida qal‟a egasining va uning xonadon 
a‟zolarining yashash xonalari bo„lgan. Ikkinchi devor tashqarisida xizmatkorlar 
yashash xonalari joylashgan va, nihoyat, uchinchi devor xo„jalik hovlisini 
chegaralagan. 
Xuddi shu rejaviy sxema kuchli vayron bo„lgan Qo„sh-Parson umumiy nomi
ostida birlashgan ikki qo„shni qal‟ada takrorlanadi. 
Istehkom turar joylari bunday turlarining mavjudligi haqida yozma manbalar 
ham guvohlik beradi. Al Beruniy Xorazmshohlar sulolasi asoschisi Afrig„ 
qarorgohi haqida quyidagicha hikoya qiladi: “Afrig„ 660 yilda Aleksandr 
Makedonskiydan keyin Al-Fira ichida o„z qal‟asini qurdi va undan hamda uning 
avlodlaridan yil hisobini boshlaydilar. Al-Fira, Xorazm shahri yaqinidagi bir-
birining ichiga balandligi bo„yicha birin-ketin joylashgan hamda shohlar qal‟asidan 
ustun bo„lgan loy va xom g„ishtdan qurilgan uch devorli qo„rg„on bo„lgan”. 
Bunday turdagi istehkomli turar joy-qal‟alar Xorazmning mahalliy xususiyati 
emas. Ular O„rta Osiyoning boshqa qismlarida ham uchragan, masalan, So„g„dda. 
Buxoro vohasida Kampirdevor qo„rg„on devori sistemasidagi chegara shahri 
Tavavis (Shahri-Vayron) vayronalari saqlangan. Keyinchalik shahar sitadeli bo„lib 
qolgan qal‟a, uch qator devor va markazda turar joy burji-ko„shkka ega bo„lgan. 
Ko„shk bilan egallangan maydon 20x20 m; hovlilar o„lchami mantiqiy ravishda 
120x140, 180x80 va 200x200 m, ya‟ni umumiy o„lchamlar Xorazm turar joy 
qal‟alariga muvofiq keladi. Kirish qismi shimoli-sharqiy tomonda bo„lgan. Sharqiy 
devor Kampirdevorga parallel bo„lgan. 


52 
Qadimdan shaharda chamasi, dehqonlar va ko„chmanchilar turar joyiga yaqin 
katta bozor bo„lgan, unga uzoqlardan kelishgan. Narshaxiyning ta‟kidlashicha,
shahar boyligi dehqonchilikdan qanchalik oshsa, savdodan ham shunchalik 
bo„lgan. Istaxriyning xabar berishicha, IX asrda shahar sitadeli vayrona ahvolda 
bo„lgan. 
Tavavis sitadeli xarakteri bo„yicha So„g„dning qadim kanallaridan biri 
Norpoy sohilidagi Buxoro-Samarqand katta karvon yo„lida joylashgan Arbinjon 
shahri sitadeliga juda yaqin. Ko„shk 26x26 m o„lchamga ega, keyingi devor 
125x125 m. Tashqi chegaralovchi tuproq devor buzilib ketgan. 
Keltirilgan namunalar shuni ko„rsatadiki, bu turdagi qishloq-qal‟alar O„rta 
Osiyoning asosiy viloyatlarida tarqalgan. Hamma joyda bir xil jarayon ro„y 
bergan-shaharlar qishloq manzilgohlari massasiga aralashib ketgan. Iqtisodiy hayot 
markazi qishloq xo„jalik okrugiga ko„chirilgan. Shaharlar o„rniga qo„rg„onlar 
paydo bo„lgan. 
Qishloq manzilgohlari bir-biriga bevosita tutashgan devorlar bilan (masalan, 
Ayoz-qal‟a kabi) alohida ajralgan qo„rg„onchalarga bo„linib ketadi. Butun aholi 
rayoni-vohaning umumiy ko„rinishida o„zgarish yuz beradi. O„z tashqi ko„rinishi 
bilan ishlab chiqarish quldorlik sistemasining sekin-asta barham topishi va feodal 
munosabatlarining boshlang„ich shakllari yuzaga kelishi bilan bog„liq bo„lgan 
yangi munosabatlarning yuzaga kelishini ifodalovchi yangi turdagi manzilgohlar 
paydo bo„ladi. 
Quldorlik dunyosining umumiy inqirozi bilan bog„liq bo„lgan shafqatsiz ichki 
urush, jamoachilarning feodalizmning paydo bo„layotgan elementlari bilan 
kurashi-mana, bir necha qator devorlar bilan mustahkamlangan qal‟a-qo„rg„onlar 
paydo bo„lishining asosiy sabablaridan biridir. Xo„jayinning turar joy-qal‟asi 
baland baquvvat tepalikka ko„tariladi. U yerga faqat darvoza oldi burjidan 
tashlangan ko„prikcha orqali o„tish mumkin. 
Mamlakatning V-VI asrlarda ko„chmanchi eftalit va turklar tomonidan, VII-
VIII asrlarda arablar tomonidan bosib olinishi mamlakatning butun me‟moriy-
rejaviy qiyofasiga tamg„a bosgan bu bahaybat, kuchli mustahkamlangan 


53 
qo„rg„onlarni faol hayotga qaytargan. Qadimgi Xorazmdagi Berkut-qal‟a vohasi 
shunday ilk o„rta asrlar manzilgohining g„oyat yorqin namunalaridan biridir. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling