Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Qishloq xo„jalik rayoni-rustaklar
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
3. Qishloq xo„jalik rayoni-rustaklar
Qal‟a devorlari bilan o„ralgan to„rt burchak manzilgohlar bilan bir qatorda, devorlar bilan o„ralgan va bevosita bir-biriga tutashgan keng hovli qo„rg„onlar birlashuvidan iborat bo„lgan katta jamoa qishloqlari ham mavjud bo„lgan. Manzilgohlarga shahar nomi shu ma‟noda tadbiq qilinganki, qishloq go„yoki o„zini jar va devorlar bilan mustahkamlab, shaharga aylangan. Ayoz qal‟a (qadimgi Xorazm) guruhi bunday qishloq manzilgohining namunasi bo„lib xizmat qiladi. Qo„rg„onning o„rtacha o„lchami 0,9 gektarni tashkil qiladi. Qo„rg„on devorlari ichida devorlardan biriga tutashgan ko„p xonali turar joy binosi. Oddiy qo„rg„onlar ichida kattaligi va mahobatliligi bilan ajralib turgan uch mustahkamlangan qo„rg„onlar va ularning g„arbiy qismidagi, chamasi eng boy oilalarga tegishli qo„rg„onlar ajralib turgan. Ayoz qal‟a urug„doshlik jamoasidan mustaqil ajratilgan qo„rg„onlarda bevosita bir-biri bilan qo„shnichilikda joylashgan alohida katta oilalar ajralib chiqqan o„sha davr uchun xarakterli bo„lgan turar joy guruhi hisoblangan. Hamma qo„rg„onlarni tepaliklarda barpo etilgan Ayoz qal‟a inshooti boshqaradi. Uning baquvvat qo„shqavatli himoya devori qator joylashgan yarim aylanali minoralari va shinaklarning uzluksiz zanjiri bilan qal‟a garnizoni joylashgan alohida turar joy va xo„jalik xonalari – bo„lmalarga ajratilgan qubbali galereyadan iborat. Ichki hovli hech qanday qurilmalarsiz qolgan va chamasi, atrof joylarda yashovchi aholini dushman hujumida vaqtinchalik joylashishi uchun mo„ljallangan. Xorazm bo„sag„alarida muhim strategik holatni egallagan Ayoz qal‟a butun rayonni qo„riqlagan. 4. Uy-joy kvartallari, qo„rg„on va turar joylar 40 Kushon shahri turar joy kvartallarining me‟morchiligi va tarhiy yechimi haqida qisqagina gapirish mumkin. Jonboz qal‟a va Tuproq qal‟a manzilgohlarining topilgan va taxminiy tadqiq qilingan turar joy guruhlari- kvartallaridan faqat ahamiyatsiz, ba‟zida farqlash qiyin bo„lgan qoldiqlar qolgan xolos. Birgina ularda aniqlangan ijobiy jihat bu - ular rejaviy yechimining umumiy xarakteridir. Turar joy kvartali ochiq hovlilar bilan almashib joylashgan turar joy va xo„jalik xonalari guruhidan iborat. Ancha rivojlangan va vaqti bo„yicha kechroq yuzaga kelgan shahar- Tuproq qal‟a kvartallarida oddiy xonalar orasida, shuningdek, markaziy inshoootni ajratish mumkin, chamasi bu joy urug„-oila boshi turar joyi bo„lgan va u yerda qimmatli mol-mulk saqlangan. Bu tipning turar joy xonalari tarhi, o„lchamlari va vazifasi haqida mudofaa devorlari bilan o„ralgan, bir-biriga zich tutashgan keng hovli - qo„rg„onlardan tashkil topgan yirik manzilgoh va uch qal‟ali Ayoz qal‟aning mustahkamlangan qo„rg„onlar guruhi ancha to„liq tasavvur beradi. Har bir qo„rg„on katta patriarxal oilaviy jamoasiga tegishli bo„lgan. Qo„rg„on o„rab chiqilgan maydonning shimol tomoniga tutashuvchi ko„p xonali binoga ega. Bino devorlari 1,40 m balandlikgacha saqlangan; ular 40x40x10 sm li xom g„ishtdan qurilgan. Qazilmalarda ochilgan beshta xonadan bittasi xo„jalik buyumlari saqlanadigan joy bo„lib xizmat qilgan. Bu yerda xum-xumchalar va ko„plab xo„jalik buyumlari hamda maishiy idish-tovoqlar qoldiqlari topilgan. Ikki keyingi xona-oddiy yashash xonalari bo„lgan. Nariroqda, markazida olov izlari va devorlardan birining yonidagi katta sufa qoldiqlariga ega jamoat ovqatlanish xonasi joylashgan. Tahlil qilingan xonalardan oxirgisi- devorlardan birining yonidagi tokcha ko„rinishidagi, ikki yoni g„ishtin pilyastrlar bilan ishlangan o„ziga xos joyga ega tantanali xona hisoblangan. Barcha xonalar chamasi, qubbalar bilan yopilgan. Oila turar joyi o„lchamlari jihatidan bir xil bo„lgan yonma-yon xonalardan tashkil topgan inshootdan iborat bo„lgan. Vazifasi bo„yicha ularning farqi katta emas va xonalarning tashqi ko„rinishida bu farq deyarli namoyon bo„lmaydi. 41 Katta patriarxal oilaviy jamoalarga tegishli qo„rg„onlar ichida Ayoz qal‟a ajralib turadi. Uning qal‟a devori shimoliy qismiga tutash turar joyi, 60x40 m li yirik binoni tashkil qiladi. Ikki o„zaro perpendikular koridor uni o„z navbatida 40 tagacha bo„lgan kichik xonalarga bo„lingan to„rt qismga bo„ladi. Bino asosi, chekkalari va usti loy guvalalar bilan o„ralgan tabiiy qum barxanidan iborat. Unga devorlar poydevorlari qo„yilgan. Devor asosidan 1,45 m balandlikda shibbalangan qum qatlami va usti loy suvoq qilingan pol ishlangan. Bu binoning tashqi ko„rinishi haqida fikr yuritish uning yomon saqlanganligi sababli ancha qiyin. U hech qanday tuynuklarsiz baquvvat gorizontal bo„ylab cho„zilgan devorlarga ega bo„lgan deb taxmin qilish mumkin. Har uch devordan (to„rtinchisi tashqi qal‟a devoriga zich tutashgan) birining o„rtasidagi to„g„ri to„rtburchak tarhga ega minoralar uning yagona ziynati bo„lgan. Devorlar o„rtasida turtib chiqqan murabba shakldagi minoralar bizgacha yetib kelgan Xorazm (masalan, Qizil qal‟a) istehkom-turar joylarida o„z aksini va rivojini topgan. Ular o„sha davrlar me‟morchiligining xarakterli belgilaridan biri hisoblanadi. Yonma-yon joylashgan xonalar bilan parallel yo„laksimon xonalarga ega turar joy binolari ham mavjud bo„lgan. Ular har yerda, Xorazmda ham, So„g„dda ham, Termizda ham uchraydi. Masalan, Tuproq qal‟a sitadelida qal‟a devorlari bo„ylab parallel ketgan va usti elliptik qubbalar bilan yopilgan xonalar saqlangan. Xuddi shunday yo„laksimon qubbali xonalar chamasi, sitadelning uch minoralarida ham bo„lgan. Tuproq qal‟a shahri yaqinida kushon-afrigid davriga (V-VII asrlar) tegishli Qizil qal‟a istehkomi bor. Garnizon va qal‟a aholisi uchun xonalar Tuproq qal‟a sitadeli minoralariga o„xshab qal‟aning sokol qismida bo„lgan. Bu parallel joylashgan, chamasi markaziy yo„lak bilan ikki guruhga bo„lingan tor va uzun xonalarning tutash massivi bo„lgan. Kunerli qal‟a qo„rg„oni (Amudaryo chap sohili) shunday turda. Bu yerda turar joy massivining ichki rejasi saqlanmagan, ammo yuqorida tilga olingan Xorazm manzilgohlarini Yangiyo„l manzilgohlari bilan tipologik bog„lovchi minora inshooti qoldiqlari mavjud. Qadim Xorazmning 42 rejasini aniqlash uchun qazilmalarga muhtoj bo„lgan Jildik qal‟a manzilgohi tashqi ko„rinishi bo„yicha o„pirilishlar va buzilishlar bilan o„zgarib ketgan, yuqori maydonchasida devorlar qoldiqlariga ega kesik piramidani hosil qiladi. Manzilgoh, chamasi, urug„doshlik qishlog„i-qal‟ani namoyon qiladi. O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 1940 yilda olib borgan Xorazm ekspeditsiyasi taxminiy tahlil materiallari bo„yicha uning quyidagi tuzilishini tasavvur qilish mumkin: asosida-qumli maydoncha, undan yuqoridagi xonalar devorining poydevori xom g„ishtdan qurilgan. Qum asos chekkasi g„isht bilan o„ralgan va kontroforslar-tirgaklar bilan mustaxkamlangan, bu esa inshoot pastki qismiga kesik piramida ko„rinishini bergan. Chegaralari bo„ylab, ehtimol, to„g„ri to„rtburchak shaklidagi kichik xonalar, markazida-katta xonalar va minorali inshootlar joylashgan. Hamma xonalar, tashqi devorlar bo„ylab aylanma yo„lak bilan birlashgan. Tali-Borzu so„g„d manzilgohida kushon davrida qubbali yo„laksimon xonalar bo„lgan; faqat keyingi qubbalar aylanali emas, uchli ko„rinishga ega bo„lgan. Xonalar parallel joylashuvining bu usuli mahobatli saroy inshootlarida ham kuzatiladi. Misol tariqasida, Parfiya poytaxti Xatraning (Kichik Osiyo) katta va kichik saroylarini keltirish mumkin. Bu yerda me‟moriy tarh yuqori sifatli va sinchiklab ishlab chiqilgan bo„lib, ko„rinishi juda oddiy. Tantanalar uchun ishlangan ayvonning yarim aylanali nishasi kompozitsion markaz hisoblanadi. Ayvonning ikki chetida usti yopiq kichik xonalar, ularga qisman tashqaridan, qisman ayvondan kirish mumkin. Ayvon orqasida planda kvadrat bo„lgan diniy marosim xarakteridagi inshoot bor. Xatraning kichik saroyi ancha soddalashgan va kichiklashgan ko„rinishda bo„lib, xuddi shu tarhiy sxemani takrorlaydi. Katta saroyning butun qo„rg„oni devorlar bilan ikki teng bo„lmagan qismlarga bo„lingan. O„z navbatida o„rtasidan bo„lingan kichik qism hududida (shimoliy va janubiy hovlilar), saroy inshooti va ba‟zi boshqa mahobatli binolar bor. O„rtada ko„kalamzor maydonlarni kuzatish mumkin. To„g„ri burchak ostida kesishuvchi ikki yo„l qal‟a devorining to„rt darvozasi tomon olib boradi. 43 Qo„rg„on rejasining bunday sxemasi, qaysidir darajada, Xorazm katta qo„rg„onlar rejasi xususiyatini belgilab berishi mumkin. Masalan, Ayoz-qal‟ani ko„radigan bo„lsak, uning maydonida asosiy binodan tashqari qurilmalarning hech qanday qoldiqlari saqlanmagan. Xatra yaqinida joylashgan Assuriya shahridagi Parfiya saroyi ancha murakkab sxemaga ega. Bu yerda yashash xonalari qurilgan ayvondan iborat tipik turar joy yacheykasi ochiq to„g„ri burchakli hovlini o„rab turadi. To„rt ayvon uning bo„ylama va ko„ndalang o„qlarini namoyon qiladi. Butun guruh qo„shimcha kichik ochiq hovlilar bilan (ulardan biri kirish qismi), o„tish yo„llari va turli o„lchamdagi xonalar bilan murakkablashgan. Ayoz-qal‟a jamoa turar joyi va Assuriyadagi Parfiya saroyi ularning hamma tafovutida qaysidir darajada tarhiy turi bo„yicha yaqinlashishi mumkin. Bu yerda ham, u yerda ham butun e‟tibor ichki fazoni shakllantirishga qaratilgan. Ya‟ni to„rtta alohida qismlarga ajratuvchi ikki perpendkulyar o„qlarga ega tarhning yetarlicha aniq sistemasini ko„ramiz. Bu qismlar mustaqilligi qubbali tomlar bilan namoyon bo„luvchi o„zaro tutashgan alohida xonalarga ega umumiy birlashtiruvchi kvadratga joylashgan. Bu - tarhning ishlab chiqilgan sistemasidir. Bu yerda yaxlit turar joy massividan tabaqalangan ko„rinishga o„tish xarakterli jihatlardan biridir. Qulay va hayotiy bo„lib chiqqan xochsimon yo„lakli tarh O„rta Osiyoda ko„p asrlar davomida saqlanib qolgan. Masalan, VI asrga tegishli Qirqqiz binosida (qadimgi Termiz xarobalarining Surxondaryo guruhi) va shu davrning boshqa qator inshootlarida u tugallangan va rivojlangan ko„rinish olgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling