Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Qal‟alar - qishloq xo„jalik rayonlari -
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
5.
Qal‟alar - qishloq xo„jalik rayonlari - rustaklar markazlari va qal‟a-rabotlar Yangi sharoitlarda “turar joylarga ega devorli manzilgohlar” an‟analarini amalga oshiruvchi Ayoz-qal‟a turidagi inshootlar, ular atrofida joylashgan qishloq aholisi qo„rg„onlari bilan qadim Xorazmning turli qismlarida saqlangan. Ularga umumiy tarhiy jihatlar xosdir. Ularga ko„ra yuz yillar davomida rejalash turining saqlanishida qal‟aning tashqi ko„rinishini o„zgartiruvchi mudofaa texnikasining 44 mukammallashuvini kuzatish mumkin. O„zgarishlar va mukammallashuvlar shinaklar shakliga, jangovar, xususan burchak minoralarining joylashuvi va qurilishiga, darvoza oldi labirintining qurilishiga daxldordir. Amudaryo chap sohilidagi Ota-turk qal‟a qo„rg„oni ancha sodda. Qo„sh devorlar xom g„ishtdan qurilgan. Devor ichi yo„lak kengligi 3 metrga teng. Shinaklar uzluksiz tasma ko„rinishida joylashgan. Jangovar minoralar yo„q. Bu yerda hatto Jonboz qal‟adagi kabi minoralar izohidan ilgarigi o„sha uch qavatli shinaklar ham yo„q. Kirish darvozalari burchaklardan biriga yaqinlashtirilgan, darvoza oldi nshooti esa ikki mahobatli to„g„ri burchakli bashnyadan iborat. Qal‟a shu darajada vayron bo„lganki, uning tashqi qiyofasini tiklashning iloji yo„q. Qo„rg„oshin qal‟a qo„rg„oni ancha mukammallashgan istehkom qurilmalarini namoyish qiladi. Minoralar paydo bo„lgan, ammo ularning joylashuvi hali yagona qonuniyatga bo„ysundirilmagan; ular orasidagi masofa har bir devor bo„ylab turlicha. Burchaklar himoyasi uchun minoralar joylashuvida turli kombinatsiyalar qilingan. Ba‟zi burchakda qo„shni devorlarning ikki minorasi burchakni bo„sh qoldirib yaqinlashadi va boshqa burchakda minoralar tarhda “qaldirg„och qanoti”ni hosil qilgan holda bir-biriga taqalib surilgan. Qal‟a minoralari tarhda to„g„ri burchakli va bu jihatdan ular Tuproq qal‟a minoralariga o„xshashdir. Ayoz-qal‟ada minoralar tarhda yarim aylana. Ular zich joylashtirilgan. Burchaklardagi “Qaldirg„och qanoti” shakli keyinchalik qurilishda keng tarqalgan. Faqat darvoza oldi inshootlari burchak minoralarining diagonal joylashuvi yangilik hisoblangan. Burchak minoralarining bu diagonal joylashuvi ilgari ham odat bo„lgan, “qaldirg„och qanoti” esa - faqat sitadel burchaklariga kiritilgan, shunda ham faqat shahar devorlari tutashgan va shuning uchun minoralarning diagonal o„rnatilishi imkonsiz bo„lganlarida istesno hisoblanadi. Angqa qal‟a qo„rg„on devorining tuzilishi quyidagi ko„rinishni bergan: minoralar devor tekisligiga nisbatan ancha surilgan. O„rta minoralar burchakdagilardan kichik, oxirgilari to„lqin g„ovlariga o„xshash ancha oldinga turtib chiqib, devor burchagini chirmab olgan. Minoralarning bunday tuzilishi mudofaa inshootlarining takomillashuvi jarayonini belgilab bergan. 45 Qadimgi Xorazm qal‟a-turar joylarining o„ziga xos tarhiy tuzilishini kichik Qavat qal‟a va Qo„yqirilgan qal‟ada ko„ramiz. Ularni antiklikdan o„rta asrlarga o„tish davriga oid deb bilish mumkin. Ularning asosida tarhda to„g„ri to„rtburchak yoki aylanani namoyon qiluvchi kichik istehkomli uy yotadi. Turar joy binolari chamasi kichik Qavat qal‟adagi kabi devor bo„ylab joylashadi yoki Qo„yqirilgan qal‟adagi kabi yaxlit massivni tashkil qiladi. Bu qal‟alar uchun ikkinchi tashqi devorlar xarakterlidir. Qal‟alarning bu turlari o„z tarhi bo„yicha chegaradagi qal‟alarga yaqin, ular uchun ikki vazifaning - himoya va savdo vazifalarining chambarchas aloqasi xarakterlidir. Ular osongina harbiy negizdan savdo va ayirboshlash markazlariga, karvonsaroylarga aylantirilgan. Tohiriya (Doya xotin) binosi bunga misol bo„la oladi, VI asrda yuzaga kelgan qal‟a o„rnida XII asrda karvonsaroy paydo bo„lgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling