Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


  Qadimgi davr O„rta Osiyo me‟morlarining


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

4. 
Qadimgi davr O„rta Osiyo me‟morlarining
me‟moriy-rejaviy usullari 
 
O„rta Osiyo manzilgohlarining asosiy dastlabki shakllari “yashash joylariga 
ega devorli manzilgohlar” va “yalpi qurilishli magzilgohlar” turidagi jamoa uylari 
bo„lgan. 
“Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar” eng avval bo„sh maydonning 
bir qismini yashash xonalari to„g„ri to„rtburchagi bilan yopib, qurilmalar 
joylashuvida qandaydir rejali tartib o„rnatadi. Bu yerda hali hech qanday me‟moriy 


28 
g„oya yo„q, hammasi faqat tor amaliy zaruratdan kelib chiqilgan. Atrofi binolar 
bilan o„ralgan hovlining rejaviy g„oyasi faqat keyinroq, masalan, Kushonlar davri 
qal‟a qurilishlarida o„z aniq me‟moriy yechimiga ega bo„lgan. 
“Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”ni hali shahar deb atash mumkin 
emas edi, bu ko„proq faqat ulkan o„lchamlargacha kattalashgan turar joylardir. 
Ularning me‟moriy-rejaviy g„oyasi antik davr O„rta Osiyo shaharlarining 
shakllanishida foydalanilgan va uning yashash xonalari bilan birlashgan mudofaa 
devorlarida aks etgan. 
“Yalpi qurilishli manzilgohlar” (manzilgohlar-tepalar) o„z rivojining birinchi 
bosqichlarida bir xil, bir ko„rinishli, o„zaro birlashuvchi xonalarning yalpi 
massivini tashkil qilgan. Xonalarning arxaikroq shakli - birmuncha keyinroq, turar 
joy massivi aniq chegaraga ega bo„lgandagina paydo bo„lgan. 
“Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”dan kichikroq “yalpi qurilishli 
manzilgohlar” shahar nomiga da‟vogarlik qilishi mumkin. Bu faqat ko„proq yoki 
kamroq tasodifiy, atrofi imoratlar bilan o„ralgan katta uylardir. Keyinroq bu 
manzilgohlar qal‟a devorlari ichida antik davr uchun xarakterli bo„lgan kvartal-
guruhlar tashkil qilgan holda birlashadi.
Shaharsozlik madaniyati rivojining ilk bosqichlaridayoq ikki me‟moriy-
kompozitsion usulning shakllanishi haqida gapirish mumkin- maydonlarning 
aylana va to„g„ri burchakli qurilishlari. Ular qadim davrlar urug„doshlik 
jamolarining dastlabki shakllarida - tarhda aylana va to„g„ri to„rtburchak (masalan, 
“uzun uylar”) amalga oshiriladi, shuningdek alohida turar joylarni yaxlit 
kompleks-manzilgohlarga guruhlashning dastlabki amaliyotida namoyon bo„ladi. 
O„rta Osiyoning qadimgi turar joy inshootlaridan bizning kunlargacha 
poydevorlar va devorlarning alohida joylari qoldiqlarigina yetib kelgan. Ular 
bo„yicha faqat tarh shaklini tiklash mumkin, ammo inshoot hajmiy shakli haqida 
fikr yuritish qiyin. Qadim davrlar inshootlaridan biror badiiy g„oyalarni kutish 
ehtimoldan uzoq. Hammasi tor amaliy zaruratga bo„ysundirilgan. Me‟moriy-
kompozitsion usullar ancha keyinroq ishlab chiqiladi, qadim davrlardanoq ikki 


29 
asosiy me‟moriy-rejaviy usullari ko„zda tutilgan: ochiq hovli atrofida qurish va
yonma-yon xonalarga ega yalpi qurilma. 
Qadimgi Xorazm atrofidagi Jonboz qal‟a va Ayoz qal‟a manzilgohlari bu 
usullarning rivojlanish va takomillashish namunasi bo„lib xizmat qila oladi. Ular 
to„la-to„kis keyingi, kanguy-kushon davriga tegishlidir. Yalpi massiv 
ko„rinishidagi yonma-yon joylashgan xonali inshootlar Jonboz qal‟a, qal‟a-
shaharning ikki ulkan turar joy guruhlarida o„zining aniq ishlovini topgan. Ochiq 
hovli atrofida yashash xonalarining guruhlanishi Ayoz qal‟ada namoyon etilgan. 


30 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling