Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Jamoa uylari - “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2.
Jamoa uylari - “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar” Xorazm “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”i to„rt tomondan mudofaa devorlari bilan o„ralgan yopiq maydondan iborat bo„lgan. Ularda bir necha qatorda yashash xonalari bo„lgan. Himoya devorlari bir vaqtning o„zida tashqi qator xonalarining devori hisoblangan. Ichkaridagi qurilmalarsiz maydon jamoa chorvasi uchun mo„ljallangan. Jamoa-urug„chilik davridagi Xorazm uzun uyi (Jonboz qal‟a manzili) devor qalinligidagi yashash xonalarining namunasi bo„la oladi. Inshoot qumtepa cho„qqisida bunyod etilgan va ko„ndalang devorli cho„ziq to„g„ri burchakli xonani tashkil etgan. Irokezlar - indeyes qabilalari guruhining “uzun uylari” umumiylik sabab, shunday ko„rinishni tashkil qilgan, 30 22 m gacha borgan butun uzunlik bo„ylab keng o„tish joyi bo„lgan. U uyni, markaziy yo„lakka chiquvchi xonalarning ikki qatoriga ajratgan. Juft-juft bo„lib joylashgan har bir to„rt xonaga o„choq qurilgan, undan yashovchilar birgalikda foydalanganlar. Xorazm “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”i - Avestoda ta‟riflangan “vara”- afsonaviy mudofaa qilingan manzilgohning real tasviridir. Avestoning mashhur qahramoni Yima Jamshid “har to„rt tomoni ot yugurishi uzunligidagi “vara”ni odamlar uchun turar joy, har to„rt tomoni ot yugurishi uzunligidagi “vara”ni chorva uchun molxona sifatida qurgan. U yerga xatr uzunligi (taxminan 1,5 km) yo„nalishida suv o„tkazgan. U yerda turar joy, uy, qubba, hovli, har tomondan yopiq joy qurdirgan. Qurilmaning keng qismida 9 o„tish joyi, o„rta qismida 6, tor qismida 3 o„tish joylarini qildi, va u kirish joyi bilan yorug„lik tuynugini joylashtirdi”. Yana ko„rsatilganki, qurilma “o„n ming kichik tuynuklarga ega bo„lgan, ularni bu manzilgoh devorlarini zich qatorlari bilan qoplagan shinaklar kabi izohlash mumkin”. Xorazmda, 1937 yildagi arxeologik qazilmalar tomonidan Toshhovuz viloyatining qadimgi sug„orma yerlarida shu turdagi “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar” - eramizgacha IV-III asrlarga tegishli Ko„zaliqir va Qal‟aliqirlar topilgan. Ko„zaliqir manzilgohi devorining shakli uning o„zi joylashgan do„nglik rel‟yefini takrorlaydi. Devorning uzunligi 1000 m, o„rtacha kengligi 400 m. Qal‟aliqir manzilgohi - 1000 x 720 m o„lchamli to„g„ri to„rtburchak shaklida. Yashash devorlaridan tashqari, bu yerda yashash uchun moslanmagan qurilmalar ham bo„lgan, ularning vazifasi noma‟lum. Qal‟aliqirning shimoli-sharqiy burchagi yaqinida murakkab rejadagi katta ibodat binosi - dafn etish joyi joylashgan. Qal‟aliqirning mudofaa sistemasi o„z vaqti uchun yetarlicha mukammal ishlangan deb hisoblash mumkin. Devor uzunligi bo„ylab ko„plab minoralar bor. Har bir devor markazida - labirint ko„rinishidagi darvoza oldi qurilishiga ega kirish darvozalari mavjud. 23 Uzunligi 12 km gacha bo„lgan to„g„ri burchakli baquvvat xom g„ishtli devorlar, kengroq joylarida 9 ta, tor joylarida esa 3 ta (Ko„zaliqir kabi), odamlar uchun turar joyi bo„lib xizmat qilgan va ochiq hovlini (chorva uchun molxona) o„ragan parallel yo„laksimon xonalar - Avestoda tasvirlangan ko„rinish mana shunday, real haqiqat bilan tamomila mos keladi. Qadim O„rta Osiyodagi arxaik shaharlar va istehkomli manzilgohlarning katta qismlari Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlarining tarixchilari (Arrian, Kursiy, Strabon) tomonidan qayd etiladi. Ular turli shaharlar devorlari aylanasini goh 32 stadiy (5 km), goh 60 stadiy (9 km), goh 80 stadiy (12 km), goh 150 stadiy (23 km dan ortiq) deb ko„rsatadilar. So„g„dning yirik shahri - Maroqanda tashqi devori ichidagi sitadelni hisoblaganda (Kursiyda) 70 stadiy (11 km) ga teng bo„lgan. Odatda bu raqamlarni bo„rttirilgan deb hisoblaydilar, ammo ular, umuman, Avestoning “ideal shahar” devorlari uzunligiga (12 km) qanday bo„lsa, qadim Xorazmning real oddiy shahri Ko„zaliqir devorlar uzunligiga (3 km) ham xuddi shunday muvofiq keladi. Xuddi shu ma‟lumotlar manzilgohlarning tabiiy tepaliklarda joylashuvini tasdiqlaydi. Xorazm “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”ini va L.Morgan tomonidan ta‟riflangan Missisipi daryo havzasidagi “tepaliklar quruvchilari”ning manzigohlari-puebloni bir-biri bilan taqqoslash mumkin. Tepaliklar 3-3,5 m balandlik, asosi 14-15 m gacha kenglikdagi monolit tuproqli sokoldan iborat bo„lgan. Manzilgoh-pueblo taxminan 200 x 200 m li to„g„ri to„rtburchak ko„rinishidagi yettita “uzun uylar”dan tashkil topgan. Butun guruh qurilmalarsiz keng hovli atrofidagi alohida uylarning mexanik birikuvidan iborat bo„lgan. Bu inshootlarning qandaydir darajada Avestoning istehkomli manzilgohi “vara” bilan o„xshashligi bor. Ularda turli miqdordagi xonalar - inshoot devorlari har birining orasidagi o„tish yo„llari qayd etilgan. Bu jamoa binolari asta-sekin, avlodma-avlod qurilgan. Yonidagi qurilmalar zaruratdan kelib chiqib bunyod etilgan. Inshootlarning katta o„lchamlarini uzoq davr mobaynida ularning o„sishi bilan tushuntirish mumkin. 24 “Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”ning, qadimgi shaharlarning bu anchagina arxaik turining rejaviy sistemasi O„rta Osiyo hududida uzoq vaqtgacha mavjudlikni davom ettiradi va Cherman-yob qadimgi arig„idagi (qadimgi Xorazm) kichik tepalik qiyaligida joylashgan va 425x140 m li devor bilan o„ralgan. Govur qal‟a manzilgohi kabi anchagina kechki inshootlarda namoyon bo„ladi. Devor bo„ylab 2-4 qatorda bir turdagi xonalar tutash tasma holida tizilgan. Ichki maydon biror qurilmalar qoldig„iga ega emas. Bu turning boshqa masshtabdagi rivojini O„rta Osiyo, masalan Xorazmda ancha kechki qal‟a qurilishida kuzatish mumkin. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling