Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Beshinchi bobi - feodalizmning temuriylar davri(XV asr)dagi yuksak rivoji
davrini qamrab oladi. Bu vaqtga kelib O„rta Osiyoning mehnatkash ommasi mo„g„ul bosqinchiligi vaqtida kuchli zarar ko„rgan dehqonchilik xo„jaligini bir qadar tiklaydilar, ammo irrigatsion qurilmalar ilgarigi hajmida yangilangani yo„q. Vayron bo„lgan shaharlar yangitdan barpo etilgan. Madaniy hayotning yangi ravnaqi uchun zamin yaratilgan. XVI asrda hokimiyatning temuriylardan shayboniylarga o„tishi O„rta Osiyo ijtimoiy tuzumining biror ahamiyatli o„zgarishi bilan amalga oshmagan. Feodal zulmi ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to„sqinchilik qilgan. Mamlakat iqtisodiy qoloqlik holatida bo„lgan, bu esa patriarxal va quldorchilik munosabatlari qoldiqlari bilan chigallashib, inqirozga yuz tutgan feodal tizimning turg„un xarakterini yuzaga keltirgan. XIX asr o„rtasida O„rta Osiyo Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Har bir bob materiali uch mavzu atrofida guruhlashadi: a) shahar me‟moriy- rejaviy xususiyatlari, uning rivojining u yoki bu tarixiy bosqichida; b) turar joy qo„rg„oni, kvartal va turar joy binosi shaharni hosil qiluvchi muhim omil sifatida; v) O„rta Osiyo me‟morlari tomonidan ilgari surilgan kompozitsion usullar. Bizni qiziqtirgan me‟moriy-rejaviy masalalarni, turli tarixiy davrlar uchun bir xil mukammallik va batafsil tushuntirish mumkin emas. Asosan, sun‟iy sug„orish O„rta Osiyoning tabiiy sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etgan. U ulkan darajada aholi punktlarining u yoki bu joyida faqat joylashuvini emas, balki ularning rejaviy yechimini ham belgilab bergan. Ammo aholi joylarining rejaviy tuzilishini, irrigatsion tizim bilan o„zaro aloqasini, ayniqsa bunday inshootlarning ozgina qoldiqlari saqlanib qolgan uzoq davrlar uchun doim ham kuzatishga muvaffaq bo„linavermaydi. Ekspluatatsiya qilinayotgan shahar va qishloq aholisi asosiy ommasining turar joy binolarini o„rganishda bundan katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Tarix o„zining moddiy yodgorliklarida odatiy ommaviy xalq turar joylarining me‟moriy- rejaviy tavsifi uchun deyarli material qoldirmagan. Qadim vaqtlardan faqat poydevorlarning arzimagan qoldiqlarigina yetib kelgan, ularga ko„ra qiyinchilik 15 bilan turar joylarning umumiy qiyofasini tasavvur etish va alohida xonalarning vazifasini aniqlash mumkin xolos. Anchagina keyingi vaqtlardan, asosan hukmron sinflar va badavlat shaharliklar namoyondalarining mustahkam qurilgan turar joylari qoldiqlarigina saqlanib qolgan. Kambag„al ekspluatatsiya qilinuvchi sinflarning turar joy binolari allaqachon yer yuzidan yo„q bo„lib ketgan. Shuning uchun turar joy qo„rg„oni, kvartal va turar joy binosi rejasi masalasini shaharni hosil qiluvchi muhim omil sifatida qarab, yalpi shahar binolari muhokamasini yetarlicha badavlat mayda hunarmand va savdogarlarning turar joy qo„rg„onlari doirasida chegaralab, asosan aholining nisbatan ta‟minlangan guruhi turar joylari bilan ish olib borishga majburmiz. Aholining muhtoj qatlamlariga kelsak, ular Amir Temur saroyidagi ispan elchisi Rui Gonsalez de Klavixo o„sha davrlardagi Samarqand haqidagi o„zining mufassal tavsifida bayon qilganidek, “daraxtlar tagida va g„orlarda” hayot kechirib, ba‟zida hatto oddiy turar joyga ham ega bo„lmagan. Materialning oddiy, ommaviy turar joylar bo„yicha bunday chegaralanishi mustabid-hukmdorlar va vorislik huquqiga ega feodallarning muhtasham inshootlari bilan yonma-yon mehnatkash aholining najotsiz muhtojligi hukmron bo„lgan qadim va o„rta asrlardagi O„rta Osiyo shaharlarining asl manzarasini keng ko„lamli namoyon qilishni murakkablashtiradi. Feodal shaharning ijtimoiy qarama-qarshiliklarini ochishda bizga ba‟zi bir, shunda ham yetarlicha bo„lmagan yordamni etnografik material bera oladi. O„rta Osiyo shaharsozligi tarixi uzluksiz ravon oqimga o„xshaydi. Tarixiy davrlar almashinishi eskirgan va yangi tug„ilgan o„rtasidagi, dramatik voqealarga to„la va ko„pgina madaniy an‟analar halokati bilan bir vaqtda davom etuvchi sinfiy kurash vaziyatida yuz bergan. Ammo bosqinchilar va hukmdorlar kelgan va ketgan, xalq esa qolgan va har bir keyingi tarixiy bosqichda qaysidir darajada ilgarigi progressiv jihatlarni o„zlashtirgan va davom ettirgan. Bu turli xildagi me‟moriy-rejaviy usullarni birlashtiruvchi umumiylikni ajratib ko„rsatishga yordam beradi va har bir tarixiy davr chegaralarida badiiy an‟analar rivojini, O„rta Osiyo xalqlari shaharsozlik tarixining har bir keyingi davrini belgilab, yangi 16 sifatlarga o„sib o„tgan qirralarning asta-sekin shakllanishini tushunish imkonini beradi. Hozirgi O„rta Osiyo xalqlari - o„zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg„izlar, qoraqalpoqlar faqat mahalliy emas, balki chetdan kelgan xalqlardan kelib chiqdi; ular orasidagi o„zaro aloqa zamonaviy O„rta Osiyo millatlarining tugal shakllanishiga olib keldi. Qadim So„g„d, pirovardida somoniylar davlatining asosiy yadrosi, tojiklar, keyin esa o„zbeklarning ham jipslashuv hududiy bazasi bo„lgan. Qoraxoniylarning o„rta asrlar davlati va uning o„rniga hokimiyat tepasiga kelgan temuriylar davlati, qadimiy Xorazm hududida o„zbek millatining yuzaga kelish jarayoni yuz bergan. Qadim davrlarning massagetlar qabilaviy ittifoqlari, keyin esa o„rta asrlar g„arbiy o„g„uz birlashmalari turkman millatining asosi bo„ldi. Sak qabilaviy ittifoqlari, keyinroq esa sharqiy qipchoq birlashmalari hozirgi Qozog„istonning ulkan hududini egallagan. Faqat XX asr boshida, qabilaviy guruhlarning etnik tarqoqligiga chek qo„yilgandagina, feodalizm qoldiqlari yo„q qilingandagina, hududiy umumiylik o„rnatilganda, milliy tillar shakllanishi tugagandagina va mamlakat siyosiy, iqtisodiy va madaniy uyg„onishining keng yo„li ochilgandagina mamlakatda O„rta Osiyo elatlarining asta-sekin shakllanishining murakkab jarayoni yakun topdi. O„zbekistonda har bir xalqning o„z milliy madaniyati rivojidagi xizmati va intilishlari yuqori baholanadi. O„zbek xalqi har bir millat, u xoh katta yoki kichik bo„lsin faqat ungagina tegishli va boshqa millatlarda bo„lmagan o„z xususiyatlariga, o„z spetsifikasiga ega. Bu xususiyatlar shunday hissa, ulush hisoblanadi, uni har bir millat dunyo madaniyati umumiy xazinasiga olib kiradi va to„ldiradi, boyitadi. Shu ma‟noda, hamma millatlar – hoh u kichik, hoh katta bo„lsin, bir xil holatda va har bir millat har qanday boshqa millat bilan teng ahamiyatlidir. Shaharlarni ta‟mirlash bo„yicha O„zbekiston me‟morchiligi fani oldida va amaliy xizmatchilari oldida vazifa turibdi- O„rta Osiyoning o„ziga xos sharoitida 17 milliy shaharsozlik an‟analarining progressiv jihatlarini ochish va ularni shaharsozlikning zamonaviy vazifalari bilan bog„lash. Biz shuni yodda tutmog„imiz kerakki, tarixni yaxshi qilib ham, yomon qilib ham bo„lmaydi, negaki tarixiy haqiqatni buzib ko„rsatish o„tmish merosidagi qoloq va konservativ jihatlarga tanqidiy munosabatni sustlashtiradi, sinfiy, g„oyaviy ziddiyatlarni yumshatishga olib keladi. Biz o„tmish merosidagi ilg„or, progressiv jihatlarni, qoloq, reaksion jihatlardan ajrata olishimiz, ular orasidagi kurashni anglay olishimiz zarur. Asrlar davomida yuzaga kelgan milliy an‟analarni qotib qolgan va o„zgarmas deb bo„lmaydi, ular hayot sharoitlari bilan birgalikda o„zgaradi. Milliy an‟analarda xalqning tarixiy ezgu orzu-umidlarini, uning eng yaxshi hissiyotlarini, uning ko„ngildagi umidlarini tarannum etuvchi, yuksalishga yordam beruvchi va o„z zamonasining badiiy oliy maqsadlarini ifodalovchi hamma narsa qimmatlidir. O„rta Osiyo shaharlarining keng va xilma-xil me‟moriy-rejaviy merosida bizning e‟tiborimizni eng gullab-yashnagan davr va o„ziga xos jihatlargina jalb qilishi kerak. Ular eng avvalo shahar rejasi uzviyligida majmuani shakllantiruvchi binolarning badiiy sifatida, nisbiy munosabatlarning alohida sistemasida va to„g„ri topilgan me‟moriy masshtabda namoyon bo„ladi. O„rta Osiyo shaharlari me‟moriy qiyofasining shakllanishida uning ifodaviy rang-barang silueti katta ahamiyat kasb etadi. Mahobatli binolar quruvchilari rangni baholay olgan va undan ustalik bilan foydalana olgan. O„rta Osiyo shaharlari rivojining har bir tarixiy bosqichida rang masalalari o„ziga xos va tabiiy yechimini olgan. O„rta Osiyo me‟morchiligining bu an‟anaviy sifatlari zamonaviylikda munosib davomini topishi kerak. Biz faqat temuriylar va shayboniylar musulmon badiiy madaniyatining boshqalardan yaxshiroq saqlangan feodal yodgorliklarigagina emas, shuningdek boshqa tarixiy davrlar yodgorliklariga ham, masalan, rivoji O„rta Osiyo hududida o„z muayyan qirralariga ega bo„lgan quldorlik antik yodgorliklariga ham bir xil huquq bilan murojaat qilishimiz mumkin. O„rta Osiyo badiiy va shaharsozlik madaniyati rivoji qadim davrining bizga tanish yodgorliklari doirasi taniqli olimlar 18 – me‟morlar, arxeologlar, tarixchilar va san‟atshunoslarning faol ishlari natijasi o„laroq kengayib bormoqda. O„zbek fani respublikamiz xalqlari tarixiy o„tmishi haqida ko„plab yangi ma‟lumotlarni aniqlaganidan keyin to„liq oydinlashdiki, ularning rivoji o„z yo„lidan borgan, ular xususiy moddiy asosda o„ziga xos madaniy qadriyatlarni shakllantirganlar. Shu bilan birga, O„rta Osiyo xalqlari har birining madaniy rivoji ular tarixiy taqdirining turli-tumanligiga qaramay, doimiy o„zaro aloqada bo„lgan. Bu bizga har bir xalqning madaniyat umumiy xazinasiga tarixiy hissasi darajasidan qat‟iy nazar, O„rta Osiyo shaharsozligini XX asr boshigacha O„rta Osiyo zamonaviy xalqlari har birining respublikalari hozirgi chegaralarida aynan qanday qadimgi inshootlar saqlanganligiga qaramay, ularga murojaat qilish huquqiga ega me‟moriy meros sifatida qarab chiqish mumkin, deb hisoblash huquqini beradi. O„rta Osiyo shaharsozligi o„tmishiga chuqur nazar solish, shaharlarning tarixiy shakllanish yo„llarini anglash, o„zbek shaharsozligiga yordam berishi kerak. Hamma eski narsalar yangisi uchun xizmatga qo„yilishi kerak. Mana, nima uchun shaharlardagi imoratlarda va qadim mahobatli binolar qoldiqlarida moddiy ifodalangan tarixni astoydil asrab-avaylash zarur. Xalq ustalari - qadim an‟analarni davom ettiruvchilarning zamonaviy qurilishdagi faol ishtiroki ham uzluksiz ravnaq va rivoj yo„lida borayotgan respublikamiz badiiy madaniyatining bundan keyingi mukammallashuviga yordam berishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling