Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

 
 
 



SO„Z BOSHI 
 
O„rta Osiyo hududida joylashgan O„zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, 
Qirg„iziston va qisman Qozog„iston qadimda va o„rta asrlarda butun dunyoda 
ulkan ahamiyatga ega bo„lgan va insoniyat tarixida hali to„laligicha baholanmagan; 
u o„z hududida dunyo ahamiyatidagi yodgorliklarni - yirik shaharlar, qadimiy 
qal‟alar, ajoyib binolar vayronalari va sug„orish sistemalari qoldiqlarini saqlab 
kelmoqda. 
O„zbekiston – qadimgi tamaddun, boy madaniy meros va yuksak shaharsozlik 
an‟analari mamlakati. Ko„plab katta va kichik shaharlarning yoshi ming yilliklarni 
tashkil etadi. O„zbekiston Respublikasi va YUNESKO qarori bilan mustaqillik 
yillari Buxoro, Xiva, Termiz, Qarshi, Shahrisabz, Samarqand, Marg„ilon, Toshkent 
kabi tarixiy shaharlarning yubileylari keng nishonlandi. 
Mustaqillik yillarida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 
rahbarligi ostida mamlakatimiz shaharlarining bir necha me‟moriy shaharsozlik 
loyihalari amalga oshirildi. 
O„zbekiston tarixida birinchi marta Oliy Majlisning “Shaharsozlik kodeksi”ni 
joriy etishi (2002 yil); shaharsozlik amaliyoti uchun, ayniqsa respublika iqtisodiy 
rivojlanishining yangi bosqichida, uning roli va yuksak ahamiyatini baholash 
qiyin. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qator Farmonlari, Hukumat 
qarorlarini alohida ta‟kidlab o„tish joiz, ularda respublika shaharlari va aholi 
yashaydigan joylarni yaxshilashga qaratilgan vazifalar aniq belgilab berilgan. Bu 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishida, eng avvalo O„zbekiston shaharlarini qayta 
loyihalashda, tarixiy shaharsozlik madaniyatining integratsiyasi katta ahamiyat 
kasb etadi. Ajdodlar tajribasidan istalgan miqdorda ko„p narsa olish mumkin. 
Tabiiy iqlim omillarini hisobga olib, asrlar davomida yuzaga kelgan qadimgi 
qurilish madaniyati, yuqori me‟moriy an‟analarning eng yaxshi jihatlari maxsus 
tadqiq qilish xalqning ma‟naviy madaniyatini, amaliy ma‟noda esa me‟moriy-
shaharsozlik usullari zahirasini boyitadi va kuchaytiradi. 



Sobiq sho„rolar davrida O„zbekiston shaharsozligining eng qadimgi davrini 
m.av. IV a. - Makedoniyalik Iskandar davri bilan bog„lashar edi. Chunonchi, 
sho„rolar davrining ensiklopedik nashrlarida O„zbekiston hududidagi eng qadimgi 
shaharlar sifatida Jonboz qal‟a (m.avv. IV a.), Qo„yqirilgan qal‟a (mil.avv. IV- mil. 
IV a.a.) va Tuproq qal‟a (mil.avv. I-mil VI a.a.) lar ko„rsatib o„tilardi. Fikrimizning 
isboti sifatida XX asrning me‟morchilik tarixiga oid eng nufuzli nashri, 12 tomlik 
“Всеобщая история архитектуры” (Umumyaxlit me‟morlik tarixi) to„plamining 
1-tomida Markaziy Osiyoda shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelishi bilan 
bog„liq bo„lgan eng qadimgi davlatlarning shakllanish tarixi mil.avv. bir minginchi 
yilning ikkinchi yarmidan nariga o„tmagan. 
Holbuki o„sha davrlarning o„zidayoq ilk shahar oldi madaniyati bilan bog„liq 
bo„lgan, yuksak qurilish madaniyatini ifodalovchi, mil.avv. II-I ming yilliklar bilan 
belgilangan Namozgohtepa, Sopollitepa arxeologik yodgorliklari ma‟lum edi. 
O„zbekiston o„z mustaqilligiga erishganidan so„ng madaniy qadriyatlarni tiklashga 
qaratilgan dasturiy o„zgarishlar yuzaga keldi. Buning amaliy natijasi sifatida qisqa 
muddat orasida O„zbekiston fani bu o„lkada barqaror shaharsozlik madaniyati 
m.avv. birinchi ming yillikning birinchi yarmi bilan bog„liqligini ko„rsatdi. Bu 
ilmiy dalilni YUNESKO xalqaro miqyosda e‟tirof etishi tufayli o„tkazilgan Xiva 
va Buxoro shaharlarining 2500 yilligi, Qarshi va Shahrisabzning 2700 yilligi va 
Samarqandning 2750 yilligining nishonlanganligini ta‟kidlab o„tish mumkin. Mana 
shu narsa olimlarimiz oldiga O„zbekistonda shaharsozlik madaniyatining 
shakllanishini yangicha nuqtai nazardan qayta ko„rib chiqilishini taqozo etadi. Bu 
sohada so„nggi yillarda talaygina ishlar amalga oshirildi. Jumladan yuqorida 
nomlari keltirilgan shaharlar yoshini nishonlash munosabati bilan o„tkazilgan ilmiy 
anjumanlar, O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arxeologiya 
instituti, San‟atshunoslik instituti, Toshkent arxitektura-qurilish va Samarqand 
me‟morchilik-qurilish institutlarida Davlat prioritetlari asosida olib borilayotgan 
fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda qator e‟lon qilingan ishlar fikrimiz 
dalilidir. 



Binobarin, 
hozirgacha 
ma‟lum 
bo„lgan 
ma‟lumotlar 
asosida 
mamlakatimizdagi eng qadimiy shaharlar 2700-2750 yillik tarixga ega ekanligi 
haqidagi umumiy tan olingan dalilni ta‟kidlab, O„zbekistonda ilk shaharlar 
taxminan 3400-3000 yil ilgari yuzaga kelgan bo„lsa kerak degan g„oyani ilgari 
surmoqchimiz. Buning qo„yidagi kamida uch asos va manbai mavjud: 
Birinchisi - otashparastlikning muqaddas kitobi "Avesto"da "var" yoki "vara" 
ko„rinishidagi qal‟a qurilishi haqida so„z boradi. Olimlar bu qal‟ani shahar deb 
tushunishadi. Me‟morchilik fanlari doktori M.Q.Ahmedovning tadqiqotlari var 
yoki varalar o„tmishda shahar-qal‟alar bo„lganligini isbotlab, uning XX asrgacha 
davom etib kelgan Oltoy va Turon turkiylari yarim ko„chmanchi, yarim o„troq 
madaniyatiga xos bo„lgan chodirli shaharlar ko„rinishida bo„lganligini isbotlaydi. 
Garchi "Avesto" yaratilishining 2700 yilligi nishonlangan bo„lsada, ko„pchilik 
olimlar uning vujudga kelishini mil.avv. II ming yillik bilan bog„lashadi. Demak 
"Avesto" da madh etilgan "var"- shahar ham taxminan uch ming yildan ziyod tarix 
bilan bog„liq bo„lgan. 
Qadimgi "var" ko„rinishidagi shahar-qal‟alar juda ko„plab qurilgan bo„lsa 
kerak deb taxmin qilish mumkin. Bu fikrning isboti sifatida sobiq Buxoro amirligi 
aholi yashash punktlari toponimikasida "var" iborasi bilan boshlanuvchi 25 dan 
ortiq nomlarning saqlanib qolganligini ko„rsatib o„tish mumkin. Ulardan bir 
nechtasini eslatib o„tamiz: Varaxsha (Buxorxudodlar shahri), Vardanza 
(Shofirkonda), Varak (Karmanada), Varak qishloq (Yakkabog„da), Varvoti Arbob 
(Hisorda), Varganza (Kitobda), Varduj (Qorateginda), Variston (Ziyovuddinda) va 
boshqalar. Shuningdek 20 ga yaqin "far" iborasi bilan boshlanuvchi atamalar ham 
borki, ularni "var" toponimining buzilib talaffuz etilishi deb taxmin qilish mumkin. 
Chunonchi Farmushak (Baljuvonda), Farashti (Hisorda), Faraxchi (Ko„lobda) va 
boshqalar. 
Varlarni Ko„zali qir, Qal‟ali qir, Ayoz qal‟a singari qadimiy qal‟alar bilan 
qiyoslashadi. Bunday qal‟alar atrofi to„g„ri to„rtburchakli, koridorli mudofaa 
devorlari bilan o„rab olingan maydonni tashkil etadi. Ular kirish devoridan bo„rtib 



chiqib turgan labirintli darvozaxona tarzida bo„lgan. Ayoz qal‟ada kirish bir 
tomondan, Qal‟ali qirda to„rt tomondan joylashgan. 
Ikkinchisi - m.avv. II ming yillik bilan belgilangan Sopollitepa arxeologik 
yodgorligi 82x82 m o„lchamli shunchalik mukammal qal‟ani tashkil etadiki, uni 
qurgan jamoaning yaqin avlodlari yuksak shaharsozlik madaniyatini yaratgan deya 
taxmin qilish mumkin. 
Uchinchisi - Abu Rayhon Beruniy o„zining "Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar (Osor ul-boqiya)" asarida Qadimgi Xorazm xalqlari o„z davlatlarini 
Iskandar Zulqarnayn bosqinidan 980 yil ilgari tashkil etganligini, ularning davlat 
tili, yozuvi va boshqa barcha davlatchilik atributi bo„lganligini yozadi.
O„sha 
davrlarda davlatlar shahar-davlat ko„rinishida bo„lganligini hisobga olsak Xorazm 
shaharsozligi tarixi taxminan m.avv. XIV asrga borib taqaladi degan xulosaga 
kelish mumkin. 
Yuqoridagi uch dalilga asoslanib O„zbekiston ilk shaharsozligi tarixi 
taxminan XXXIV asrlik tarixga ega bo„lishi mumkin deya xulosa qilsa bo„ladi. 
Bundan tashqari Amir Temur va temuriylar shaharsozlik madaniyati merosi 
ham alohida o„rganib chiqilishi lozim. 
Amir Temur va temuriylar davri shaharsozlik madaniyati merosi keng qamrovli va 
ko„p qirralidir. Chunki, bu madaniyat XIV-XV asrlarda yer kurrasining rivojlangan 
qismining katta bir hududida tarqalgan edi. Garchi XVI asr boshlarida mazkur 
saltanatning markazi hisoblanmish Movarounnahrda boshqa siyosiy maslak 
mavqega kelgan bo„lsada, temuriylar bunyod etgan tuzum an‟analari Eron, 
Hindiston va boshqa yerlarda davom etib keldi. Uning me‟morchilik va 
shaharsozlik borasida yaratgan manbai esa hali xanuz davom etib kelmoqda. Zero, 
Movaraunnahrda temuriylardan hokimiyatni qo„lga olgan shayboniylar va ularning 
davomchilari paytida ham madaniyat va san‟at o„sha an‟analar vositasida davom 
etdi. 
O„zbekiston moddiy madaniyati sohasidagi so„nggi izlanishlar shuni 
ko„rsatmoqdaki, "Ziji jadidi Ko„ragoniy" kabi olamshumul ilmiy izlanishlari bilan 
dunyo madaniy tarqqiyotiga yuksak hissa qo„shgan Mirzo Ulug„bekning 



shaharsozlik madaniyati merosi ham beqiyos ahamiyatga ega bo„lgan ekan. Buyuk 
olim va sarkarda o„z bobosi ishini davom ettirib go„zal me‟moriy ansambllar 
yaratishga alohida e‟tibor qaratgan ekan. Bugungi ma‟lumotlar Mirzo 
Ulug„bekning ilk inshooti 1417 yilda qurilgan Buxorodagi madrasasi ekanligidan 
dalolat beradi. Mirzo Ulug„bek 1409 yilda otasi Shohrux tomonidan Samarqand 
taxtiga o„tkazilganligini nazarda tutib, uning bunyodkorlik faoliyati 1410-1415 
yillarda boshlangan deya taxmin etish mumkin. Shundan so„ng u uzluksiz ravishda 
katta qurilish ishlarini amalga oshirganligi ma‟lum. Chunonchi 1420 yilda 
Samarqanddagi madrasasi qurib bitkazilgan bo„lsa, 1424 yilda mana shu 
madrasaning janubiy tomonida Xitoyi islimiy yog„och o„ymakorligi bilan 
bezatilgan Muqatta‟ masjidi, turli tusdagi marmarlar bilan ziynatlangan Mirzoi 
nomi bilan ma‟lum bo„lgan hammomi qurilishi hamda Go„ri Amir maqbarasining 
rekonstruksiyasi kabi ishlarni boshlab yuborgan edi. Koshondan Qozi-zoda Rumiy, 
Jamshid G„iyosiddin, Muiddin Koshoniy va Bani Isroildan Salohiddinlarni da‟vat 
etib Mirzo Ulug„bek domanai pushtai Ko„hakda ularning taklifi bilan 1428-29 
yillarda mashhur rasadxonasini bino ettirdi. Uning bunyodkorlik ishlari ulkan 
kompleks va shaharsozlik bilan bevosita bog„liq. 
Bundan tashqari xonliklar davrida Abdullaxon ko„rsatmasiga binoan Buxoro 
shahri, Shohmurod ibn Doniyol ko„rsatmasi va chizmasiga muvofiq Samarqand 
shahri, Xiva xonlari davrida Xiva shahri va boshqa aholi punktlari qayta qurildi. 
Bu ulkan shaharsozlik madaniyati chuqur o„rganilmagan va tadqiqot olib borishni 
talab qiladi. 
Ushbu qo„llanmaning asosini arxitektura doktori V.A.Lavrovning 
“Градостроительная культура Средней Азии” (M.1950) kitobi tarjimasi tashkil 
etadi. Shuningdek, arxitektura doktorlari M.Q.Ahmedov, P.SH.Zohidov, 
SH.D.Asqarov, 
I.M.Azimov, 
T.F.Qodirova, 
arxitektura 
nomzodi 
T.SH.Mamatmusayev kabi olimlarning, arxeologlarning yangi izlanishlari 
e‟tiborga olinib, qisman yoritilgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling