Kurs ishi mavzu: Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati Termiz-2022 mundarija kirish
Download 63.01 Kb.
|
Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va tavsiyalar . Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . Ilovalar . Kirish.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI III-BOSQICH 220-GURUH TALABASI VOHIDOV PARVIZNING TARIXIY O’KLASHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN KURS ISHI Mavzu: Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati Termiz-2022 MUNDARIJA Kirish.……………………………………………………………………..…...3-bet I Bob. Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati 1.1. Sopollitepa madaniyatining arxeologik o`rganilish tarixi……………..…6-bet 1.2. Sopollitepa madaniyatida yozuv va taqinchoqlar……...............................13-bet II Bob. Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari 2.1. Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari ……………………..19-bet 2.2. BMAK ning ilmiy yangiliklari……….….…………………………..33-bet Xulosa va tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Ilovalar. Kirish. “Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumda qatnashish uchun mamlakatimiz hududlari va 80 dan ortiq xoriji davlatlardan kelgan dunyo ilm-fani vakillari – taniqli arxeolog olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Muhtasham Sanʼat saroyida oʻtkazilayotgan forumning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi F. Abduholiqov, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Fransuz milliy ilmiy tadqiqotlar markazining tadqiqotlar boʻyicha faxriy direktori, professor P. Lerish, AQSHning Xofstra universiteti Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha dasturi direktori, professor A. Naymark va boshqalar Surxon vohasining milliy va dunyo davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni, ilm-fan, sanʼat va madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek,bu yerda ilk bor oʻtkazilayotgan arxeologik konferensiyaning ahamiyati haqida soʻz yuritishdi. Tadbir davomida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati ilmiy kengashi raisi, akademik E.Rtveladzening video tabrigi, shuningdek, “Oks Iskandariyasi – Kampirtepa: Oks boʻyidagi shahar-qalʼa” hamda “Kushon merosi” nomli videoroliklar namoyish etildi. Shoʻbalarga boʻlingan holda davom etgan konferensiya ishida taniqli sharqshunos olimlarning Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo va dunyo tarixining soʻnggi olamshumul kashfiyotlari haqidagi shov-shuvli maʼruzalari tinglandi.1 Oʻzbek-Fransuz ekspeditsiyasi 1993-yildan buyon Surxondaryodagi bir necha tarixiy yodgorliklar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda, -deydi Fransiya milliy ilmiy tadqiqotlar markazi professori P. Lerish. – Manimcha, jahon sivilizatsiyasi tarixini oʻrganishda Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklar muhim oʻringa ega. Jumladan, ____________ Download 63.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling