Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Jamoa uylari - “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar”
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
3.
Jamoa uylari - “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar” (qadimgi shaharlar-tepalar) Xom g„ishtdan qurilgan “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar”ning ancha qadimgi qoldiqlari Anov (Turkmaniston) shimoliy do„ngligining pastki qatlamlarida topilgan. Ular 1928 yilda ochilgan Persepol yonidagi qadim manzilgohga yaqin. Bozor qal‟a atroflaridagi (qadim Xorazm), vaqt ta‟sirida butunlay o„zgarib ketgan katta istehkomli jamoa uyini ham shu yerga kiritish mumkin. Yalpi qurilishlarning xuddi shu usullarini, keyinroq Anov janubiy do„ngligida (eramizgacha uchinchi ming yillikning oxiri), Oqtepa manzilgohi (Ashxobod yaqini) va Namoz tepa (Kaaxka yaqini)da qayd etiladi. “Yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar” O„rta Osiyo hududida: a) yaylovdagi yozgi uy; b) qishloqdagi qishki uy yoki uzoq muddatli boshqa o„zgarishlar kiritilgan holda mavjud bo„lgan. Ular ovloq qoloq joylarda hatto eramizning VIII asrida ham kuzatilgan, bu esa ibtidoiy jamoa an‟analarning barqarorligini ko„rsatadi. Urug„doshlik jamoasining arxaik shakllari deyarli o„zgarmagan holda shahar hayotining ravnaqi va ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi bilan birga mavjudlikni davom ettirdi. Biz O„rta Osiyo hududidagi qadim arxaik “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar”ning yetarli ma‟lumotlari, namunali rejalariga ega emasmiz. 25 Etnografik o„xshamalar sifatida deyarli so„nggi vaqtlargacha saqlangan yagnobetslar jamoa uylarini (tog„li Tojikiston) misol qilib keltirish mumkin. Bu uylar qachonlardir bir urug„ga tegishli bo„lgan, keyinchalik urug„chilik tuzumining yo„q bo„lishi bilan elatlarning alohida guruhlari yashaydigan turar joy- kvartallar qatoriga bo„lingan manzilgohlarni tashkil qilgan. Turar joy - kvartallar yoki shudgorlar orasida sochilgan, yoki tor yo„laklar bilan ajratilgan yagona massivni tashkil qilgan. Bunday inshoot - bir-biriga bog„langan turar joy va xo„jalik xonalariga ega yagona qurilma yoki (murakkab rel‟yefda) bir-birining ustida pog„ona bo„lib joylashgan qurilmalar qatori sifatida esda qoladi. Yangob irmog„idagi Obi-Qul daryosi vodiysidagi Kuli-Mion qishlog„ida tik qiyalikda ikki qavat bo„lib joylashgan uy-kvartal namuna bo„la oladi. Birinchi qavatni umumiy tom ostida bir qatorga cho„zilgan chorva uchun xonalar tashkil qiladi. Ikkinchi qavatda ozgina chekinish bilan xuddi shunday bir qatorga bir tom ostida qatorlashgan yashash xonalari joylashgan. Butun guruhni jamoa (erkak)lar uyi - mehmonxona yakunlaydi. Kuli-Mion qishlog„i aholisi yozda tog„lardagi o„tloqlarga ketgan va yozgi yashash uchun maxsus qurilgan yozlik turar joylarda yashashgan. Kuli-Mion yozgi turar joy kvartali to„qqiz yashash xonasi va chorva mollari uchun uch molxonaga ega to„qqiz xo„jalikni birlashtiruvchi bitta katta qurilmadan iborat. Yozlikning ikkinchi kvartali xuddi shunday, faqat qiyalik bo„ylab qavat-qavat joylashgan turar joylar guruhidan iborat. Birmuncha chetroqda, yo„l bo„yida mehmonlar uchun uy- mehmonxona bo„lgan. Bu yerda o„sha an‟analar, turar joyning o„sha rejaviy turi, faqat soddalashtirilgan va o„lchamlari kichiklashtirilgan. Qadim Xorazm atrofidagi “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar”ning tarhiy sxemasi haqida tasavvurga ega bo„lish uchun nisbatan ancha kechki namuna-Jonboz-qal‟a manzilgohining turar joy guruhlari-kvartallariga murojaat qilish mumkin. Bu yashash xonalarining yagona yaxlit birligi. Yalpi qurilmalardan faqat bir necha ochiq kichik hovlichalar ajralib turadi. Bu yaxlit massivda o„zaro bog„langan urug„lar guruhlari yashaydigan 150-200 ga yaqin xonalar birlashgan. Qadimgi Xorazmning Ayoz qal‟a rayon-rustak g„arbiy qismidagi katta oila qo„rg„oni ham xuddi shunday. 26 O„rta Osiyo hududidagi “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar” bizning kunlargacha turli saqlanish darajasida yetib kelgan. Ulardan ko„plarida, ayniqsa ancha kechki davrlarga tegishli bo„lganlarida umumiy jihatni - yashash xonalarining asosiy birligini asosiy birlik burchaklaridan biridagi yuqori ko„tarilgan qismdan ajralganligini kuzatish mumkin. Chirchiq daryosidagi Yangiyo„l tumani manzilgohlarining tuzilishi ham shunday (Qovunchitepa, Shoshtepa, Olimboytepa va boshqalar). Xorazm manzilgohlari (Tuman qal‟a) va Buxoro vohasining ba‟zi arxaik “tepalari” (Dingiltepa va boshqalar) ham shunday. Farg„onaning shimoli-sharqiy qismi “tepalari”: Oqtepa, Kultepa va boshqalar ham shunday ko„rinishda. Bu ko„tarilgan qism yov bostirib kelganda butun aholi uchun istehkom - oxirgi boshpana bo„lib xizmat qila olgan. Bu yerni hukmdor va kohin rolini bajargan oila boshlig„ining ibodat va doimiy turar joyi deb taxmin qilish joiz. Bosh binoning mavjudligi mulkiy tengsizlikni, oddiy jamoachilik muhitidan ajralib chiqqan badavlat imtiyozli guruhning paydo bo„lganligini anglatadi. Yashash xonalari asosiy qismining tarhiy tuzilishi turlicha. Ko„pgina arxaik manzilgohlarda (Qovunchitepa, Shoshtepa) tabiiy balandliklardan foydalanilgan. Asosiy xonalar do„nglik o„rtasida joylashgan va nisbatan kichik kenglikdagi parallel qubbali yo„lak ko„rinishida xom g„ishtdan qurilgan. Inshootlarning vayronaligi sababli butun turar joy massivining tarhi haqida fikr yuritishning imkoni yo„q. Faqat qubbali galereyalarning alohida qismlarigina topilgan xolos. Yangiyo„l tumani manzilgohlarida asosiy qubbali binoga, ba‟zida yarim aylana ko„rinishida oddiy jamoachilarning turar joy qurilmalari tutashadi. Butun turar joy guruhi paxsa devorlar bilan o„ralgan va faqat daryolar yoqasidagi yerlarda joylashgan qishloqlardagina devor bo„lmagan, chunki o„rab turgan botqoqliklar dushman hujumidan yetarlicha himoya qilgan. Joyning tabiiy sharoitlaridan - do„ngliklar, botqoqli pastlik yerlar va shu kabilardan foydalangan bu turdagi qishloqlar O„rta Osiyoning boshqa joylarida ham mavjud bo„lgan. Ba‟zi manzilgohlar vaqtning o„tishi bilan kengaygan va shunda birinchisi atrofida ikkinchi qishloq paydo bo„lgan, masalan, Oqtepa, Qovunchitepa, 27 Shoshtepa va boshqalar. 1934-1937 yillar qazilma ishlari ma‟lumotlariga ko„ra, bu ikkinchi qishloqlar hududida turar joy sifatida g„orlar, tuproqda o„yilgan yerto„la va kapalar xizmat qilganligi ma‟lum bo„ladi. O„sha vaqtda ular markaziy qism binolari kabi xom g„ishtlardan yoki qo„lda yumaloqlangan loydan bajarilgan. Bu qishloqlarning maydonlari turlicha: lekin ularni aniqlash mushkul, ko„pincha katta o„zgarishlar tufayli iloji ham yo„q. Xorazm hududida “yalpi qurilishli manzilgohlar” turiga Duman qal‟a kabi inshootlarni kiritish mumkin. Duman qal‟ada asosiy turar joy manzilining maydoni 0,90 gektarga teng. Tashqi devorlar kuchli vayrona ahvolda va o„pirilgan. Shuning uchun ularning aniq chegarasini aniqlash qiyin. Janubi-sharqiy burchakda minorali inshoot qoldiqlari qad ko„targan. Qal‟a devorlari ichida kuchli vayrona bo„lgan va o„zgarib ketgan xonalar tarhi qoldiqlari ko„rinadi. Xonalar bilan egallangan maydonlarni qisman xom g„isht terilgan joylardan aniqlash mumkin. Asosiy kirish yo„li g„arbiy devorda bo„lgan. Asosiy manzilgohga shimoldan va janubdan devor bilan o„ralgan ikki hovli tutashgan. 1,7 gektarli maydondagi shimoliy qurilma, chamasi, bosh bino bilan zamondosh; uning devor qoldiqlari juda kam, faqat ba‟zi joylarda kuzatiladi. 3 gektar maydonga ega janubiy - ancha kechki qurilma, shimoliy qurilmaga simmetrik joylashgan. Uni Yangiyo„l tumani manzilgohlarining birinchi va ikkinchi qishloqlari bilan rejaviy tuzilishi jihatidan taqqoslash mumkin. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling