Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2. So„ngi antik shaharlar
O„rta Osiyoning grek-makedon hukmronligidan keyin Markaziy Osiyo viloyatlari, Hindiston, biroz keyinroq Xitoy bilan savdo aloqalari ancha kengaydi. Dunyo savdo yo„llari Baqtriya va So„g„d orqali o„tgan edi. Bu vaqtda karvonlarning asosiy ishi mahsulot tashish, tushirish va qayta ortishdan iborat edi. Har bir karvon egasi molni faqat yo„lning biror qismigacha olib borgan va uni keyingi karvonga sotgan. Savdoning bunday turi, muqarrar, aholi yashash joylarini jonlantirgan va ularning rivojiga katta ta‟sir ko„rsatgan. Baqtriya va So„g„d shaharlari soni ko„paygan. Salavkiylar hukmdorlaridan biri Antiox-1 qator mustamlaka-shaharlarga asos solgan, bu shaharlar uning nomi bilan atalgan; masalan, Antioxiya Marvda barpo qilingan, Marv vohasining o„zi esa uni ko„chmanchilar hujumidan himoyalovchi 200 km gacha uzunlikdagi devor bilan o„ralgan edi. Eramizgacha 250-yillarda salavkiylar monarxiyasidan Parfiya (Amudaryodan g„arbga) va Grek-Baqtriya (Amu va Sirdaryo orasida) podsholiklari ajralib chiqqan, eramizgacha 136-yillarda Grek-Baqtriya podsholigi kushonlar zarbasi ostida qulagan. Uning o„rnida qudratli Kushon podshohligi tashkil bo„lgan. Amudaryodan g„arbda Parfiya va sharqda Kushon podsholigi mahalliy madaniyatning keng tarqalishi chetdan kelgan grek-makedon madaniyati ustidan g„alabasini ko„rsatadi va O„rta Osiyo xalqlarining ajnabiy bosqinchilar bilan kurashining natijasi hisoblanadi. Kushon podsholigi davri O„rta Osiyo qadim tarixining anchagina yorqin sahifasidir. Shunga qaramay mustahkam va o„ziga xos mahalliy badiiy an‟analar grek madaniyati merosi bilan o„zaro ta‟sirda bo„ladilar. Shahar hayoti ravnaqi uchun qulay sharoitlarni yaratgan yangi era boshlanadi. O„rta Osiyoning tarqoq qabilalari 36 yirik siyosiy tuzilishlarga birlashadi. Bu davrning shaharlari Grek-Baqtriya podsholigi misollarida quyidagicha xarakterlanishi mumkin: “Ularda, Sharqning boshqa mamlakatlaridagi kabi erkin dehqonchilik aholisi; asosan harbiy asir bo„lgan qullar ham bor. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan va tabaqalashgan. Hunarmandlarning asosiy ommasi, chamasi erkin bo„lgan. Butun bir koloniyalar bilan ko„chib kelib o„rnashgan harbiy asir hunarmandlar, qullar holatida bo„lgan. Qo„shinlarning bir qismi aslzoda uylarda qullardan tug„ilgan jangchilardan tashkil topgan. Olti aslzoda urug„lar (Menandr saroyida) mamlakatni boshqaradigan asosiy lavozimlarni o„z qo„llarida ushlaganlar”. Bu shaharlarning me‟morlari tomonidan qo„llanilgan rejaviy usullar haqida faqat umumiy tasavvur qilish mumkin. Shaharlarning ko„pi vayron bo„lgan, buzilgan va yer yuzidan yo„qolib ketgan. Masalan, qadimgi Baqtriya - “shaharlar onasi” tarhi va inshootlari haqida biz ma‟lumotga ega emasmiz. Faqat shu narsa ma‟lumki, Aleksandr Makedonskiy davridan boshlab bir vaqtlar Aleksandriya nomiga ega bo„lgan shahar baquvvat devorlar bilan o„ralgan va o„zining bozorlari bilan mashhur bo„lgan. Bu yerda olov ibodatxonasi bo„lgan. O„sha davr shahar aholisining yuqori xo„jalik va madaniy darajasi haqida eski Samarqand - Afrosiyob qoldiqlari guvohlik beradi. Antik manbalarda, bir vaqtlar Parfiyaning poytaxti - qal‟a-shahar Darra yodga olinadi. Ikkinchi qadimgi Parfiya poytaxti Nisa - balandlikda joylashgan va qal‟a devori bilan o„ralgan, yetarlicha yirik shahar. Uning hududida antik badiiy madaniyatga yaqin, ammo kuchli mahalliy tusga ega terrakota me‟moriy parchalari topilgan: ion valuta(spiral shaklidagi bezak)siga ega kapitellar, akanf yaproqlari, palmetkalar (bezak turi), devorlarning kungurador tepasi. Bu detallarning bir qismi shahar hududida joylashgan urug„doshlar dahmasiga - baquvvat devorli va to„rt stvoldan iborat bog„lam ko„rinishidagi ustunlarga ega kvadrat binoga tegishli. Hanuzgacha shahar rejasi umumiy sxemasini yetarlicha mukammallikda kuzatishning iloji bo„lmagan. Tak-shashil qadimiy shahri o„rnidagi Taksil (“toshdan kesib ishlangan shahar”) haqida esdaliklar saqlangan. Shahar ahamiyatsiz darajada devorlar bilan 37 mustahkamlangan, ko„chalar tor va qiyshiq, uylar bir qavatli bo„lgan. Shaharda ibodatxona va podsho saroyi bo„lgan. Parfiya davlati hukmronligi vaqtidagi bunday nomuntazam shaharlar rejasi haqidagi tasavvurni bu vaqtning muhim, saroy atrofida yuzaga kelgan shaharlaridan biri, Xatra (Kichik Osiyo) berishi mumkin. Ammo baribir to„g„ri rejalashtirilgan shahar bu vaqtning mukammal timsoli bo„lgan. Bu Milind Panxning falsafiy traktatidagi grek-hind podsholigi Shakal-Yevtidemipning yirik savdo shahri tavsifidan ayon. Bu yerda shahar qurilishiga “hamma qoidalar bo„yicha” kirishuvchi mohir me‟mor qo„llashi kerak bo„lgan reja usullari haqida ma‟lumotlar beriladi; tayyorlov ishlari-hududni tekislash, toshlarni olib tashlash, to„nkalarni ildizi bilan sug„urib olish va boshqa ishlarni o„tkazish zarurati ko„rsatiladi. So„ngra shahar hududini kvartallarga ajratish haqida gapiriladi, mustahkam darvozali, tepasi kungurador, qo„riqlash minoralariga ega devorlar ko„rinishi ta‟riflanadi; park, bog„, suv havzalari va ulug„ xudolar ibodatxonalari, ko„chalar chorrahasida qurilgan qator do„konlar qatoriga ega maydonlar uchun joylar tanlanadi. Traktatda shaharning bir necha ideallashtirilgan ta‟rifi berilganligini taxmin qilish mumkin, ammo tarixiy asl negiz o„shaligi, shubhasiz. Buni real, bizning kunlargacha yetib kelgan kechki Kushon shahri - Tuproq qal‟a (qadimgi Xorazm)ning tarhi isbot qiladi. Tarhda 12 gektardan ortiq maydonga ega to„g„ri to„rtburchak shaklida. Shaharning shimoliy maydoni ichki devor bilan ajratilgan. Shimoli-g„arbiy burchakda baquvvat sitadel-qal‟a, hukmdor qarorgohi joylashgan. U qubbali xonalarga ega uch minora va ichki hovlilar bilan almashinuvchi asosiy, yashash va xo„jalik xonalarining markaziy massividan tashkil topgan. Qal‟aga bevosita qubbalar bilan yopilgan, qal‟a devori uzunligi bo„ylab cho„zilgan turar joy xonalari tutashgan. Yaqin joyda olov ibodatxonasining katta to„g„ri burchakli hovlisi bo„lgan. Shaharning qolgan 2/3 qismi shaharliklarning turar joy qurilmalari bilan egallangan. Taxminan janubdan shimolga qarab shaharning turar joy qismini ikki teng qismga bo„luvchi 7-9 m kenglikdagi markaziy ko„cha o„tgan. Ko„cha darvoza oldi labirinti - kirish joyi yonida boshlangan va olov ibodatxonasi 38 darvozalari yoniga olib borgan. Ko„chaning ikkala tomonida kvartallarning 10-12 turar joy binosi joylashgan. Turar joy hududining har bo„lagida taxminan uchtadan shunday o„tish joylari belgilanadi. Har bir uy-kvartal sochib yuborilgan, qayeridir ochiq hovlili yalpi massiv ko„rinishidagi bir xil xonalarning katta miqdoridan tashkil topgan. Uylar bizning kunlargacha g„isht terilgan, tekis o„pirilgan, juda ko„p keramika va xum-xumchalar guruhiga ega do„ngliklar ko„rinishida yetib kelgan. Bu yerda jamoat-xo„jalik vazifasidagi xonalar oila boshlig„ining qarorgohi bo„lganligi ehtimoldan holi emas. Xorazm atroflarida Tuproq qal‟a bilan bir qatorda o„z o„lchamlari, tarhiy tuzilishi va turi bo„yicha Tuproq qal‟aga muvofiq keluvchi Erk qal‟a, Qirqqiz qal‟a, Qo„rg„oncha qal‟a manzilgohlari kechki antik shahar namunasi bo„lib xizmat qila oladi. Bu yerda farq faqat tarhning shaklida bo„lgan. Agar Tuproq qal‟a va Qo„rg„oncha qal‟a to„g„ri burchakli bo„lsa, Erk qal‟a eramizgacha X-VIII asrlarda qal‟a devori bilan o„ralgan aylanasimon tarhli Siro-xett shahri – Samologa (Sanjirli) o„xshashdir. O„rta Osiyoning kechki antik shaharlari, qadim Sharq shaharlariga o„xshash, quldorchilik aslzodalarining yuzaga kelgan davlatining rivojlangan shahar hayoti bilan birlashuvchi qoloq jamoa tarzi an‟analarining tarqatuvchilari hisoblangan. Eramizgacha III-I asrlarga tegishli ko„chmanchi konguylarning Berkkarin qabristoni (Yettisoy) bu vaqt shaharlari rejasi shaklining qiziq talqini bo„lib xizmat qila oladi. Bu tosh qoplamalari bilan o„ralgan qo„rg„on tepaliklarining yaxlit bir qismi. Ular bir-biridan kattaligi va boy ko„rinishi bilan farqlanadi, bu esa qabristonlarning ibtidoiy jamoa qurilishi tanazzuli bosqichiga munosabatini ko„rsatadi. Qo„rg„on tepaligi tepalik chetlarini va qabr chuqurligini o„rab turuvchi konsentrik-bir markazga ega doiralardan tashkil topgan. Tashqaridan o„rta o„qda joylashgan ikki kesikli o„tish yo„li uchun kvars toshdan turli qoplamalar tashkil qilingan. Qoplamali bu qo„rg„on tepaliklari shahar rejasi tuzilishida, uning ikki asosiy - to„g„ri burchak va aylana variantlarida o„xshatib ishlangan hamda tarhdagi 39 o„lchamlari (60-70 m) bo„yicha ma‟lum darajada shu vaqtning oddiy shahar-qal‟asi kattaligiga muvofiq keladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling