Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Taraqqiy qilgan shahar-shahriston
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
6. Taraqqiy qilgan shahar-shahriston Mustahkamlangan qal‟a va qishloqlar ichidan kattaligi va ahamiyati bo„yicha katta savdo yo„llarida joylashganlari ajralib turgan. Karvon savdosini tashkil qilishda yer egalari-dehqonlar faol ishtirok etganlar. Dehqon qal‟asi, savdo inshootlari, bozorlar ko„pincha yaxlit bir butunlikni tashkil qilgan. Aholi joylarining barpo bo„lishiga omil bo„luvchi alohida sabablar shunday jamlashgan. Bosqinchi-ko„chmanchilar o„zlari bosib olgan o„troq xalqlar madaniyati rivojiga hech qanday muhim ta‟sir ko„rsatmay o„z siyosiy tuzilishini to„liq saqlagan va faqatgina ma‟lum o„lpon to„lashga majbur bo„lgan uyushmagan shahar jamoalarining birlashtiruvchilari rolini bajargan. Arablar istilosi davriga kelib (VII-VIII asrlar) O„rta Osiyo shaharlari ikki batamom shakllangan qismlardan iborat bo„lgan: a) sitadel; b) shahriston-xokimiyat manzilgohi, shaharning mustahkamlangan qismi. Yuksak qurilish va badiiy madaniyat bu markazlar inshootlarini ajratib turgan. Ijtimoiy-siyosiy hayot asta-sekin sitadeldan chetga, qo„rg„on devorlari bilan himoyalangan yangi tashkil topgan aholi yashash hududiga chiqa boshlagan. Bu yerda o„z me‟moriy-rejaviy usullari shakllangan, ya‟ni asta-sekin sitadeldan ma‟muriy muassasalar va madaniy inshootlar ko„chib o„tgan. Shahriston devorlari yonida ko„pincha bozor joylashtirilgan. O„rta Osiyo ilk o„rta asrlar shahri-shahriston qanday ko„rinish kasb etgan? Ilk o„rta asrlarning yetarlicha batafsil manzarasini beruvchi X asr muallifi Narshaxiy dalillariga murojaat qilamiz. Uning so„zlaricha, “...shahristonda ko„shklar bo„lgan 68 va ba‟zi kvartallar qishloqlarga o„xshab bir-biridan uzoqda joylashgan”. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, arablargacha bo„lgan Buxoro umumiy mudofaa devori bilan o„ralgan dehqonlarning mustahkamlangan qo„rg„onlari guruhlarini tashkil qilgan. Bu qo„rg„onlarning joylashuvi shahar atrofi joylashuvidan kam farq qilgan. Ozgina asosiy farqi, qurilmalar joylashuvining zichlik darajasi, hunarmandchilikning, muntazam savdoning borligi va nihoyat shahar devorlari bilan birlashgan qo„rg„onlar mustahkam guruhining qolgan hamma rayon- rustaklarga nisbatan o„ynagan siyosiy rolidir. “Shahar” va “qishloq” terminlari o„sha vaqtlarda aralashib ketgan. Bu taajjublanarli emas, chunki aholi punktlari orasidagi o„xshashlik juda katta bo„lgan. Masalan, xitoy manbalariga ko„ra, Samarqand viloyatida 30 ta katta shahar va 30 ta kichik mustahkamlangan manzilgohlar bo„lgan. Xarkana kichik viloyatida 20 ta shahar va 100 tagacha mustahkamlangan manzilgohlar, Farg„onada 6 ta katta va 100 tagacha kichik shaharlar bo„lgan. Dunyo savdo karvon yo„llarida qulay joylashuvi bilan birga hunarmandchilikning rivoji ham aholi joylari rivojining sharti bo„lgan. Shahar, savdo aloqalarining faqat tashkilotchisi bo„lmay, ishlab chiqarish vositalarining to„planish joyi ham bo„lib qolgan. Bu uning doimiy aholi punkti sifatidagi holatini anchagina mustahkamlagan, aholi tarkibini kengaytirgan, alohida aholi joylarini o„zaro iqtisodiy aloqalarni bog„lashga undagan. Aloqalar rivoji bilan alohida shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi yuzaga kelgan. X asrga tegishli zamondoshlarning guvohliklari (masalan, Maqdusiy), bu jarayonning chuqur rivojidan guvohlik beradi. Shahristondagi hunarmandchilik va savdo qanday ko„rinishda bo„lgan va ularning rivoji shahar rejasi tuzilishida qanday aks etgan? Narshaxiy, Buxoro shahristonini ta‟riflab, hech qayerda uning markazi yaqinida bozor do„konchalari va hunarmandlar kvartallari bo„lganligi haqida gapirmaydi. Bozorlar va ularga muvofiq hunarmandchilik turlarini u shahriston devorlari oldiga yoki hozirda uning tashqarisiga, bo„lajak rabod hududiga qo„yadi. Shahar atrofi-rabodlarlarga asos solganlar hunarmandlar yoki asirlar bo„lgan. Sharqda bosib olingan viloyatlardan 69 g„oliblar tomonidan olib kelingan ustalar shaharni yaratish ishida qanday ulkan rol o„ynaganligi adabiyotlarda ko„p marta ta‟kidlangan. Asirlardan tashqari erkin hunarmandlar ham ko„p bo„lgan. Chamasi, qullarning kattagina qismi ozod qilingan qul holatida bo„lgan va o„z dehqoniga to„lovlarni mahsulot va pullar bilan to„lagan. O„rta Osiyo bevosita arab istilosidan oldin (VII-VIII asrlargacha) ko„plab shahar-shahristonlarga ega bo„lgan. So„g„d shaharlari Samarqand, Kushoniya, Arbinjon, Dobusiya, Karmana, Panjikent - Zarafshon vodiysida, Nasaf va Kesh - Qashqadaryo vodiysida, Termiz - Amudaryo sohilida bo„lgan. Buxoro vohasida - Buxoro, Vardana, Varaxsha, Romiton, Tavavis joylashgan; Xorazm vohasida - Ket, Xiva, Xazorasp, Zamuxshir, Urganch; Farg„onada - Koson, Axsikent va boshqalar bo„lgan. V.Bartold ma‟lumotlariga ko„ra, ilk o„rta asrlardagi arablargacha bo„lgan Samarqand 7 kmdan katta uzunlikdagi devorga ega bo„lgan. Shosh devorlarining uzunligi - 3-4 km, Tarozning devori - 3 km, Kosonda - 1,4 km, Paykonda - 1,5 km dan kam. Buxoro shahristoni 30-35 gektarni egallagan (eng katta shahar Marv (Govur qal‟a) bo„lgan, uning maydoni 100 gektarga yetgan). Marv shahristoni - bu 30 metr balandlikga ega bo„lgan devorlar bilan o„ralgan Govur-qal‟a manzilgohi (“olovga sig„inuvchilar qo„rg„oni”)dir. Bu yerda xom g„ishtdan qurilgan burjlar qoldiqlari ko„zga ko„rinadi. Shimoliy devorning deyarli markazida noto„g„ri halqasimon shakldagi sitadel bo„lgan. Buxoro shahristoni janubiy va shimoliy tomonlardan o„rab turgan hududdan anchagina ko„tarilgan joy rel‟yefi tufayli yetarlicha aniq belgilangan. G„arbiy chegara yaqinida, sitadel va Kalon jome masjidining g„arbiy devori orasidan Samarqand darvozalari tomonga olib boruvchi ko„cha o„tgan. Musulmonchilikkacha bo„lgan Buxoro 30-35 gektar maydondagi noto„g„ri to„rtburchakni tashkil qilgan. Shahristonni shimoldan janubga va sharqdan g„arbga kesib o„tuvchi ikki asosiy ko„chaning yo„nalishi, asosan mavjud ko„chalarga muvofiq keladi. Ular Muhra, Shahriston, Nau Attaron darvozalariga olib borgan. Bundan tashqari, shahristonda uchta qo„shimcha darvoza bo„lgan (Xakrak va 70 Sadabon), ularga ikkinchi darajali ko„chalar olib borgan. Shaharning janubi- sharqiy qismida bozor joylashgan. Chamasi, uning anchagina qismi qo„rg„on devorlaridan tashqariga, bo„lajak rabod hududiga o„tgan. Isfajob-Sayram (hozirgi Chimkent yaqini), o„troq zona va ko„chmanchi sahro birikuvidagi muhim shaharlardan birining shahristoni chegarasini joy rel‟yefi tufayli hozir ham ko„rish mumkin. Darvozalar, aynan Beklik-darvoza (shimoliy), Bozor darvoza (janubiy), Koramurt (sharqiy) va Chimkent (g„arbiy) darvozalari o„rni ham shahriston to„rttala devori har birining o„rtasida saqlanib qolgan. Bu darvozalar ikki perpendikular yo„nalgan ko„chalar bilan birlashadi, ularning kesishgan joylari jome masjidlari bilan belgilangan. Shahristonning umumiy maydoni 30 gektargacha. Bozor janubiy devor yonida bo„lgan. Sitadel ehtimol shahriston devoridan tashqarida bo„lgan bo„lishi ham mumkin. Xiva shahristoni hozir ham to„rt darvozali qo„rg„on devorlari bilan o„ralgan. Ularning nomlari quyidagicha: Bog„cha darvoza yoki Urganch (shimoliy), Ota darvoza (janubiy), Polvon darvoza yoki Xazorasp (sharqiy) va Ko„hna bozor darvoza (g„arbiy). Shahriston chegarasidagi shahar bir qismining zamonaviy nomi - Ichan qal‟a (ichki shahar)dir. Arxeologik ma‟lumotlar VI-VIII asrlardayoq shahristonning o„z rejaviy yechimi umumiy tuzilishini saqlagan holda bugungi kundagi chegarasida mavjud bo„lganligini tasdiqlash imkonini beradi. Devorlar bilan o„ralgan hudud 26 gektarni tashkil etadi. Shimoldan janubga va sharqdan g„arbga shahar darvozalariga olib boruvchi ikki ko„cha o„tadi. Ulardan sharqdan g„arbga tomon yo„nalgan ko„cha muhim ahamiyat kasb etgan va unda anchagina yirik mahobatli ibodat, saroy va savdo binolari qurilgan. Bu binolarning eng qadimiysi Juma masjid bo„lib, u o„zining qadimiy tarhini qisman saqlagan holda XVIII asrda qayta ta‟mirlangan. Sitadel - ko„handiz (Ko„xna ark) g„arbiy darvoza oldida, shahriston hududining chegarasida joylashgan. Bozor janubiy darvoza ortiga chiqarilgan. Buxoro yaqinidagi katta savdo shahri - Paykond shahristoni asta-sekin yuzaga kelgan. Uning sharqiy qismi anchagina qadimiy bo„lgan. VII asrga kelib shahriston hududi deyarli ikki barobar kattalashdi va mavjud chegaralarga ega bo„ldi. 71 Qo„rg„on devorlari ichidagi shahar umumiy maydoni 20 gektarga yaqin bo„lgan. To„rt devorning har birida darvozalar bo„lgan: ularning o„rinlarini hozir ham ahamiyatsiz qoldiqlar bo„yicha qidirib topish mumkin. Shimoliy va janubiy darvozalar shahristonning ichki ko„ndalang devorlari yaqinida, sharqiy darvoza- ko„handiz yaqinida bo„lgan. Taxminan bir gektar maydonga ega ko„handiz - shahriston devori chizig„idan ozgina narida, shimoliy burchakda bo„lgan. Hududning o„zida ko„chalar qoldiqlarini topishning imkoni yo„q. Afrosiyob qadimiy shahar shahristonida asosiy ko„chalar chorrahalarini belgilovchi mahobatli inshoot qoldiqlari topilgan. Qal‟a darvozalarini aniq belgilash va ko„chalar yo„nalishlarini aniqlash qiyin. Jome masjidining shahriston markazida xuddi shunday joylashuvini Zarafshon chap qirg„og„ida, Buxoro vohasining Kampirdevor mudofaa devori istehkomlari sistemasida joylashgan Kichik shahar - Hazorada ham kuzatish mumkin. Buxoro vohasining qadimiy siyosiy markazi, hukmdor qarorgohi bo„lgan - Romiton shahristoni - 16 gektargacha maydonga ega noto„g„ri to„rtburchakni (sitadel bilan birga) tashkil qiladi. Uning devorlari ko„p marta yangilangan. Pastki qismlarida yirik xom g„isht taxlami kuzatiladi. Shahriston devorlarida uchta darvoza bo„lgan. Ehtimol, asosan eski yo„nalishlarni takrorlovchi zamonaviy ko„chalar kesishuvida shahriston uchun xos bo„lgan ancha keyingi vaqtga tegishli bo„lgan ibodat binosi - masjid joylashgan. Bozor o„rnini aniqlash qiyin. Romiton misolida biz ancha ko„p uchraydigan shahriston namunali sxemasidan chetga chiqishni ko„ramiz, ya‟ni darvozalar soni uchtaga keltirilgan. Bu, chamasi, shahriston hududida sitadelning egallagan juda katta joyi va shahristonning nisbatan kichik o„lchamlari bilan tushuntiriladi. O„troq rayonlar va ko„chmanchi sahro chegarasi yaqinidagi Talas daryosi qirg„og„idagi Taraz shahristoni sxemasi ham xuddi shunday. Qadimgi Taraz devorlari buzilgan, ulardan faqat ozgina qoldiqlar qolgan xolos. Ammo shahristonning umumiy chegarasini aniqlash mumkin. Sitadel yaxlitligicha shahriston devorlari ichida. Sitadel tutashgan devordan tashqari har bir devordagi 72 uch darvoza zamonaviy tarhda ham saqlanib qolgan asosiy ko„chalarning xochsimon yo„nalishini belgilab beradi. Bozor, hozirgi eski bozor kabi, chamasi janubiy devor yonida joylashgan. Zarafshon sohilidagi somoniylar davri shaharlaridan biri - Dabusiya (Karmana yaqini) shahristoni cho„ziq to„g„ri burchakka yaqin. Uning hududi 35 gektarga teng. Bu yerda asosiy ko„chalar an‟anaviy yo„nalishini belgilovchi to„rtta darvoza bor. So„g„dning qadimgi kanallaridan biri Narpay sohilidagi Dabusiyadan 25 km dagi Arbinjon shahristoni kuchli vayrona ahvolda bizgacha yetib kelgan. Devorlar ko„rinishini faqat taxminiy belgilash mumkin. Shahar taxminan 60 gektargacha bo„lgan maydonni egallagan. Xarashkent shahristoni - Xonqa (Toshkent vohasi) kuchli buzilgan ko„rinishda saqlangan. Sitadel shahristonning anchagina qismini egallagan. Uning maydoni 50 gektardan ortiq bo„lgan. Shahriston devorlarida to„rtta darvoza mo„ljallangan. Ichki planirovka saqlanmagan, ammo darvozalar holatiga ko„ra o„zaro kesishuvchi ikki asosiy ko„cha mavjud bo„lgan. O„xshash tabiiy sharoitlarda Termiz va Afrosiyob shahristonlari rivojlangan. Birinchisi Amudaryo sohilida, ikkinchisi Siyobning tik qirg„oqlarida joylashgan. Bu darvozalar sonida aks etgan. Daryolar tik sohillari bo„ylab cho„zilgan devorlarda, tabiiyki, chiqish joylari bo„lmagan. Bu shaharlar vayron bo„lib ketgan, shu sababli ko„chalar yo„nalishini tiklashning iloji yo„q. Bola, Sarig„, Varaxsha, O„tror shahristonlari ham yomon saqlangan. Faqat manzilgohlar o„lchamlari, ularning umumiy shakli va sitadel o„rni haqida gapirish mumkin. Termiz sitadeli chamasi shahristonning janubi-sharqiy qismida bo„lgan. Bu yerda, jarlik tepasida hozirgi vaqtgacha xom g„ishtdan qurilgan inshoot saqlangan. Uning yaqinida hukmdor saroyi vayronalari mavjud. Saroy Varaxsha sitadeli yonida joylashgan. Undan ajoyib o„ymakorlik va sura bilan bezatilgan devorning alohida qismlari qolgan. 73 Balxda devorlar qoldiqlari 10 metrgacha baland ko„tarilgan. Ular bilan o„ralgan hudud 60 gektarga yetadi. Sarig„da (Bishkek shahri yaqini), devorlarning ikki qavatli halqasiga ega murakkab manzilgohida sitadel tepalikda, ya‟ni janubi-g„arbiy burchakda bo„lgan. Sitadelga yaqin devorlar qatorini shahriston devori sifatida belgilash mumkin. O„trorda sitadel o„rnini yetarlicha aniqlikda belgilash mumkin emas. Uch darvoza shuningdek shartli belgilanadi. Xazora va Chinachkent kabi muhim bo„lmagan shaharlarning kichik shahristonlari 3 gektardan oshmaydi. Ularning ichki planirovkasi, chamasi juda oddiy bo„lgan. Arablar istilosi davri boshlarida, balki undan ham ilgariroq, aholini milliy va mulkiy belgilariga ko„ra ajratish rusum bo„lgan. Shahriston uchun tipik bo„lgan rejavlash sxemasi: butun shahar bo„ylab o„tgan ikki kesishuvchi magistrallar uning hududini to„rt qismga ajratgan, ularning har birida aholining turli doiralari guruhlashgan. Bu odatni bir-biriga dushmanlarcha kayfiyatda bo„lgan, o„z urug„ va qabilalari uchun qattiq turuvchi, shaharlarda o„troqlashgan ko„chmanchilar olib kirgan. Shuning uchun ular o„z kvartallari atrofida shahar ichidagi himoya devorlari inshootlarigacha ajratishga harakat qilganlar. Bu holatni O„rta Osiyo shaharlarida ham nisbatan ancha vaqtlargacha kuzatish mumkin. Masalan, XVIII asr oxirida Toshkentda shaharning to„rt asosiy qismlari - Shayxontohur, Sebzor, Beshyog„och va Ko„kcha o„rtasida ochiq to„qnashuvlargacha borib yetadigan nizolar bo„lib turgan. Markaziy bozor yaqinidagi janglar o„tadigan joy Jangoh deb nomlangan, bu “janglar anhori” demakdir. Bu o„zaro ichki urushlarda qisqa vaqtga bo„lsa ham mustaqil Toshkent davlatini yaratgan Yunusxo„ja g„olib kelgan. Turli tillar va dinlardagi alohida xalqlar shuningdek devorlar ajratilgan mustaqil kvartallarga birlashgan. Shaharni alohida qismlarga ajratuvchi ichki devorlar Toshkent devorlariga o„xshash sharqiy o„rta asrlarning ko„plab shaharlarida XVIII asrgacha saqlangan, chunki bu devorlar bir vaqtning o„zida ichki tartibni saqlash uchun xizmat qilgan. 74 Shunday qilib, ilk o„rta asrlar shahar-shahristonlarida qo„llanilgan shaharni ikki kesishgan ko„chalar bilan, ba‟zida esa devorlar bilan to„rt qismga ajratish planirovka usuli shahriston shaharning mustaqil qismi sifatida allaqachon yo„q bo„lgan vaqtlarda ham ancha vaqtlargacha mavjud bo„lgan. Bu usul shahar atrofi park-qarorgohlar planirovkasida doimiy qo„llandi va u chorbog„ nomini oldi, ya‟ni to„rt bog„. Bundan tashqari, to„rt tomonga yo„naltirilgan asosiy ko„chalarning to„rt yo„nalishi go„yo hukmronlikning hamma burchaklari bilan bog„langan hukmron qarorgohi sifatidagi shahar ahamiyatining ramzi bo„lib xizmat qilgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling