Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Movaraunnahr shaharlari. Buxoro - somoniylar poytaxti bo„lib, tez o„sgan
va savdo hamda hunarmandchilik faoliyatining markazi bo„lib qolgan. Shahriston- arablargacha bo„lgan davrda shaharning asosiy qismi- savdo-hunarmandchilik bilan shug„ullanuvchi aholi joylashgan shahar atrofi-rabodlarning zich xalqasi bilan kengayib borgan. Ularda keng bozorlar, saroylar, masjidlar, jamoat binolari paydo bo„lgan. Hayotning shahristondan rabodga ko„chib o„tishi va uning shaharning teng huquqli bir qismi deb tan olinishi VIII-XI asrlarda ro„y bergan. Bu vaqt davomida Buxoro rabodi kengayib ulgurgan va somoniylar davriga kelib ikki - ichki va tashqi devorlarga ega bo„lgan. Ichki - dastlabki rabod devorlarini belgilash uchun biz ma‟lumotlarga ega emasmiz. Faqat arab geograflari tomonidan qayd etilgan 11 raqami ostida darvozalar nomlari qolgan xolos. Somoniylar Buxorosi ko„chalari ancha kengligi bilan ajralib turgan va tosh bilan yotqizilgan, bu arxeologik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ammo nisbatan keng ko„chalarga qaramay, shaharda aholi zichligi tufayli tirbandlik sezilgan. Buxorodagi bu kamchilik somoniylar davlatining boshqa hamma shaharlaridagiga 89 nisbatan sezilarli bo„lgan. Shu sababli ko„pincha yong„inlar sodir bo„lgan. Shaharning boshqa salbiy sifatlari ham (badbo„y hid, yoqimsiz suv va boshqalar) binolar zichligi bilan bog„liq, bularning hammasini Maqdusiy va boshqa yozuvchilar eng keskin iboralarda tasvirlaydilar. Shaharning erkin rivojiga qal‟a devorlari to„sqinlik qilgan. Devorlarning uch qatori bilan o„ralgan (shahriston devori va rabodning ikki devori), baquvvat sitadelga ega bo„lgan Buxoro, kuchli mudofaalangan shahar bo„lgan. “Xuroson va Movarounnahrda Buxorochalik kuchli mudofaalangan va gavjum shahar yo„q”, - deydi arab geografi Istaxriy. Shahar o„zining ko„p asrlik hayoti davomida faqat bitta umumiy markaz atrofida kengayib, o„sha joyning o„zida qolgan. Shu tufayli shahar tarhining shakli V.Bartoldning fikricha, asosan o„zgarmagan. Uzoq o„tmishda shakllangan shahar markazlari o„sha joyning o„zida saqlangan, ko„chalar yo„nalishi ilgarigidek qolgan. Azaldan tashkil topgan va hozirgacha shahar kompozitsiyasini belgilab beruvchi bunday me‟moriy-rejaviy markazlariga shahriston ko„chalarining kesishuv joylari kirgan. Ular XVI asrda Zargaron savdo gumbazi, sitadel-ark oldidagi Xorazm (g„arbga), Romiton (shimoliy-g„arbga) va Vobkent (shimolga) yo„llari tarqalgan Registon maydoni, Labihovuz oldidagi Xuroson (janubi- g„arbga), Novmiton (janubga) va Qarshi (sharqqa) ko„chalari ketgan maydonlardir. Shaharning bu uch planirovka tugunini o„zining butun uzunligi bo„ylab chorrahalarda gumbazli inshootlar bilan usti yopilgan bosh savdo ko„chasi birlashtirgan. Shahar rejasi o„zining shaklini deyarli o„zgarmas saqlagan holda shahar binolari jihatidan juda o„zgargan. Qo„rg„on inshootlari ko„p marotaba vayron bo„lgan va qayta tiklangan. Jome masjidi - shaharning ibodat va kompozitsion markazi - shaharning kengayishi hisobiga sitadeldan shahristonga ko„chib o„tib, bir necha marotaba qayta qurilgan. Birinchi masjid arkda, zoroastriylar - olovga sig„inuvchilar ibodatxonasi o„rnida tiklangan. Tez orada uni ark chegarasidan tashqariga, shahriston yaqiniga ko„chirganlar. 1123 yilda Muhammad Arslonxon 90 jome masjidini shahristonga - shaharning ma‟muriy-siyosiy markaziga, hozirda joylashgan o„rniga olib o„tgan. Binolarning ko„pi xom g„ishtdan va yog„ochdan tiklangan. Pishiq g„isht faqat mahobatli binolar uchun qo„llangan. Musulmonlar davrigacha Buxoroda ko„plab mahobatli binolar qurilgan. Sitadeldan tashqari somoniylarning saroy inshootlari Registonda va shahardan chiqish joylari yonidagi qal‟a darvozalari yonida joylashgan. Registonda o„nta devon - hukumat rasmiy idoralari bo„lgan. Shunday qilib, anchagina muhim inshootlar yoki hukumat markazi atrofida, sitadel yonida, yoki shahardan chiqish joyi yonida guruhlashgan, chunki uncha zich bo„lmagan hudud saroy inshootlarini shahar chetidagi binolar turlari kabi erkin planlashtirish imkonini bergan. Mo„g„ullargacha bo„lgan vaqtdagi Samarqand Afrosiyob shahri hududini, hozirda mavjud bo„lgan shahardan shimolroqni egallagan. Ilgari Bolahisor (ya‟ni, yuqorigi istehkom) deb nomlangan bu joy o„zining hozirgi nomini O„rta Osiyo eposi qahramonlaridan birining nomidan olgan. Shahar tepalik joyda joylashgan bo„lgan va 200 gektarga yaqin maydonni egallagan. Uning butun hududi bir qancha konsentrik kattalashuvchi devorlar bilan ajratilgan, bu shahar hududining izchil o„sishini ko„rsatadi. Dastlabki o„zak - qal‟a-sitadel - Siyobning tik jarli qirg„og„idagi anchagina ko„tarilgan shimoliy qismining 15 gektarga yaqin maydonini egallagan. Sitadel tepaligi-sun‟iy hosil bo„lgan. Tuproq uning etagidan olingan, shuning uchun atrofida chuqur handaq hosil bo„lgan. Devor bo„ylab bir qancha minora qurilgan va ikki joyda darvoza o„rnatilgan. Devorlarning ikkinchi qatori 1350 m uzunlikda bo„lib, 50 gektar maydonni o„ragan. Uning orqasidan 2300 m uzunlikdagi, taxminan 70 gektar maydonni chegaralovchi uchinchi devor qurilgan. Nihoyat, VIII asrga kelib to„rtinchi, oxirgi qator devori bunyod etilgan. Bu tashqi devorlar o„z shakli bo„yicha trapetsiyaga yaqin bo„lgan 200 gektarga yaqin maydonni o„rab turadi. Devorlar asosi 10-12 metrgacha yetadi, balandligi ichki tomondan 10-12 metrni, tashqaridan, agar handaq tagidan hisoblansa, 40 metrni tashkil qiladi. 91 Arab yozuvchilarining guvohliklaricha, tashqi devorda to„rtta darvoza bo„lgan. Shimolda-Buxoro, janubda-Kesh, sharqda-Xitoy va g„arbda-Temir darvozalar. Chamasi, tashqi devorlar VIII asrgacha, shaharning yangi joyga o„tgunicha qadim Samarqandning chegarasi bo„lib xizmat qilgan. Ichki devorlarning uch qatori shaharning sitadeldan rabodga qarab izchil kengayganligini ko„rsatadi. Shaharning yomon saqlanganligi uning ichki planirovkasi va binolarini faqat umumiy shakldagina tiklash imkonini beradi. Samarqand suv bilan mo„l-ko„l ta‟minlangan. 1222 yilda shaharni kelib ko„rgan Xitoy sayohatchisi Chan-Chun shunday yozgan: “Samarqand kanallar qirg„og„ida qurilgan. Yozda ham, kuzda ham bu yerda yomg„ir yog„maydi, shuning uchun odamlar shaharga ikki daryoni burib yuborgan va suvni hamma ko„chalar bo„ylab shunday taqsimlaganki, har bir uy undan foydalana oladi”. Amir Temurgacha bo„lgan Samarqand yuqori, tepalik joyda joylashgan. Shuning uchun shahar hududiga suv olib kelish uchun sun‟iy inshootlar kerak bo„lgan. Ular haqida Chan-Chundan ancha keyin shaharga kelgan Yoqut yozadi. U katta qo„rg„oshin quvurni (jo„yi arzis) ta‟riflaydi, shu quvur orqali suv shaharga kelgan. U qisman baland tepalikdan o„tgan, shahar chekkalarida esa uni maxsus tosh tayanchlar ko„tarib turgan. Shu bilan birga shaharni o„rab turgan ulkan bog„ va daraxtzorlar tilga olinadi. “Shahar atrofida, - xitoy sayohatchisi aytadi,- bir necha li (li-500 m) davomida uzluksiz navbatma-navbat bog„lar, daraxtzorlar, gulzorlar, osma quvurlar, sun‟iy hovuzlar, sun‟iy ko„llar cho„zilib ketgan. Chindan ham Samarqand - ajoyib shahar”. Afrosiyob tepaligidagi, bir necha qator devorlar bilan o„ralgan va tik jarlikda joylashgan Samarqand kuchli mudofaalangan joyni tashkil qilgan. Ko„chalar qoldig„i saqlanmagan. Ularning me‟morchiligi va yo„nalishlarini belgilashni faqat taxmin qilish mumkin. Chamasi, ular tor va egri-bugri bo„lgan. Toshdan qurilgan mahobatli inshootlar ko„p bo„lmagan. Sitadeldan g„arbda joylashgan minorali jome masjidi, shahar hammomi va bir qancha jamoat binolari toshdan bunyod etilgan xolos. Yalpi pishiq g„ishtdan qurilgan binolar deyarli bo„lmagan. Odatda, u faqat poydevorlar va pollar uchun ishlatilgan. Devorlar 92 faqat xom g„ishtdan qurilgan yoki sinchli va paxsadan bo„lgan, ba‟zida alebastr bilan suvoq qilingan. Ko„pincha gumbazli tomlar qo„llangan. Binolar balandligi ikki qavatdan oshmagan. Shahar tepalik joyda ko„plab bir-ikki qavatli uylarning zich joylashuvidan iborat go„zal manzara kabi namoyon bo„lgan. Shahar binolari orasida ajralib turuvchi jamoat binolari, chamasi boy bezaklar va qoplamalarsiz bo„lgan, chunki Afrosiyobda hozircha ularning ahamiyatga ega qoldiqlari topilmagan. Feodal davri Termizining gullab-yashnash vaqti XI-XII asrlarga borib taqaladi. IX asr oxiriga kelib devor bilan o„ralgan, taraqqiy etgan rabodga va saroy joylashgan shahar cheti hududiga ega bo„lgan. Shahar VIII asrgacha devorlar bilan o„ralgan keng tepalik hududini egallagan, u yerda ko„handiz va dastlabki shahriston joylashgan. Keyinchalik, IX-X asrlarda, shahar tor tomoni bilan daryoga qaragan cho„ziq to„g„ri burchak shaklidagi hududni egallagan holda shimoli-sharqqa tomon kengaygan. Hududning bu qismini shahristonning kengayishi sifatida qarab chiqish mumkin. Bu yerda to„g„ri burchak ostida kesishuvchi ko„chalarning ikki asosiy yo„nalishi va chorrahadagi qandaydir muhim bino qoldiqlari kuzatiladi. Keyinroq shaharga rabod – ilgarigi shahardan bir necha barobar ortiq bo„lgan keng hudud qo„shiladi. Bu yerda hunarmand-ishlab chiqarish kvartallari, yirik binolar, ibodat inshootlari va bozorlar to„plangan. Termiz rabodi rejasining asosida taxminan to„g„ri burchak ostida kesishuvchi ko„chalarning yetarlicha to„g„ri tarmog„i yotadi. Ikki magistral ajralib turgan: biri sharqqa tomon birmuncha og„ishish bilan shimoldan janubga borgan; u shimoliy devorning o„rta darvozalari yonidan boshlangan; janubiy qismda uning tugashi kuzatilmaydi; boshqasi g„arbdan sharqqa borgan, sharqiy devorning shimoliy darvozalari yonidan boshlanib, g„arbiy devorning shimoliy darvozasi yonida tugagan. Bu ikki magistrallarning kesishuvi rabodning muhim joyi bo„lgan, chunki bu yerda shaharning yirik binolari guruhlashgan. Ularning rekonstruksiyalash qiyin bo„lgan ozgina qoldiqlari bizning kunlargacha saqlangan va 1936 yildagi 93 M.Masson boshchiligidagi Termiz kompleks ekspeditsiyasi ishtirokchilari tomonidan tadqiq qilingan va tavsiflangan. X asr boshi bilan sanalangan yirik masjid rabodning shimoliy maydonida, qal‟a devori yaqinida joylashgan. Bozor va hunarmandchilik rayoni rabodning kattagina hududini egallagan. Hunarmandlar kvartallari o„lchamlari jihatidan anchagina katta – 4 gektardan ortiq bo„lgan. Termizda, boshqa yirik shaharlardagi kabi hunarmandlar kvartallari mutaxassisliklar bo„yicha alohida guruhlar bilan egallangan. Ular rabodning janubi-g„arbiy qismidagi metall shlak qoldiqlari va shishasimon kuydirilgan modda bo„laklari bo„yicha hozirda kuzatilayotgan rayonlarni egallagan. Bu yerda shubhasiz, metall va shisha ishlab chiqaradigan hunarmandlar jamlangan. Shaharning janubi-sharqiy qismi to„liq kulolchilik ustaxonalari bilan egallangan. Kulolchilik ustaxonalarining ikkinchi rayoni shimoli-sharqiy qismda bo„lgan. Ishlab chiqarish ustaxonalarining bir qismi rabod devorlaridan tashqariga olib chiqilgan, masalan, ko„plab g„isht zavodlari. Hunarmandchilik rayonlari, tabiiyki, magistral savdo ko„chalariga bog„langan. Chamasi, asosiy savdo joylari shimoldan janubga boruvchi magistral bilan uning ikki parallel bo„lakka bo„linuvchi qismida bog„langan. Ular orasidagi masofa turar joy qo„rg„onining joylashishi uchun juda torlik qilgan, ammo savdo joylari uchun yetarli bo„lgan bo„lishi mumkin. Hunarmandchilik rayonidan uncha uzoq bo„lmagan joyda boylarning uylari joylashgan. Rabod rejasining umumiy tuzilishi - sharqdan g„arbga yo„nalgan ko„ndalang ko„chalarning ko„pligi, faqat birgina shimoldan janubga tomon yo„nalgan katta bo„ylama ko„chaning mavjudligi - ma‟lum darajada tabiiy sharoitlar tufayli kelib chiqqan. Janubdan shahar daryo bilan (Jayxun-Amudaryo) chegaralangan. Shahar hududi daryo bo„ylab rivojlangan. Shaharni suv bilan ta‟minlovchi kanallar ham daryoga parallel holda yo„naltirilgan. Shahar va shahar cheti joylari rivojining sharqqa tomon yo„nalgan holda bo„lganligi tabiiy. Ammo, shu bilan birga, bu yerda shahar-rabodning yangi qismi rejasida shahriston planirovka usullarini eslatuvchi hali barham topmagan an‟analarni ko„rmaslik mumkin emas. 94 1220 yilda Termiz mo„g„ul qo„shinlari tomonidan vayron qilingan. Shundan beri shahar hech qachon eski joyida yangitdan yuzaga kelmagan; u sharqroqda, Surxondaryo qirg„oqlarida joylashgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling