Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Chegara mudofaa istehkomlari - rabotlar
Kichik shaharlar. Yuqorida biz O„rta Osiyoning qator yirik shaharlarining
me‟moriy-rejaviy xarakteristikasini ko„rib chiqdik. Ammo shuni aytib o„tish kerakki, qilingan umumlashmalar va xulosalarni uzoq vaqtlar mobaynida rivojlangan katta shaharlarga ham tegishli deyish mumkin. Ammo mo„g„ul davri uchun odatda tasodifiy va tartibsiz joylashgan mudofaalanmagan rabodlar bilan 99 o„ralgan ko„proq yoki kamroq muntazam to„g„ri burchakli planirovkaga ega chekka kichik shaharcha-shahriston uncha xarakterli emas. Xorazm manzilgohi Dovudan qal‟a (Charmanyob arig„ida) shunday kichik shahar namunasi bo„lib xizmat qiladi. Ammo biz hozircha o„sha davr kichik shaharlari haqida ularga umumlashtiruvchi me‟moriy-rejaviy xarakteristikasini berish uchun juda kam materialga egamiz. 3. Chegara mudofaa istehkomlari - rabotlar Ko„chmanchilarning yaqindaliklari kuchli mudofaalangan ko„plab qal‟alar - rabotlar, karvonsaroylar, dehqonchilik vohalarini o„rab turuvchi g„ovlar qurish zaruratini yuzaga keltirgan. Ko„chmanchi sahro bilan chegaradosh bo„lgan har qanday yirik shahar shunday istehkomlarning butun bir sistemasi bilan o„ralgan bo„lgan. Ularga: a) rabotlar, ya‟ni tomonlari to„rt yoqqa qaratilgan, 300-350 metrdan uzunlikdagi to„g„ri burchakni tashkil qiluvchi mahalliy aholidan iborat garnizonli qal‟alar; devorlar burjlar bilan mustahkamlangan, kirish darvozalari kuchli mudofaalangan; b) mudofaalangan karvonsaroylar, tarhda to„g„ri burchakli, 100 metrgacha uzunlikdagi tomonlarga ega, devorlari bo„ylab qurilmalar bo„lgan, katta ochiq hovlili; v) xisnalar - shaharga kirish ostonasini himoyalovchi kichik qal‟alar kirgan. Buxoro vohasini o„rab turgan, arab bosqinchiligigacha bunyod qilingan Kampirdevorlar sistemasiga mudofaalangan qishloqlarni tashkil qiluvchi harbiy - savdo rabotlari kiritilgan. Ular faqat o„troq aholini dushmandan himoyalab qolmay, tinch vaqtda ko„chmanchi xalq bilan savdolashish funksiyasiga ham ega bo„lgan. Kampirdevor himoyasi ostidagi mudofaalangan rabot - Qizil-tepa manzilgohi anchagina xarakterli. Asosiy istehkom asosida 3,5 m qalinlikdagi, burchaklarida burjlari bo„lgan devorlar bilan o„ralgan, tomonlari 108-108 m bo„lgan kvadratni tashkil qilgan. Devorlar ichida qurilmalar, kulol pechlari, metall qotishma qoldiqlari bo„lgan. Devorlarning asosiy to„rtburchagiga parallel, yarmi o„tgan davrlar mobaynida siyqasi chiqqan, taxminan 300x300 m maydonni o„rab turuvchi, 100 devorlarning ikkinchi qatori o„tgan. Chamasi bu tashqi devorlar dushman hujumi vaqtida atrofdagi aholining joylashishi uchun mo„ljallangan hududni himoya qilgan. Qiziltepa rabotining umumiy o„lchami Yettisuv rabotlarining bir xil o„lchamlariga muvofiq keladi. Sirdaryo quyi oqimining rabotlari ham xuddi shunday xarakterga ega. Miyram istehkomi birmuncha yirikroq; uning ichki devorlari o„lchamlari 140x140 m. Bolapon tepa va Oqqo„rg„on istehkomlari boshqacha ko„rinishda. Ularning asosiy o„zagi - 120 m diametrga ega bo„lgan istehkomni tashkil qiladigan, tarhda aylana shaklidagi tepalik, unga g„ov bilan o„ralgan, chamasi harbiy harakatlar vaqtida atrofdagi aholiga boshpana bo„lib xizmat qiladigan noto„g„ri shakldagi maydon tutashgan. Bu istehkomlarni Buxoro Kampirdevor sistemasidagi kichik Xazora qal‟asi bilan yaqinlashtirish mumkin. U yerda istehkomga tutashuvchi g„ovlar savdo- hunarmandchilar manzilgohlarining ibtidosi sifatida izohlanishi mumkin bo„lgan maydonlarni o„rab turgan. Xorazmshohlar davriga (XII asr) tegishli bo„lgan qo„rg„on-rabotlarning bir qismi Jayxun-Amudaryo bo„ylarida joylashgan. Odatdagidek, bu kichik, bir tipli, rejada to„rtburchak shaklidagi qo„rg„onlardir. Qiz-qal‟a o„lchamlari bo„yicha anchagina katta va plani bo„yicha o„ziga xos (Amudaryo o„rta oqimining o„ng sohili). Qo„rg„on baland ko„tarilgan tepalik o„rniga ko„ra noto„g„ri shaklga ega. Inshootlarning asosiy maydoni, o„ziga xos sitadel, qo„rg„onning shimoli-g„arbiy qismida, kirish darvozalari yaqinida joylashgan. Turar joy xonalari qo„rg„on devorlari bo„ylab joylashgan (“turar joylarga ega devorlar” g„oyasining o„ziga xos talqini shundan kelib chiqqan). Yuqorida keltirilgan Xorazm qal‟alarida sitadel yoki inshooot Sirdaryoning, sitadel mudofaalangan maydon o„rtasini egallagan ba‟zi qal‟alariga qarama-qarshi, tashqi devorlaridan birining oldiga surilgan. VIII-XII asrning chegaradagi mudofaalangan manzilgoh-rabotlari mamlakatimizning asosiy rayonlarida va sahro bilan chegaralanuvchi uning uzoq chekkalarida, faqat kichik detallaridagina farq qiluvchi xuddi o„sha planirovka variantini beradi. Arablar davrigacha, ilgari ham 101 qo„llanilgan istehkomlarning ikki, bitta umumiy markazga ega bo„lgan xalqalaridan tashkil topgan mudofaalangan manzilgoh turi faqat o„zining absolyut o„lchamlarida kattalashgan holda ilgarigidek qolgan. Bu esa ehtimol, ko„chmanchilarning o„troq dehqonlar va hunarmandlar bilan savdo aloqalarining kuchayishi va rivojini ko„rsatadi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling