Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Yettisuv shaharlari. Somoniylar davridagi Taroz musulmon Sharqining yirik
markazlaridan biriga aylanadi. Zamondoshlar uning savdo ahamiyatini ta‟kidlaydilar. Ibn Ruste (X asr) uni savdogarlar shahri deb ataydi. Ibn Xavqal (X asr oxiri) yozadi: “Taroz - musulmonlarning turklar bilan savdo joyi ... uni islom (mamlakati)dan hech kim bosib o„tmaydi, chunki kim uni bosib o„tsa, qarluqlar chodiri (ya‟ni ko„chmanchilar)ga kiradi”. Bu va boshqa ko„plab guvohlar shaharning savdo ahamiyatini, uning qishloq xo„jalik tevarak atrofi bilan chambarchas iqtisodiy va madaniy aloqasini ta‟kidlaydilar. Turklar- ko„chmanchilar o„troq shahar hayotiga o„tadilar. Bu yerda, Yettisuvda shaharlar somoniylargacha bo„lgan vaqtlardayoq (IX-X asrlar) yuzaga kela boshlagan. Bu vaqtga kelib Taroz faqat shahriston va sitadelga emas, balki shahar atrofi- rabodlarga ham ega bo„lgan. Qoraxoniylar davrida shahar devoriy suratlarga ega mahobatli binolar bilan bezatilgan. Qazilmalarda vodoprovod topilgan. Bu feodal o„rta asrining muhim poytaxt shahri bo„lgan va faqat mo„g„ullar hujumi bilan bog„liq bo„lgan harbiy falokatgina uning hayotini to„xtatgan. Taroz, Yettisuvning boshqa shaharlaridan ko„ra ko„proq o„ziga O„rta Osiyo madaniyati qirralarini singdirgan. Musulmon O„rta Osiyosi uchun u ko„chmanchi dunyo muhitida tayanch va uzoq o„lkasi bo„lgan. Sharqqa qanchalik uzoq kirib borilsa, shaharlar rejasida mahalliy xususiyatlar shunchalik ko„proq paydo bo„ladi. Chu daryosi rayonidagi shaharlar o„z turi bo„yicha Talas shaharlariga yaqin, ammo ularning ko„chmanchi-turklar orasidagi chegarada joylashgan o„rni bilan yuzaga kelgan ba‟zi tafovutlarga ega. Ularda Movaraunnahr an‟analari ko„chmanchilarning barham topmagan turmush ko„nikmalarini aks ettirgan holda mahalliy turk xususiyatlari bilan aralashgan. Shaharlarning bunday turiga turk xoqonligi hukmdorlarining ikki marotaba poytaxti bo„lgan Bolosog„un va Sarig„ namuna sifatida xizmat qilishi mumkin. 97 Yettisuv shahar hayoti VIII-XII asrlarda o„z ravnaqiga erishdi, bu davr shaharlari Chu-Talass daryo oralig„ida ko„p va asosiy vohalar hududini egallaydi; ko„chmanchilar tog„ daralari va vodiylarga surilib chiqadilar. Bolosog„un va ayniqsa Sarig„ shaharlari eski so„g„d qishloqlaridan paydo bo„lgan aholi joylari namunalarini tashkil qiladi. Ular o„z arxitektonikasi bo„yicha Movaraunnahr shaharlariga muvofiq keladi, ya‟ni sitadel, shahriston va rivojlangan rabodga ega. Ammo bu shaharlar ko„chmanchilarning vaqtinchalik o„troqlashuv joyi va eski markaz-shahriston hududida emas, shahar atroflarida, tarhda to„g„ri burchakli shakldagi mustaqil devor bilan o„ralgan, baquvvat mudofaalangan darvozalar va harbiy minoralarga ega yangi maydonda o„rnashgan ko„chmanchi xonlarning qarorgoh-shtabi bo„lgan. Masalan, XII asrda chamasi eski shahriston emas, himoya handaklari bilan o„ralgan sharqiy hudud Bolosog„un hayotining markazi bo„lgan. Qazilmalar natijasida bu yerda budda monastiri topilgan. Xuddi shunday, devor bilan o„ralgan to„g„ri burchakli hudud Sarig„da, shahristondan g„arbda kuzatiladi. Ili daryosi vodiysidagi shahar turidagi manzilgohlarning hosil bo„lish yo„llari Chu-Talass daryo oralig„idagilarga nisbatan boshqacha. Ular o„troq chorvadorlar va dehqonlar guruhlari paydo bo„lgan vaqtdagi ko„chmanchi xo„jalik ichki rivojining mahsuli bo„lgan. Bu manzilgohlar – shaharlarning boshlanishi, hujum bo„lib qolganda boshpana-qo„rg„ondan iborat bo„lib, dastlab ko„chmanchi xonlarning qarorgohi bo„lgan. Shu yerning o„zida hunarmandchilik ham jamlangan. Bu manzilgohlarning o„ziga xosligi - sitadellarda, shahriston va rabodga aniq ifodalangan bo„linishning yo„qligi va ularning katta bo„lmagan o„lchamlari. Bunday soddalashgan turdagi shaharlar, ko„chmanchi sahro va o„troq vohalar tutashuvining har yerida yuzaga kelgan. O„rta Osiyo shaharlarining bir qismi “musulmon dunyosidan Xitoyga tomon ketgan karvon yo„li bo„ylab” yuzaga kelgan. Bu Isfajob, Taroz va Yettisuvning boshqa shaharlaridir. Ammo shu bilan bir vaqtda o„troq dehqonlar va ko„chmanchilar orasidagi mahalliy savdo aloqalari punktlaridan shaharlar yuzaga kelgan. Ko„chmanchi sahro va o„troq madaniy mintaqa chegarasidagi bunday tipik 98 bozorlar - Signak, O„tror, Jend va Sirdaryo etaklarida joylashgan boshqa manzilgohlarda bo„lgan. Signakning iqtisodiy va siyosiy tabiati shahar xarobalari tadqiqotchisi A.Yakubovskiy tomonidan quyidagi so„zlarda ifodalanadi: “Signak sahro va madaniy mintaqa chegarasida bozor sifatida yuzaga kelib, eng avvalo savdo markazi bo„lgan. Ammo, u mudofaalangan shahar bo„lib, XII asrning ikkinchi yarmi - XIII asr boshi xorazmshohlarining tajovuzkor niyatlaridan cho„llarni himoya qilish uchun to„plangan va siyosiy markazga aylangan”. 1219 yilda shahar Chingizxon o„g„li Jo„chi qo„shinlari tomonidan vayron qilingan. Faqat XIV asrdagina u Oq O„rdaning poytaxti bo„lgan. Shahar qaytadan qurilgan va bezatilgan. Keyinchalik Signak sekin-asta qozoq xonlari va aslzodalarining dafn qilish joyiga aylangan. Signak qoldiqlari hozirgi kunda umumiy uzunligi 1100-1200 metrga cho„zilgan devorlar tashkil qilgan to„rtburchakdan iborat. Shimoliy devor janubiysidan birmuncha uzunroq. Ular anchagina yaxshi saqlangan. Ularning balandligi 6 metr. Janubiy devorda qo„rg„on darvozalarining qoldiqlari ko„rinadi. Shimoli-g„arbiy burchakda katta binoning vayronalari ko„zga tashlanadi. Devorlar bilan o„ralgan butun hudud qurilmalar qoldiqlariga ega; hatto ko„chalarni ham kuzatish mumkin. Asosiy devorlardan katta bo„lmagan masofada faqat uch tomondan zo„rg„a ko„rinib turgan g„ov ko„rinishida qisman saqlangan ikkinchi devor qoldiqlari ko„rinib turadi. Yakubovskiyning fikricha, shaharning bu devorlari mo„g„ullargacha bo„lgan vaqtga tegishlidir. Shunday qilib, shahar mo„g„ul bosqinchiligidan keyin o„sha joyning o„zida tiklangan, faqat uning hududi birmuncha kichraygan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling