Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Masjidlar. Buxorodagi XVI asrda yuzdan ortiq mahalla masjidlari mavjud 
edi. Ular sinchli qilib qurilgan bo„lib, sinch oralig„iga guvala yoki xom g„isht 
urilgan. An‟anaviy tarzda masjidning gumbazli yoki ustunli zalining bir, ikki yoki 
uch tomonidan yog„och ustun-to„sinli ayvon tutashgan. Markaziy Osiyoda saqlanib 
qolgan eng ko„hna mahalla masjidlaridan biri XVI asrga oid Masjidi Balanddir. 


127 
Odatdagi sinchli mahalla masjidlaridan farqli o„laroq u, istisno tariqasida, baland 
tosh supada pishiq g„ishtdan qurilgan, bu hol uning uzoq vaqt yaxshi saqlanishga 
imkon bergan. Kubsimon bir xonali inshoot shimol va sharq tomondan “G” simon 
shaklda ustunli ayvonlar bilan o„ralgan. 
Masjidning inter‟yeri sernaqshli. Uning naqshi geometrik bezak va markaziy 
qismidagi “hovuzak” muqarnasli gumbazcha bilan boyitilgan. Shift va devorlar 
sirti zarhal bo„rtma tasvir – “kundal” bilan qoplangan. 
1579–1580 yillarda Buxoroda ikkinchi Xoja Kalon jome masjidi qurib 
bitkazilgan. To„g„ri burchakli bu binoning o„rtasida hovlisi bo„lib, atrofi ustun–
gumbazli galereyalar bilan egallangan. Asosiy kiraverishini bezagan peshtoq 
ro„parasidaga hovlining g„arb tomonida masjidning peshayvonli va gumbazli 
qishki zali – “maqsura” joylashgan. 
XVII asrning yirik masjidlaridan Mag„oki Ko„rpa masjidini qayd etish 
mumkin. U Toqi Telpakfurushon savdo gumbazi yonida barpo etilgan. Ikki qavatli 
masjid eski qurilish o„rnida barpo etilgan, shuning uchun uning birinchi qavati 
ancha pastlikda joylashgan. Nomining “Mag„ok” – “yer osti” yoki “chuqurda” 
deyilishi bejiz emas. Masjidning to„g„ri burchak tarhli sistemasi bo„yicha har bir 
qavatida yirik o„n ikki gumbazli va olti ustunli zal mavjud. Ikkinchi qavatdagi 
zalning o„rta qismlaridan biri baland poygumbazga o„rnatilgan havorang gumbaz 
qoplangan. 
XVII asr fuqarolik inshootlaridan xon qarorgohi – Ark qal‟asida qurilgan 
obidalarni keltirish mumkin. XV asr devorlari chegaralarida bizgacha yetib kelgan 
Ark XVII asrda – Ashtarxoniylar davrida va XIX asr oxiri – XX asr boshlarida – 
Mang„itlar davrida tubdan qayta qurilgan. 
Buxoro shaharsozlik madaniyati xonaqoh tarzidagi me‟morchilikning 
rivojlanishiga katta hissa qo„shdi, bu hol XVI asr ikkinchi yarmida juda yaqqol 
namoyon bo„ldi. Asosan bu davrda xonaqoh binolari xukmdorlar yoki 
shayxlarning boy muridlari tomonidan o„z ko„lami va ahamiyati bo„yicha ustunlik 
qiluvchi memorial-diniy majmua elementi sifatida bunyod qilingan. Bahouddin 


128 
Naqshband qabri yonida XVI asrda bunyod etilgan xonakoh va Qosimshayx 
xonaqosi shular jumlasidandir. 
Buxorodagi Labihovuz ansamblining Nodir Devonbegi xonaqosi (XVII asr) 
markaziy shahar ansamblining ajralmas qismi hisoblanadi, bu usuldagi xonaqohlar 
kamdan-kam uchraydi. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling