Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Mo„g„ullargacha bo„lgan davr O„rta Osiyo me‟morlarining


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

7. Mo„g„ullargacha bo„lgan davr O„rta Osiyo me‟morlarining
me‟moriy-rejaviy usullari 
 
Arablar istilosi va mo„g„ullar bosqini davrlari oralig„ida yotgan to„rt yuz 
yillikdan (VIII-XIII asrlar) keyingi vaqtlarda ham jiddiy o„zgarmagan me‟moriy-
rejaviy usullar ishlab chiqildi va tasdig„ini topdi. “XI asrda, qoraxoniylar davrida, - 
yozadi V.Bartold, - arablar istilosi davridan belgilangan, hayotning eski 
shahristonlardan, bozorlari bo„lgan shahar atrofiga o„tish jarayoni, ilgarigi 
shaharlarning shahar atroflariga va shahar atrofining shaharlarga munosabati 
tugagan”. 
Rabodda, bozor rayonida joylashgan kvartal-mahallalar qandaydir bir 
mutaxassislikdagi hunarmandlar bilan to„lgan. Bu yerda ular yashagan, ishlagan va 
shu yerning o„zida o„z mollarini sotganlar. 
Asosiy ko„chalarning alohida maydonlari, chorrahalardagi gumbazli savdo 
inshootlari bilan ajratilgan. Har bir bo„lim hunarmandchilik va savdo turlari 
bo„yicha ixtisoslashtirilgan bo„lgan. Vaqt o„tishi bilan bir-biriga qarama-qarshi 
joylashgan ikki madaniy-jamoat binolari oldida maydon hosil qilib, ko„cha 
kengaygan. Mahobatli binolarning bu juft joylashuvi - O„rta Osiyo shaharlaridagi 
oddiy usul hisoblangan. XII-XIV asrlardan boshlab uni Termizda ham, 
Samarqandda ham, Buxoroda ham, Xivada ham va boshqa shaharlarda ham 
uchratish mumkin. Mahobatli inshootlarning bunday joylashuvida anchagina 
bezatilgan bosh tarzlarni ajratish prinsipi aniq namoyon bo„ladi. Bu binolarning 
bir-biriga qarama-qarshi qo„yilgan ikki peshtoqi ko„cha maydonini kichik shahar 
maydoniga aylantirdi. O„rta Osiyo shaharlarida, ko„p hollarda maydon ko„chaning 
oddiy kengaytirilishi bo„lgan. Xatto kattalashtirilganda ham maydon fazosi 
mustaqil ahamiyatga ega bo„lmagan. Mahobatli inshoot (yoki ularning guruhi) 
markaziy shahar majmuasini shakllantiruvchi negiz bo„lgan, bu maydon shu 


111 
inshoot sababli mavjud bo„lgan. Ammo, ochiq maydonlar bilan bir qatorda o„z 
tuzilishi bilan jamoat va madaniy binolar ichki hovlisini takrorlovchi yopiq
maydonlar ham qurilgan. 
Mo„g„ullargacha bo„lgan davr shaharlari ba‟zan shahar hududiga sun‟iy 
inshootlar yordamida olib kelingan suv zahiralariga muhtoj bo„lgan. Suvli yirik 
hovuzlar shahar manzarasining ajralmas qismini tashkil qilgan. Bizning 
kunlargacha saqlangan Buxoro Labihovuzini, Afrosiyob hududidagi yirik hovuzlar 
qoldiqlarini, Isfajob (Sayram) shahristoni darvozalari oldidagi keng hovuzlarni 
eslaylik. 
Bu kompozitsion - planirovka qirralarni O„rta Osiyoning mo„g„ullargacha 
bo„lgan shaharlarining har birida topish mumkin. Ammo, hamma uchun umumiy 
bo„lgan kolorit bilan bir qatorda shaharlar o„z xususiy qirralarini saqlab qolgan. 
Hamma yirik shaharlar ham bir xil darajada saqlanmagan. Faqat ulardan bir qismi 
bizning kunlargacha yetib kelgan. Keyingi davrlar qurilishlari shahar qiyofasini 
o„zgartirib, ilgarigisining ustiga qatlamlangan. Shaharlarning bir qismi yer bilan 
barobar tekislangan va faqat inshootlarning ozgina qoldiqlarigina shaharning 
ilgarigi salobati va ahamiyati haqida so„zlaydi. 
Saqlanib qolgan manzilgohlarni solishtirib, eski an‟analarning zamonaviy 
qurilishdagi qirralarini fahmlab, zamondoshlarning yozma dalillarini sinchiklab 
o„qib chiqib, biz har bir shaharning o„ziga xosliklarini tiklaymiz, mo„g„ullargacha 
bo„lgan O„rta Osiyoning yuzaga kelgan o„ziga xos me‟moriy-rejaviy usullari 
haqida gapirish imkonini beruvchi bir xil qirralarini aniqlaymiz. Aynan shu 
me‟moriy-rejaviy usullar asosida keyingi vaqtlarda, temuriylar va shayboniylar 
davrida qurilish avj olgan. 
Turar joy va jamoat binolari devor yuzasiga ishlov berishning ilgarigi, 
arablargacha bo„lgan davrlarda yuzaga kelgan ikki asosiy usullari - yarim ustunlar 
va ravoqlar keyinchalik ham mavjudlikni davom ettirgan. Bu izchillikni 
Xorazmning mahobatli turar joy me‟morchiligida alohida yorqin kuzatish mumkin. 
Ammo, bu usullar amaliy-qurilish asosidan uzilib bo„lgan va obrazli-dekorativ 
xarakterga ega.


112 
Xorazmshohlar davri qurilishlarida g„isht o„rniga favqulodda loyli bloklar-
paxsa ishlatilgan, ulardan devorlar qurilgan. Paxsali devor - mayin xom ashyo - 
murakkab va turli suratlar dekorativ ishlovini amalga oshirish uchun ko„proq 
imkoniyat bergan. Devorlarni yarim ustunlar bilan ishlashda ularning nisbatlari 
cho„zilgan, shu sababli ular o„z og„irligini va donadorligini yo„qotgan va endi 
devor mustahkamligini oshirish maqsadiga xizmat qila olmagan va aksincha, uni 
bo„shashtirgan. Chunki, yarim ustunlar uning qalinligi ichiga botib kirgan. Tepa 
ravoqlar qolgan, ammo paxsa bloklar uchun ular har qanday konstruktiv 
ahamiyatini yo„qotgan va me‟moriy motiv sifatidagina qolgan xolos. 
Harbiy qurilmalar - minoralar, devorlar kungurasi, burchak kuzatish burjlari 
asta-sekin mudofaa ahamiyatini yo„qota borgan. Burjlar tor bo„lgan, jangchilarni 
yetarlicha sig„dira olmagan va harbiy harakatlar uchun noqulay edi; shinaklar 
kovaksimon chuqurliklarga aylangan. Bu shakllar ortida faqat dekorativ rol 
qolgan. O„zlarining ishtiroki bilan ular feodal qal‟asini, turar joyini oddiy aholi 
turar joyi orasida ajratib turgan. 
Qal‟alar me‟morchiligida asosiy tarzga e‟tibor paydo bo„lgan. Yarim ustunlar 
va bezaklar faqat asosiy kirish devorini qoplagan, qolgan uch devor bezaksiz 
qoldirilgan. Ilgari, afrigidlar davri qal‟alarida yashirilgan kirish qismiga endi 
e‟tibor ko„proq berila boshlangan. Endi markaziy kirish minorasi anchagina 
oldinga chiqarilgan. Bu temuriylar davridagi bo„lajak peshtoqlar timsolidir.
O„tmishda amaliy-funksional elementlar (shinak, kungurali parapet, 
devorlarning burmali ishlanishi) xorazmshohlar davrida nihoyatda me‟moriy-
dekorativ xarakterga ega bo„lganligi, ularning umuman mudofaa-himoya 
vazifasiga ega bo„lmagan inshootlarda, aynan kaptarxonada ishlatilishi bilan 
isbotlanadi. Masalan, ba‟zida kaptarxonaning tashqi devorlari qal‟a devorlari kabi 
bezatilgan qalbaki shinaklar bilan almashingan xuddi shunday yarim ustunlar bilan
ishlangan.
Qavat-qal‟a qal‟asi eng ko„p to„liqlik va tugallanganlik bilan xorazmshohlar 
davri yirik yer egalarining feodal turar joy-qo„rg„onini xarakterlaydi. Uning 
me‟moriy shakllari va bezagi ilgarigi afrigid davri inshootlaridan kelib chiqqan.


113 
Bu evolutsiyaning oraliq bosqichlari afrigid-somoniylar va xorazmshoh 
davrlari chegarasida turgan Noib qal‟a yoki Bo„ron qal‟a (Xorazm) turar joy 
qo„rg„onlari kabi inshootlarni xarakterlaydi. O„z tarhi bo„yicha ular afrigid davri 
inshootlaridan uzoqlashgan va tamomila O„rta Osiyoning ilk musulmon davriga 
tegishlidir, ammo umumiy me‟moriy qiyofasida ilgarigi davrning muhim izlarini 
hali ham saqlaydi. Ularning tarhi burchaklari va har bir devor markazida
minoralarga ega devorlar bilan o„ralgan to„g„ri burchakni tashkil qiladi. Ichki hovli 
chekkalarida bizgacha yetib kelmagan turar joy binolari qurilgan. Devorlar tekis, 
burjlar ravoqli uchlarga ega yarim ustunlar bilan bezatilgan. Bezaklar yo„q. 
Noib qal‟a turidagi inshootlar uchun quyidagi belgilar xarakterli: ularda hali 
bosh tarz ajratilmagan; to„rttala tomoni me‟moriy detallar bilan bir tekis 
to„ldirilgan; kirish minorasi, poydevor qoldiqlariga ko„ra, qolganlari ichidan 
ajratilmagan. Yarim ustunlar bilan faqat burjlar ishlangan; devorlar umuman tekis. 
Bunda ilgarigi, yarim ustunlar bilan faqat burj-ko„shk ishlangan ilgarigi davrlar 
aksini ko„rmaslik mumkin emas. Shu bilan birga bo„lajak xorazmshohlar davri 
uchun xarakterli bo„lgan yarim ustunlarning cho„ziq nisbati va uchli 
ravoqchalarning nayzasimon shakli aniqlangan. Hamma inshootlar paxsa 
bloklardan bajarilgan. Bu yerda g„isht, odatdagidek, qo„llanilmagan. 
Bo„ron qal‟aga Noib qal‟a bo„yicha qilingan mulohazalarni tegishli deyish 
mumkin, faqat shunday to„ldirish bilanki, Bo„ron qal‟ada uni xorazmshohlar davri 
bilan yaqinlashtiruvchi yangi motiv belgilanadi: o„rta burjlar shakllarining 
burchakdagilardan farqi. Bu ilgarigi janr uchun xarakterli bo„lgan bino asosiy 
elementlarining bir maromliligi va aniq takrorlanishidan chetga chiqish va qal‟a 
me‟morchiligida o„zining aniq ifodasini topgan shakllar turli-tumanligi 
yo„nalishidagi birinchi qadamdir. 
Qavat qal‟a qal‟asi ham tarhi bo„yicha, ham devorlarning me‟moriy 
ishlanishi bo„yicha o„sha davr karvonsaroylariga, masalan Doya Xotin va Raboti 
Malik karvonsaroylariga yaqin. Unisida ham, bunisida ham faqat tokchalar bilan 
bezatish va kirish qismini ravoq-peshtoq bilan ajratish yo„li bilan asosiy tarz qismi 
yorqin ifodalangan. 


114 
Ba‟zida me‟moriy bezak motivlarida birmuncha prinsipial tafovutlar 
uchraydi. Raboti Malikda ravoqchalar bilan tugallangan yarim ustunlar va ikki 
turdagi qalbaki shinaklar ishlatilgan. Doya Xotinda devorlar umumiy 
kompozitsiyasini saqlagan holda yarim ustunlar motivi geometriklashgan kufiy 
yozuvi bilan, qalbaki shinaklar esa - tekis nayzasimon ravoqlarning g„ishtli 
ornamental taxlami bilan to„liq almashtirilgan. 
Raboti Malik karvonsaroyi devorlarning me‟moriy ishlovida dekorativ-
strukturali chiziqni davom ettiradi va rivojlantiradi. Doya Xotin karvonsaroyi esa 
dekorativ-ornamental chiziqni davom ettiradi va chuqurlashtiradi. 
Keyinchalik aynan bu dekorativ-ornamental chiziq temuriylar va shayboniylar 
mahobatli qurilishlarida o„z rivoji va tugal ko„rinishiga erishgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling