Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Hunarmandlar va savdogarlar turar joylari
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
4. Hunarmandlar va savdogarlar turar joylari
Shaharlar va qishloqlarning oddiy ommaviy turar joy binolarida ham ochiq hovlining atrofini yashash xonalari bilan o„rash usuli qo„llanilgan. Yalpi imoratlarga ega qo„rg„onlar uchraydigan Xorazmdan farqli ravishda bu usul Movarounnahrda - bo„lajak O„zbekiston hududida mustahkam o„rnashdi. Xonalarning maishiy ehtiyojlarga moslashtirilishi ularning ochiq hovli atrofiga joylashuv tartibi va vazifalarini belgilab berdi. Maydonlarning tasodifiy shakllari ko„pincha faqat ikki-uch tomondangina imoratlar qurish imkonini bergan holda hovli shakliga ta‟sir o„tkazdi, ammo bu sxemadan ayrim chekinishlar O„rta Osiyoning ko„plab rayonlarida turli variantlarda doimiy va izchil olib borilgan asosiy planirovka prinsipini xaspo„shlay olmadi. Variantlarning bu xilma-xilligi eng avvalo shahar va qishloq aholisining mulkiy tengsizligidandir, bu narsa qo„rg„onning o„lchamlarida, qurilmalar tarkibida, ularning qo„rg„on hududi bo„ylab joylashishida, qurilish sifatida, dekorativ bezatilishi va nihoyat qo„rg„onning aholi joyi turar joy rayoni rejasidagi o„rnida aks etadi. Masalan, Govkushon ulkan Buxoro saroyi ko„chalarning chalkashliklari orasida va shahar 139 chekka kvartallarining berk ko„chalarida joylashgan hunarmand yoki savdogarning oddiy qo„rg„onidan qat‟iy farq qiladi. Toshhovli Xiva saroyini shaharning har qanday boshqa hovli - joyi bilan taqqoslab bo„lmaydi. Qo„qondagi Xudoyorxon saroyini oddiy Farg„ona shahar yoki qishloq qo„rg„oni bilan o„xshatib bo„lmaydi. Shahrisabz saroyining ulkanligi haqida yuqorida aytib o„tildi. Shu bilan birga O„rta Osiyoning shahar va shahar cheti turar joylari va qo„rg„onlari temuriylar, shayboniylar va ancha keyingi davrlarda mamlakatning rayonlaridan har birida tarixiy an‟analar, mahalliy va tabiiy sharoitlar, maishiy odatlar, badiiy did, sevimli dekorativ motivlar tufayli yuzaga kelgan o„z mahalliy xususiyatlariga ega bo„ldi. O„rta Osiyo turli rayonlari uchun turar joy va xo„jalik xonalarining ichki hovli atrofida joylashishidan iborat bo„lgan umumiy planirovka usullari doirasida turar joy xonalari tarhining o„xshash sxemasida rayonlardan har biri uchun turar joy qo„rg„oni qurilishining turli variantlari ishlab chiqildi. Bu mahalliy tafovutlar turlicha namoyon bo„lgan. Xorazmda ayvon-peshayvonlar, bir holatda turar joy xonalari bo„ylab cho„zilgan galereya xarakteriga ega bo„lgan, boshqa holatda ularda baland, yalpi o„ymakorlik bilan qoplangan tayanch ustunlar qo„llanilgan alohida ta‟sirchan bo„lgan chuqur, bir tomoni ochiq xonalarni namoyon qilgan. Turli rayonlar qo„rg„onlarining qishki va yozgi turar joy xonalari ba‟zida bir-biriga qarama-qarshi qo„yilgan, boshqa holda esa bir guruhga birlashib ketgan. Xonalar ichki devorlari, ayvonlar ustunlari bezaklarining dekorativ xarakteri, ba‟zida esa qo„rg„onlarning tashqi to„siqlari ham har bir rayonda o„z individual ishlanmasiga ega bo„lgan. Turli rayonlarda shahar va qishloq turar joy qo„rg„onlari planirovkasining xarakterli belgilari o„zgacha. Masalan, Xorazm rayonida ular orasidagi tafovut ko„p ifodalangan, Buxoroda kamroq. Ammo hamma hollarda qishloq qo„rg„onlari tarhda oddiyroq, ularning turar joy va xo„jalik qurilmalari esa maydonda ancha erkin joylashtirilgan. Turar joy va qo„rg„onlarning to„rtta asosiy guruhlarini ajratish mumkin: Xorazm, Buxoro, Samarqand va Farg„onacha. Ancha mayda xillari ham bor, 140 masalan, Toshkent, Shahrisabz, Qarshi rayonlarida, ammo ular asosiy guruhlarning faqat mahalliy variantlari hisoblanadi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling