Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Buxoro turi. Xorazmdan farqli Buxoro turida ayvon deyarli bo„lmaydi. 
Qo„rg„on tarhi asosini qarama-qarshi joylashgan yozgi va qishki qismlar tashkil 
qiladi. Qo„rg„onlarda odatda erkaklar (birun), ayollar (darun) va xo„jalik hovlilari 
aniq ajratilgan. 
 Qurilmalar odatda ikki qavatli bo„lgan. Ikkinchi qavat odatda xo„jalik hovlisi 
ustida joylashgan erkaklar xonalari bilan band. Ba‟zida ikkinchi darajali (qishki) 
xonalar asosiy xonaning qarshisida emas, yon tomonlarida joylashtirilgan. Shahar 
cheti qo„rg„oni shaharnikidan turar joy bo„limining ancha oddiy tashkil 
qilinganligi va maydonda xonalarning erkin joylashuvi bilan farq qiladi.
Buxoro qo„rg„onining turar joy bo„limlari ikki turda bo„lgan: yozgi (tobiston) 
va qishki (zimiston). Har bir bo„lim yon tomonlarda joylashgan dahliz va yuvinish 
joyi (madon)ga ega markaziy xonadan tashkil topgan. Yozgi bo„lim xonasi ikki 
qavatli balandlikka ega. Yordamchi xonalar tepasida boloxona (shohnishin) 
joylashtirilgan. Ba‟zida qishki bo„lim yon xonalar bilan almashtirilgan. 
Shahar binolarining zichligidan kelib chiqqan maydonlar o„lchamlarining 
kichikligi xonalarni yuqoriga tomon o„stirishga majbur qilgan. Shuning uchun 
hamma Buxoro uylari ikki-uch qavat (ba‟zida undan ham ko„p)ga ega bo„lgan. Bu 
yerda tomlardan ham foydalanishgan. Yoz vaqtida odatda past xonalarning 


144 
tomlarida uxlashgan, ularni qo„shnilardan to„sish uchun oldida kichik soyabonlari 
bo„lgan (0,7-1,0 m kenglikdagi) tekis devorlar o„rnatganlar. 
Buxoro turar joyi odatda ko„chalar, tor ko„chalar yo„nalishiga va qo„shni 
maydonlar chegaralariga moslashtirilgan noto„g„ri to„rtburchak shakliga ega. 
Buxoroning So„fiyon guzaridagi kichik uy ham shunday. Uning ichki hovlisi 
trapetsiya shakliga ega. Maydonning kichik o„lchamlari erkaklar qismini, uning 
o„lchamlarini ikki xona va tomning kichik maydoni bilan cheklab, ikkinchi qavatga 
joylashtirishga majbur qilgan. Birinchi qavatda kirish xonasi va otxona, u yerdan 
zinapoya ikkinchi qavatga, mehmonxonaga olib chiqadi. Undan so„ng bo„g„im-
bo„g„imli yo„lakcha orqali ayollar qismining ichki hovlisiga o„tish mumkin. Ichki 
hovlining ikki tomoni turar joy xonalari-yozgi va qishki xonalar bilan, uchinchi 
tomoni oshxona va omborxona bilan band. Har bir yashash xonasida yuvinish 
joyiga ega kichik dahliz bor. 
Maydon shakli, joy rel‟yefi, uning shahar markazida yoki chekkasida 
joylashuviga bog„liq holda quruvchilar turli planirovka yechimlarini qabul 
qilganlar, ammo uzoq turgan an‟anaviy usullarni umumiy kompozitsiyada qanday 
bo„lsa, dekorativ ishlovda ham xuddi shunday o„zgarishsiz saqlaganlar. 
Buxoroning shahar tashqarisidagi uylari Xorazm uylari bilan taqqoslab 
bo„lmas darajada. Ular shahar uylaridan o„lchami bilan, bezakning soddaligi va 
maydonda ancha erkin joylashishi bilan farqlanib, prinsipial jihatdan ularga
o„xshash. 
Katta turar joy inshootlari-saroylar oddiy uydan umumiy maydoni va 
xonalarning soni bo„yicha ustun bo„lib, ularning tarhiy sxemasini takrorlaydi 
(masalan, Govkushon saroyi). 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling