Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

 
 
 


149 
5. Temuriylar va Shayboniylar - O„zbek xonliklari davrlarida
O„rta Osiyo me‟morlarining me‟moriy-rejaviy usullari 
 
Buxoro amirligi, Qo„qon va Xiva xonliklarida shaharlar rivojlandi. O„zbek 
xonliklari davri me‟moriy – rejaviy usullari asosan oldingi davr an‟anaviy ya‟ni, 
shahar atrofini mustahkam devorlar bilan o„rab olish va shaharga bir qancha 
darvozalar orqali kirish davom etgan. Shuningdek, asosiy radial yo„nalishdagi 
ko„chalar shahar markazida kesishgan va ular Registon maydonini tashkil qilgan. 
Ko„pincha bu yer Chorsu deb ham yuritilgan. Eng yirik inshootlar shu markazda 
shaharning shimoliy – sharqiy qismida saroy markazda, asosiy ko„chalar 
kesishuvida bozor maydoniga ega. Qo„qon xonlik poytaxti shunday bunyod 
etilgan. 
Ko„pincha shahar darvozalari oldida bozor, karvonsaroy va hammom 
joylashgan (Xiva). Bozor yaqinida masjid, madrasa va maqbaralar qurilgan. 
Xonliklar davrida umumiy ta‟lim darajasi hamda yoshlarni o„qishga katta 
ahamiyat berilganligini ko„plab madrasalar qurilganligi isbotlaydi. 
O„zbekistonning Buxoro, Qo„qon va Xiva shaharlarida barpo etilgan turar 
joy, masjid, madrasalar va boshqa inshootlar bir-biridan farq qiladi. Ularning 
o„ziga xos xususiyatlarini namoyish qilish uchun hajm mutanosiblarini 
solishtirining o„zi kifoya deb yozadi arxitektura doktori, professor I.M.Azimov: 
“Xorazmdagi xonadon imoratlarida asosan turar joy xonasi va oldi baland ayvoni 
bo„lgan. Ayvon xonadondan deyarli ikki barobar baland bo„lgan. Odatda turar joy 
qarshisida oshxonali kichik ayvon, omborxona va qo„shimcha xonalar qurilgan. 
O„rtasi hovli bo„lgan. Xorazm uylari hamma vaqt ham ichkari va tashqarili qilib 
qurilgan. Uylar asosan shimolga yo„naltirilib, quyosh nuriga teskari, yaxshi 
shamollatiladigan qilib rejalashtirilgan. Buxoro yoki Farg„ona vodiysidagi uylar 
asosan hovli atrofiga gir aylantirib qurilgan. Xonalar erkin joylashtirilgan”. 
Farg„ona vodiysidagi, shu jumladan Qo„qondagi xonadonlar ancha keng 
bo„lgan va ko„pincha mevazor bog„lari, ekin ekadigan yerlari bo„lgan. Shu bilan 
birga seysmik (zilzila) havfiga qarshi devorlar qo„sh sinchli qilib, 60-70 sm 


150 
qalinlikda ko„tarilgan. Xonalar ichida ko„pincha taxmon va tokchalar qoldirilgan. 
Saroylar oddiy turar joylardan xonalarning soni, hovli hajmi va hashamdorligi, 
yorqin ranglardan foydalanilgani bilan farq qiladi. 
Xiva guzar masjidlari o„ziga xos qurilgan. Ular Buxoroning gumbazli 
masjidlari bilan Farg„onaning to„sinli imoratlari o„rtasida bir tarhda ishlangan. 
Bunda gumbazli xonaqoh usti tekis tomli ayvon bilan birlashib ketgan. 
Samarqandda qurilgan Ulug„bek madrasasi, ancha rivojlangan jamoat – 
ibodat qismiga, xujralar, shuningdek ko„ndalang o„qlarda ochiq ayvonlarga ega. 
Bu sxema bo„yicha keyingi yillardagi O„rta Osiyoning hamma madrasalari 
qurilgan. Ular faqat detallar bilan o„lchamlari, me‟moriy bezatish boyligi bilan va 
yashash hamda jamoat – ibodat qismlarning turli nisbatlari bilan farqlanadi. 
Karvonsaroylarda o„sha sxemaning 
o„zi kamroq yoki 
ko„proq 
murakkablashgan va o„zgartirilgan holda qo„llanilgan. Madrasa va karvonsaroy 
an‟analari saroy turar – joy binolarida ham aks etgan. 
XIX asr o„rtasida qurilgan Qo„qondagi Xudoyorxon saroyi tarhiy sxemasi 
asosan o„zgarishsiz qoladi. O„zgarishlar faqat tarzlar me‟morchiligi va bezagida 
bo„lgan, chunki bu turdagi binolarning muhim mohiyati ularning shahar rejasida 
ancha ahamiyatli punktlarda joylashuvi bilan e‟tiborni jalb qilgan. Shuning uchun 
ularga diqqatni tortuvchi salobatli ko„rinish berilgan. 
O„rta Osiyoning tarixan shakllangan shaharlari, fragmentar ko„rinishda bo„lsa 
ham bizning kunlargacha saqlangan yaxlit planirovka guruhlari, asosan XIV-
XVIII asrlarga tegishli. Bu vaqtlar materialida O„rta Osiyo shaharlarining 
me‟moriy majmuasi haqida, alohida inshootlarning uning shakllanishidagi roli va 
salmog„i haqida, uning fazoviy tashkil bo„lishining o„ziga xos xususiyatlari va 
prinsiplari haqida yetarlicha to„liq tasavvur hosil qilish mumkin. Bunda 
majmuaning alohida qismlari yoki yo„qolgan, yoki bizning kunlargacha birinchi 
g„oyasiga qarshi buzilgan ko„rinishda yetib kelganligini yodda tutish kerak. 
Mahobatli ibodat inshootlari savdo xonalari bilan, karvonsaroylar va usti 
yopiq bozorlar bilan birga shaharning asosiy planirovka tugunlarini hosil qilgan. 
O„rta Osiyoning o„rta asrlar shaharlarining markaziy majmuasini shakllantiruvchi 


151 
bu binolar o„z o„lchamlari, boy bezagi, e‟tiborni jalb qiluvchi mahobatliligi va 
shahar rejasida markaziy joylashuvi bilan hukmron feodal tuzumi ijtimoiy 
asosining mustahkamligiga ishonchni tarbiyalash va tasdiqlashga da‟vat qiladi. 
Mahobatlilik va ahamiyatlilik taassurotini kuchaytirish uchun ikki-uch binoni 
mustaqil guruhga birlashtirishning maxsus planirovka usuli (masalan, madrasa va 
masjidni, karvonsaroy va yirik savdo joyi-timni va boshqalarni birlashtirish) keng 
qo„llangan. Ular go„yo yagona me‟moriy organizmni tashkil qilib, yoki 
chambarchas birlashtirilgan, yoki ko„chaning ikkala tomoniga bir-biriga qarama-
qarshi qilib joylashtirilgan. Ba‟zida majmuaning teng huquqli a‟zosi sifatida 
uchinchi binoni kiritish bilan murakkablashtirilgan ancha ko„p uchraydigan 
planirovka usullari shunday kelib chiqqan. 
O„z ichiga odatda maqbara, qabriston, turar joy va yordamchi xonalarni
olgan guzar masjidlari eng xilma-xil planirovka birikmalarini tashkil qiladi.
Bepoyon shahar tashqarisi qabristonlari-nekropollar planning murakkabligiga 
qaramay yaxlitlik va kompozitsion bog„liqlikni saqlagan yirik planirovka 
guruhlarini namoyon qiladi. Nihoyat, jamoat-ibodat va muhim savdo inshootlari 
guruhlari qurilgan markaziy shahar ko„cha va maydonlari shaharlarning 
kompozitsion-rejaviy asosini tashkil qilgan. 
Me‟moriy-rejaviy variantlarining bu rang-barangligi ikki binoning oddiy 
birikuvida qanday bo„lsa, markaziy ko„cha yoki shahar tashqarisi murakkab 
kompozitsion qurilishida ham xuddi shunday qo„llangan bir necha asosiy 
shaharsozlik usullari bilan birlashgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling