Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Shohi Zinda kompleksi, bir necha asrlar davomida Samarqand yaqinida 
yuzaga kelgan maqbaralar guruhi hisoblanib, feodal aslzodalari, asosan Amir 
Temur oilasi a‟zolari va unga yaqin kishilar qabristonini tashkil qiladi. Bu guruhda 
saqlanib qolgan binolarning eng qadimiysi - Xo„ja Ahmad maqbarasi 1336 yil 
bilan sanalangan, ya‟ni u Amir Temurgacha bo„lgan vaqtga tegishlidir.
Bu yerda maqbaralar guruhi mo„g„ullar istilosigacha bo„lgan vaqtlardayoq 
mavjud bo„lgan. To„liq eskirib, puturdan ketgach, XIV-XV asrlarda ular yangilari 
bilan almashtirilgan. Eski maqbaralar ko„pincha sharqdan g„arbga yo„nalgan o„q 
bo„yicha joylashgan; bizning kunlargacha yetib kelgan o„sha vaqtlarda yangi 
qurilgan maqbaralar 200 metrga yaqin uzunlikdagi, shimoldan janubga tomon bir 
qancha burilgan ichki pog„onali yo„lak bo„ylab guruhlanadi. Butun kompleksni 
Qusam ibn Abbos mozori yakunlagan. Shimoliy yuqorigi, maqbaralarning ancha 
qadimgi guruhi shu mozor atrofida joylashgan. Yo„lakning pastki yarmidagi, bir 
necha o„n yillar davomida, Amir Temur hukmronligining birinchi yarmida bunyod 
etilgan maqbaralarda uning xotinlari va qarindoshlari dafn qilingan. Janubroqda 
xizmat ko„rsatuvchi xodimlar va ziyoratchilar uchun xizmat xonalari va 
hujralarning kirisholdi guruhi joylashgan. Bu yerda ikki gumbazli maqbara 
alohida ajralib turibdi.


157 
Butun kompleks o„z davomiyligi bo„ylab aniq uch guruhga bo„lingan, ulardan 
har biri o„z xarakterli qirralariga ega. Gumbazlar bilan yopilgan uchta chortoq-
maydoncha kompleksning muhim nuqtalarini–uning boshi, oxiri va ichki zinapoya 
oldidagi yo„lakning burilish joyini belgilagan holda guruhlarni ajratib turadi. 
Qisman vayron bo„lgan inshootlarning ko„pi bilan to„lgan o„rta guruh bir-biriga 
qarama-qarshi juft-juft joylashgan maqbaralar alohida hajmlarining muntazam 
almashuvini tashkil qiladi. 
Inshootlarning butun guruhi fazoviy kompozitsiya bo„yicha shunday 
qurilganki, Qusam ibn Abbos mozori mohiyati bo„yicha ham, va badiiy g„oyasi 
bo„yicha ham tugallovchi punkt bo„lib, butun sistemani yakunlaydi. Majmua 
bo„lingan uch guruhning har biri o„zidan oldingisi bilan bog„langan va butun 
kompleksning fazoviy qatoriga uzviy kiradi. Ammo, shu bilan birga,
maqbaralarning har bir jufti yoki hatto ulardan har biri yakunlangan yaxlitlikni 
tashkil qilgan holda alohida ko„rib chiqilishi mumkin. Muntazam o„sib boruvchi 
majmua, aniq qayd etilgan, harakatlanish yo„li bo„yicha ketma-ket bog„langan 
ko„rish nuqtalariga egaligiga qaramay, alohida kompozitsion tugunlar mustaqil 
idrok qilinadi.
Binolar shakllarining bu o„xshashligi, bezakning umumiy sistemasi, umumiy 
rang gammasi bir xil qurilish materiali, bir xil me‟moriy detallar va nisbatlarning 
qo„llanilishi bilan kuchaytirilgan butun majmuaning yaxlitligi va birligi xissiyotini 
beradi. Bu yerda asosiy va ikkinchi darajali hamda ularning tobeligining aniq 
ifodalangan ajratilishini ko„rmaymiz. Hamma inshootlar bir turli va bir xil 
masshtabli. Harakatlanish o„qi bo„ylab turgan alohida hajmlar simmetrik va
tutash. Kompozitsiyaning xarakat maqsadiga tomon umumiy kuchayishiga joyning 
tabiiy sharoitlari yordam bergan. Ifodaviylikning rel‟yef bilan kiritilgan bu jihati 
majmuaning rang-barangligi va jozibadorligini oshirgan. 
Sulton Saodat guruhi. Guruhni tashkil qiluvchi maqbaralar ichki hovli o„qi, 
Shohi Zindadagidan ikki marta qisqaroq bo„lgan (100 metrgacha) yo„lak 
chegaralari bo„ylab joylashgan. Ichki hovli to„g„ri chiziqli, keng va bir qarashda 


158 
darhol qamrab olinadi. Xuddi Shohi Zindadagi kabi Sulton Saodat majmuasi asta-
sekin yuzaga kelgan va faqat XVII asrda yakuniga yetgan. 
Ancha qadimgi, g„arbiy maqbarada (XI-XII asrlar) saidlar–“payg„ambar 
avlodlari” urug„ oqsoqoli Sulton Husayn dafn etilgan. Keyinroq u bilan yonma-
yon, ichki o„lchamlari bo„yicha kichikroq, ammo tashqi hajmida devorlarni 
qalinlashtirish va tarzni kengaytirish hisobiga birinchi maqbara o„lchamlariga 
tenglashtirilgan ikkinchi maqbara qurilgan. Natijada, XV asrda bu ikki maqbara 
ravoq bilan birlashtirilgan. Shu tariqa bir peshtoqli, gumbazli ikki maqbaraning 
o„ziga xos kompozitsiyasi hosil bo„lgan. Katta gumbazli inshootlar bunday 
qo„shimcha sababli hovli-yo„lakning bo„ylama o„qiga qaratilgan bosh tarzga ega 
bo„lgan. XVI-XVII asrlarda bu maqbaralarga yon tomonda, majmua bosh 
guruhining fasadliligini kuchliroq ta‟kidlovchi to„rtta kichik maqbara tutash qilib 
qurilgan.
Bu vaqtning o„zida hovlining shimoliy va janubiy chegaralari peshtoqlar bilan 
juft-juft birlashtirilgan gumbazli maqbaralar bilan o„raladi. Bosh guruhda ilgari 
asta-sekin yuzaga kelgan usul ketma-ket qurilgan binolar orqali an‟ana kuchiga ega 
bo„ldi va peshtoqli qo„shimcha qurilishi maqbaralar qurilishi bilan bir vaqtda 
amalga oshirildi. Hovlining, har biri peshtoqli qo„shimchaga ega ikki, gumbazli 
markazlashgan maqbaradan tashkil topgan shimoliy va janubiy chegaralari bo„ylab 
ikki guruh qarama-qarshi joylashgan va ularning peshtoq o„qlari bir-biriga mos 
tushadi. Shu bilan kirish peshtog„ini bosh guruh bilan birlashtiruvchi hovlining 
bosh bo„ylama o„qi ikkinchi va uchinchi guruhni birlashtiruvchi ko„ndalang kichik 
o„q bilan to„ldiriladi. Kirish ravog„i va peshtoq- xonaqohning yo„lning ikki 
tomonida o„zaro bir-biriga muvofiq joylashuvi ham kishi diqqatini o„ziga jalb 
qiladi. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling