Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Shahar maydonlari qurilishi. Shahar maydonini unga olib boruvchi ko„cha 
fazosidan va uni o„rab turgan inshootlar kompleksidan ayro ko„rib chiqish mumkin 
emas. Maydon tashkil qilishning xarakterli usuli - bu ko„chani bir-biriga qarama-
qarshi turuvchi ibodat yoki jamoat binolarini (madrasa-xonaqoh) juft-juft qilib 
joylashtirish orqali kengaytirish; ular orasida - ikki binoni birlashtiruvchi 
ko„ndalang o„qli (ko„chaga nisbatan) ochiq maydon yaratishdan iboratdir. 
Odatda, ikki qarama-qarshi turgan binolarning simmetriya o„qi ko„cha 
xarakatlanuvi o„qiga perpendikular yo„nalgan (masalan, Buxorodagi Ulug„bek- 
Abdulazizxon va Abdullaxon madrasalari). Kamdan-kam hollarda ikki qarama-
qarshi binolarning simmetriya o„qi ko„cha harakatlanuvi o„qiga perpendikular 
emas, parallel yo„nalgan (masalan, Buxorodagi Kalon-Miri Arab guruhi). Bu holda 
ko„cha ikkinchi darajali yon tarzlar oldidan o„tadi, ikkala binoning bosh tarzlari 
esa ko„chadan ajratilgan maydonga qaratilgan. Bunda bino harakat oqimidan
nariga surilgan. 
Maydon, agar uning chegaralari ikki bino bilan tashkil qilingan o„qqa 
perpendikular qo„yilgan uchinchi bino bilan tutashsa, yanayam mustaqil va tugal 
ko„rinadi. Bu holda uning maydoni oldidan o„tgan ko„chalardan ajralib turadi. 
Samarqand va Buxoro maydonlari bunday turlarning qator namunalarini beradi. 
Masalan, Samarqandning Registon majmuasi uch mahobatli bino-madrasalar bilan 
o„ralgan maydondan va gumbazli bino bilan belgilangan savdo ko„chalari 
chorrahasi-maydonidan tashkil topgan.
Buxoroda Labihovuz oldidagi binolar guruhi shunday turdagi majmuaning 
ajoyib namunasidir. Unda hovuz bo„ylama o„qidagi va Ko„kaldosh madrasasidan 


164 
birmuncha ilgari qurilgan, hovuz oldidagi maydonga o„z bosh tarzi bilan
qaratilgan Devonbegi madrasasi va honaqohi mavjud. Bu yerda Registon 
maydoniga nisbatan majmuaning yangi elementi - butun guruh go„zalligi va o„ziga 
xosligini ta‟minlovchi va bo„ylama o„qning ustunligini ta‟kidlovchi suv havzasi 
kiritilgan. 
Maydonning bosh bo„ylama o„qi hamma hollarda turli yo„l bilan ajratiladi. 
Samarqandning Registon maydonida qarama-qarshi turgan madrasalar (Ulug„bek-
Sherdor) o„xshash, ularning shakllari uchinchi binodagidan (Tillakori) 
mahobatliroq va ifodaliroq. Buxorodagi Labihovuz maydonida bo„ylama o„qqa 
binolardan tashqari yana katta hovuz ham qo„yilgan. 
Biz faqat jamoat-ibodat binolaridan tashkil etilgan majmuaviy guruhlarni 
ko„rib chiqdik. Shaharning turar joy rayonlarida ham o„ziga xos kompozitsion-
planirovka usullarini topish mumkin. O„rta asrlar O„rta Osiyo shaharlari 
planirovkasining asosiy me‟moriy-fazoviy belgisi uning ikki asosiy tuzilish 
qismlari - jamoat-diniy markazlari va turar joy kvartallarining keskin qarama-
qarshi qo„yilishidir. 
XVI-XVIII asrlarda O„rta Osiyo asta-sekin xalqaro ahamiyatini yo„qotadi. 
Dunyo savdo yo„llari O„rta Osiyoni chetlab o„tadi. Feodal tarqoqlik davrining 
cho„zilishida mo„g„ul istilosidan keyin ilgarigi ko„lami darajasida tiklanmagan
irrigatsiya sistemasining zaiflashishi katta rol o„ynagan.
Shahar mahobatli binolarini guruhlashning o„rnatilgan, e‟tirof etilgan 
planirovka usullari dogmaga aylanadi. Hukmron doiralar va oliy ruhoniylardan 
iborat buyurtmachilar konservatizmidan qiynalgan ustalar odatlangan, asrlar 
davomida ishlab chiqilgan usullar iskanjasida bo„lib, o„sha qonunlashtirilgan 
me‟moriy-rejaviy g„oyalari bilan taqlidgo„ylik va eklektika yo„lidan borishga 
majbur bo„ladi. Vaqti-vaqti bilan namoyon bo„luvchi shaharsozlik yangiliklarining 
alohida holatlari umumiy manzarani ozgina bo„lsada jiddiy o„zgartirmaydi.
Yirik mahobatli ibodat va savdo inshootlarini bunyod etish bo„yicha rasmiy 
yoki xususiy buyurtmalarni bajargan bu davr me‟morlari o„tmish vaqtlar 
binolarining dabdabasi va hashamatini saqlash vazifasini oldilar. Qurilish ko„lami 


165 
hukmron doiralarning cheklangan iqtisodiy imkoniyatlari bilan bog„liq bo„lib 
qoldi. Shuning uchun binolar an‟anaviy xarakterini saqlashda ularning tashqi 
ko„rkamligi va muhimligini saqlash konstruksiyalarini soddalashtirish, ancha 
arzon va oddiy dekorativ va qoplama materiallarni ishlatish, koshin bezaklarning 
ta‟sirchan, ammo chidamsiz o„xshatmalarining qo„llanilishi hisobiga amalga 
oshirildi. Binolarning tashqi qiyofasi soddalashdi. Ilgarigi vaqtlarda juda 
hashamdor bo„lgan kirish peshtoqlari o„lchamlari jihatidan kichraydi, baland 
burchak minoralar kichik burj-guldastalarga aylandi. Bu texnik nuqsonlar va 
me‟moriy soddalashtiruvlar dekorativ motivlarning keng rivoji bilan to„ldirilib 
borildi. 
Bu yangi badiiy usullarni ta‟minlovchi manba xalq ijodidir. Sog„lom
mazmun va oddiy oqillikka asoslangan xalq uslubi turar joy qurilishida ayniqsa 
yorqin namoyon bo„ladi. Shuning uchun jamoat-ibodat qurilishi badiiy sifatni 
ko„tarish uchun yangi sodda vositalarni izlashda xalq ustalari an‟analariga doimo 
murojaat qilgan. 
Xalq ijodi - ekspluatatsiya qiluvchi sinflarning hukmron madaniyatida ham, 
hatto eng nomaqbul sharoitlarda ham mamlakat me‟morchiligini yetarlicha baland 
darajada ko„tarib turgan bitmas-tuganmas manba bo„lib qolgan.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling