Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


166 
XOTIMA 
 
O„rta Osiyo shaharsozlik madaniyati, shu jumladan O„zbekiston hududlarida 
jahon tamaddunidan guvohlik beruvchi, tarixning turli davrlariga mansub madaniy 
meros obyektlari: arxeologik yodgorliklar qadimiy shaharlar, qal‟alar qoldiqlari, 
ajdodlar bunyod etgan obidalar, tarixiy-me‟moriy imoratlar madrasalar, masjidlar, 
arklar, o„tmishning noyob namunalaridandir. Bugungi kunda Madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Bosh ilmiy ishlab chiqarish 
boshqarmasining ro„yhatidagi mamlakatimizda mavjud 11 mingdan oshiq madaniy 
meros obyektlarining 3000 dan ko„prog„ini qadimiy shaharlar, qal‟alar tashkil 
etadi. Ularni tarixiy jihatdan ikki guruhga bo„lish mumkin. Shaharsozlik 
obyektlarining birinchi guruhi Tuproqqal‟a, Boykent, Varaxsha, Qanqa, 
Shohruxiya, Fayoztepa, Kampirtepa, Ko„ktepa, Mizdakxon kabi nihoyatda 
qadimiy, lekin hayot so„ngan, endilikda arxeologik manba sifatida o„rganilayotgan 
tarixiy qal‟alardan iborat. Ikkinchi guruhga esa Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Xazorasp, Shahrisabz, Nurota, Termiz, Marg„ilon, Toshkent kabi shaharsozlik 
hayoti bir yerda kechgan, bugungi kunda ham dunyoga dong taratgan ham 
qadimiy, ham zamonaviy shaharlar kiradi. Bu madaniy meros obyektlari 
mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin arxeologik va tarixiy jihatdan 
xalqaro miqyosda tadqiq etilmoqda. Ularning insoniyat tarixidagi o„rniga haqqoniy 
baho berilmoqda. 
Mustaqillik davrida amalga oshirilgan ulug„ ishlardan biri respublikamizda 8 
ta shaharning bir necha ming yillik to„ylari bo„ldi. Ushbu yubileylar xalqaro 
miqyosda 
YUNESKO 
tashkiloti 
bilan 
hamkorlikda 
nishonlandi. 
Bu 
mamlakatimizning xalqaro doiradagi e‟tirofi edi. Afrosiyob arki va shahristoni 
ostidagi ilk madaniy qatlamdan topilgan ashyolar Samarqandning yoshi 2750 yilga 
teng ekanligini isbotladi. Bu uni qit‟amizning eng keksa shaharlaridan biriga 
aylantirdi. Qarshi shahri yaqinidagi Yerqo„rg„on xarobalaridan arxeologlar 2700 
yillik tarix izlarini aniqladilar. Bu Qarshi shahri 2700 yilga teng degan xulosani 
beradi. Buxoro viloyatida 3-4 ming yillik tarix izlari mavjud. Bu yerlarda qadim 


167 
davrlardan Boykent, Varaxsha, Domush, Vardona kabi qal‟alar qad rostlagan. Ana 
shular orasida Buxoro eng qadimiysi hisoblanadi. Bu shaharning yoshi 2500 yil 
deb belgilanganida va to„yi nishonlanganida ana shu tarix e‟tirof etildi. 
Marg„ilonda uzoq yillar davomida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida 
shahar ostida 30 gektarlik qadimiy qal‟a vayronalari topildi. Undan chiqqan 
ashyolar shahar yoshini 2000 yil deb belgilashga asos bo„ldi. Bulardan tashqari
Shahrisabz shahrining 2700 yillik, Xiva, Termiz shaharlarining 2500 yillik, 
Toshkent shahrining 2200 yillik to„ylari insoniyat qadimiy madaniy merosining 
bayramlariga aylandi. Bularning hammasi istiqlol hamda mamlakatimiz 
rahbarining sa‟y-harakati tufayli tariximiz sahifalariga shonli sanalar sifatida 
muhrlandi, shuningdek O„zbekistonning boy shaharsozlik madaniy merosining 
dunyo miqyosidagi e‟tirofi hisoblanadi. 


168 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling